• MASHINA DETALLARINI QAYTA TIKLASH METODLARI
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti mashina detallarini qayta tiklash metodlari




    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/14
    Sana19.12.2023
    Hajmi0,8 Mb.
    #123470
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Mashina detallarini qayta tiklash metodlari



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA- 
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    ISLOM KARIMOV NOMLI TOSHKENT
    DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 
     
    MASHINA DETALLARINI QAYTA TIKLASH 
    METODLARI 

    fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo‗yicha 


     
     USLUBIY KO‘RSATMALAR 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Toshkent 2017 



    UDK 631.3.: 621.797.
    Tuzuvchilar: Yunusxadjaev S.T., Ergasheva Z.K. 
    ―Mashina detallarini qayta tiklash metodlari‖ fanidan laboratoriya 
    ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‗rsatmalar. –Toshkent: ToshDTU 2017, 
    36 b. 
    ―Mashina detallarini qayta tiklash metodlari‖ fani bo‗yicha 
    laboratoriya 
    ishlarini 
    bajarish 
    uchun 
    uslubiy 
    ko‗rsatmalarda: 
    mashinalarning detallarini qayta tiklash metodlari to‗g‗risida laboratoriya 
    ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‗rsatmalar va yo‗l-yo‗riqlari keltirilgan. 
    Ko‗rsatma 5610600 – Xizmat ko‗rsatish texnikasi va texnologiyasi 
    (qishloq xo‗jalik texnikasi bo‗yicha) yo‗nalishi bakalavr talabalari uchun 
    mo‗ljallangan. 
    Ushbu uslubiy ko‘rsatma ToshDTU ilmiy-uslubiy kengashida ko‘rib 
    chiqilgan va chop etishga tavsiya etilgan 
    Taqrizchilar:
    Shukurov R.O‗. – Toshkent avtomobil yo‗llarini qurish, loyihalash va 
    ekspluatatsiyasi instituti ―Yo‗l qurilish mashinalari va jihozlarini 
    ta‘mirlash va ekspluatatsiyasi‖ kafedrasi professori. 
    Maxkamov Q.X. – Toshkent davlat texnika universiteti ―Qishloq 
    xo‗jalik texnikasi‖ kafedrasi professori. 
    © Toshkent davlat texnika universiteti, 2017 y. 



    Kirish 
    Mashina va mexanizmlarning agregat, uzellari va detallarini 
    ta‘mirlash korxonalarini va ishlatish tashkilotlarini ehtiyot qismlar bilan 
    mukammal ravishda ta‘minlash, ish qobiliyatini zamonaviy usullarda 
    tiklangan detallar bilan muttasil ravishda ta‘minlash, ta‘mirlash texnologik 
    jarayonlarning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
    Mashina detallarini tiklashda yuqori sifatli metall, yonilg‗i, energetik 
    va mehnat resurslarining tejalishi hamda tabiiy boyliklardan tejamli 
    foydalanish va atrof muhitni ekologik jihatdan muhofaza qilishni 
    ta‘minlaydi. 
    Texnologik omillar zagotovkani olish uslublaridan, ularning aniqligi, 
    barqarorligi, detallarni yasashda mexanik, termik, mustahkamlovchi va 
    yakuniy ishlov berish turlaridan, uzel, agregat va mashinalarni to‗g‗ri 
    yig‗ish, rostlash, moslash va sinashdan iborat. 
    Mashina elementlarning belgilangan xususiyatlarini saqlash bilan 
    bog‗liq bo‗lgan ishlatish omillari uning ish qobilyatini saqlashda hal 
    qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Ishlatish omillari mashinaning vazifasidan kelib 
    chiqqan holda, uning yuklama va tezlik rejimini hamda uning foydalanish 
    jadalligini belgilashda muhim ahamiyatga ega. 
    Mashina detallarini tiklash bo‗yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar 
    natijasi shuni ko‗rsatadiki, ta‘mirlanadigan detallarning 85% ni yeyilishi 
    0,3 mm va undan katta bo‗lgan detallar tashkil qilib, bunday qismlarning 
    ish qobilyatini tiklash uchun ularning ishchi sirtini uncha katta bo‗lmagan 
    qatlam bilan qoplash yetarli. Biroq, bunda ta‘mirlangan detallarning 
    resursi ko‗p hollarda yangi detallarga nisbatan pastligicha qolmoqda. 
    Ammo bunday detallar bilan bir qatorda shunday detallar guruhi mavjudki, 
    ular zamonaviy usullar bilan tiklangan bunday mashina detallaridan 
    foydalanish resursi yangi detallarnikidan bir necha baravar yuqori bo‗lishi 
    mumkin. 
    Ta‘mirlangan 
    detallarning 
    yuqori 
    sifatiga 
    muhandis-texnik 
    xodimlarning, chilangarlarning va ish uchastkalarining birgalikdagi 
    harakati natijasida erishish mumkin. Shu narsani nazarga tutish kerakki
    mashina va uskunalarni ta‘mirlash bilan shug‗ullanuvchi xodimlar 
    detallarning vazifasini, tuzilishini, yeyilishini, nosozliklarini va ularni 
    paydo bo‗lish sabablarini mukammal bilishlari bilan bir qatorda, ularni 
    payvandlashni va eritib qoplashni, galvanik, gazotermik va polimer 
    qoplamalar bilan qoplashni, plastik deformatsiyalashni, mexanik, termik 



    va mustahkamlovchi ishlov berish usullarini ham mukammal bilishlari 
    talab etiladi. Shuning uchun ham talabalar tomonidan «Mashinalarning 
    detallarini qayta tiklash metodlari» fanini o‗rganish dolzarb masala 
    ekanligini ko‗rsatadi. 
    Ushbu o‗quv qo‗llanmada mualliflar Respublikamizdagi ta‘mirlash 
    korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar asosida laboratoriya ishlarini 
    bajarish uchun metodik yo‗riqnomalar tavsiya qilmoqdalar.




    Download 0,8 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti mashina detallarini qayta tiklash metodlari

    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish