17
tezlashtiradi: t=50°C va D
k
=100 A/dm
2
da cho‗kish tezligi 0,1 mm/soatni
tashkil qiladi. Tetraxromatli elektrolitda oqim
bilan xromlashda yuqori
sifatli qoplamalar D
k
=150...1600 A/dm
3
da 0,25 mm/soat tezlik bilan
cho‗kadi (o‗tiradi). Universal elektrolitda xromlashda harorat 50°C,
tokning zichligi 70...90 A/dm
2
, elektrolitning oqish tezligi 100... 120 sm/s,
katod-anod oralig‗i 15 mm bo‗ladi. Xromning cho‗kish tezligi 0,08-0,10
mm/soatni tashkil etadi. Oqim bilan xromlash qurilmasining sxemasi 3.2-
rasmda keltirilgan.
Vannasiz metall cho‗ktirish usullari.
Oqim bilan ta‘mirlash.
Elektrodlar orasidagi bo‗shliqqa nasos uchligining teshigi orqali elektrolit
oqimlari uzatiladi. Uchlik ayni paytda anod va mahalliy vannacha
vazifasini ham o‗taydi. Bir tekis qoplama olish uchun detal 20 min
-1
gacha
chastota bilan aylantirib turiladi. Ta‘mirlash konsentrlangan sovuq xlorit
elektrolit, D=40...55 A/dm
2
ga teng tok zichligi va 0,4 mm/soat
unumdorlik bilan amalga oshirilishi mumkin.
Tirsakli vallarning
bo‗yinlarini ta‘mirlashda texnologik jarayonni soddalashtirish maqsadida
elektrolitik katak (3.3-rasm) ishlab chiqilgan bo‗lib, u bo‗yinlarni
ta‘mirlash va xromlash ishlarini detalni aylantirmagan holda amalga
oshirish imkonini beradi. Ushbu katakka elektrolit patrubok 1 orqali bosim
bilan keladi va silindrsimon anod 8 dagi teshiklar qiya joylashganligi
tufayli katod atrofida aylanma harakatlanadi. Anod-katod bo‗shlig‗ida
elektrolitning oqish tezligi 100...150 sm/s, qoplanayotgan yuzaning 1 dm
2
iga elektrolit sarfi 45 l/min qilib olinadi.
3.3-rasm. Anod-oqim bilan metall cho‗ktirish uchun mo‗ljallangan
elektrolitik katak sxemasi:
18
1-keltiruvchi patrubok; 2-olib keluvchi patrubok; 3-tok keladigai kabel;
4-katakning yuqori korpusi; 5-zichlovchi
qistirma; b-katod;
7-qisqich; 8-anod; 9-katakning pastki korpusi
Oqizma ta’mirlash. Detalning yeyilgan teshigi moslamalar yordamida
yopiq mahalliy galvanik vannachaga aylantiriladi. Uning markaziga anod
5 o‗rnatildi (3.4-rasm) va u orqali nasos yordamida elektrolit haydab
o‗tkaziladi. Anod va katod qo‗zg‗almaydi. Ular o‗zgarmas tok manbaiga
ulanganda teshik yuzasiga temir o‗tiradi (cho‗kadi). Katod-anod
bo‗shlig‗ida elektrolit 15...1K sm/s tezlik bilan oqib o‗tadi. Elektrolitning
harorati 75...80°C tokning katod zichligi 25...30 A/dm
2
. Bu usul bilan 0,3
mm/soat tezlikda qalinligi 0,7 mm gacha va qattiqligi 400...500 MPa
bo‗lgan sifatli silliq qoplamalar hosil qilish mumkin.
Mazkur usulda
tiklangan o‗tqazish yuzalarining yeyilishga chidamliligi yangi
yuzalarnikidan 25...50% yuqori bo‗ladi.
3.4-rasm. Oqizma usulda metall cho‗ktirish uchun
mo‗ljallangan elektrolit katakning sxemasi:
1-keltiruvchi shtutser; 2-gazlar chetlatiladigan shtutser: 3-tok o‗tkazgich;
4-yuqorigi qopqoq; 5-anod; 6-gayka; 7-uzatmalar qutisi karteri;
8-pastki; 9-bo‗shatish shtutseri; 10- qopqoq-plita.
Elektrolit ishqalab surtish. Metall cho‗ktirishning ayni usulida detall
vannaga joylanmaydi, balki maxsus stolga
yoki tokarlik dastgohining
markazlari (patroni)ga o‗rnatilib, o‗zgarmas tok manbaining katodiga
19
ulanadi (3.5-rasm). Anod vazifasini istalgan metall yoki grafitdan
tayyorlanib, zich tampon 5 xreil qilish uchun ustiga biron-bir shimuvchi
material o‗ralgan sterjen 4 o‗taydi. Qoplamaning talab etiladigan
qalinligiga qarab tamponga batamom tuyinguncha
elektrolit shimdiriladi
va kabel vositasida tok manbaining anodiga ulanadi. Idish 1 dan
chiqayotgan elektrolit bilan uzluksiz xo‗llab turiladigan anod-tampon
sekin aylanayotgan detal ustiga ko‗yiladi va kerakli yuk zichligi hosil
qilinadi.
Katod (detal 8) - tampon 5 (o‗ziga xos galvanik vanna) - anod (sterjen
4) tizimida elektrokimyoviy reaksiya kechadi hamda, katod (detal) sirtiga
biron-bir metall o‗tiradi (cho‗kadi). Oqib tushgan elektrolit vanna 9 da
to‗planib, qayta ishlatiladi. Elektroliz mintaqasiga doimiy ravishda yangi
elektrolit kelib turishi va qoplanayotgan yuza bo‗ylab anodning
harakatlanishi hosil bo‗lgan metall kristallarining ko‗payishiga to‗sqinlik
qiladi hamda kristallanish ichki zo‗riqishlarni susaytiradi,
dendritlar
yuzaga kelishini kamaytiradi. Bularning bari yuqori sifatli, mayda donli
qoplama olishga imkon beradi. Ta‘mirlashning mazkur usulidan yirik
vallar, o‗qlar va korpus detallarining o‗tkazish sirtlarini tiklash uchun
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3.5-rasm. Elektrolit surtish jarayoni sxemasi:
1-elektrolitli idish; 2-jo‗mrak: 3-to‗g‗rilagich; 4-grafit anod; 5-tampon; 6-
plastmassa
qalpoqcha; 7-sovitish qovurg‗alari bo‗lgan alyuminiy korpus;
8-detal; 9-elektrolit vannasi; 10-klemma uyasi; 11-plastmassa gayka; 12-
kabel klemmasi.