Ishni bajarish tartibi
1. Mavzuning nazariy qismi bilan to‗liq tanishib chiqish.
2. Korpus detallarida sinib qoladigan burama elementlarni tahlil qilish.
3. Korpus detallarida sinib qolgan burama detallarni chiqarib olish
usullarini tahlili.
4. Korpusda sinib qolgan shpilka bo‗lagini chiqarib olish texnologiyasini
o‗rganish.
5. Olingan ma‘lumotlar bo‗yicha hisobot to‗ldiriladi.
Hisobot shakli va mazmuni
1. Ishning nomi va maqsadi.
2. Korpus detalda sinib qolgan shpilkani chiqarish usullarini yozib chiqish.
28
3.Korpusda sinib qolgan detalni o‗rganib, tahlil qilib, uni chiqarishni 5.2-
jadvalning 5- ustuniga yozish.
Nazorat uchun savollar
1.Korpus detallari deb qanday detallar tushuniladi?
2. Sinib qolgan shpilka, bolt bo‗laklarini chiqarib olish usullari bor?
3. Bor bilan chiqarib olish usulini tushuntirib bering.
4. Qo‗shimcha kallak payvandlash usuli deganda nimani tushunasiz?
6-laboratoriya ishi
KAVSHARLASH USULI BILAN SOVUTISH TIZIMI
RADIATORLARINI TA’MIRLASH TEXNOLOGIK JARAYONINI
O‘RGANISH
Ishdan maqsad. Rangli metallardan tayyorlangan sovutish va moylash
tizimi radiatorlarini ta‘mirlash texnologik jarayonini o‗rganish.
Ishni bajarishga yo‘riqlar. Sovitish tizimi radiatorlari ko‗pchilik
hollarda misning qotishmasi jezdan tayyorlanadi. Ular ishlash davomida
sovitish yoki moylash suyuqligini sovitib berish uchun qollaniladi.
Radiator maxsus vertikal joylashgan naychalardan tayyorlangan bo‗lib
(6.1-rasm), naychalar oralig‗ida ma‘lum oraliq yo‗lakchalar mavjuddir.
Jezdan tayyorlangan naychalarning ichki qismidan suyuqlik harakatlanadi,
naychalar oralig‗idagi yo‗lakchalar esa havoni harakati uchun
mo‗ljallangan. Tashqaridan kelayotgan nisbatan sovuq havo naychalarni
va ular ichida harakatlanayotgan suvni sovutadi.
Turli mexanik silkinishlar, termik ta‘sirlar natijasida radiatorlarning
jezdan tayyorlangan naychalari yorilishi, ba‘zi zarbiy kuchlar ta‘sirida o‗z
shaklini o‗zgartirishi – deformatsiyalanishi, suyuqlikning tarkibidagi
ifloslar hisobiga naychalarning suyuqlik yo‗lakchalari berkilib qolishi
mumkin.
Traktor va qishloq xo‗jaligi mashinalarini ishlatish parklarida,
ta‘mirlash korxonalarida va ba‘zan xizmat ko‗rsatish markazlarida
radiatorlarni ta‘mirlash bilan shug‗ullaniladi.
Radiatorlarni ta‘mirlash quyidagi texnologiya bo‗yicha amalga
oshiriladi. Ish avval radiatorning nuqsonlarini aniqlashdan boshlanadi.
Yuqorida qayd etilganidek radiatorda undagi naychalar devorlariga
quyqumlar yopishib qolishi va ularning shkastlanishi, sovutish
plastinkalarining egilib qolishi kabi nosozliklar bilan birga, naychalarning
yorilishi ham uchraydi. Bizning holat uchun asosan radiatorda
uchraydigan naychalarda, ostki va ustki suyuqlik bakida uchraydigan
29
yoriqlarni kavsharlash usulida ta‘mirlashni amalga oshirish texnologik
jarayoni bilan tanishib chiqamiz.
6.1rasm. Sovitish tizimi radiatorining ichki tuzilishi.
Radiatorni ta‘mirlashdan avval ichki yuzasi, sovituvchi suyuqlik
harakatlanadigan, suyuqlik qoldiqlaridan tozalanadi. Ularni tozalash
kaustik sodaning 5…10 % suvdagi eritmasida yuvilib, so‗ngra suv bilan
chayiladi. Yuvilgan radiatorning har bir naychasi shampol bilan
tozalanadi.
Agarda naychalar qiyshaygan va haddan ziyod yorilgan bo‗lsa, u
holatda ular olib tashlanadi. Radiatorlar qismlarga ajratiladigan bo‗lsa bu
holat hech qanday murakkablik yuzaga keltirmaydi. Qismlarga
ajralmaydigan radiatorlarda esa naychalar kavshardan ko‗chiriladi. Buning
uchun naycha shampol yoki nixrom sim trubka orasidan o‗tkazilib
qizdirilishi mumkin. Bu operatsiya bilan bir yo‗la naychalar ham suyuqlik
qoldiqlaridan
tozalanadi.
Naychalarni
olib
tashlash
holatlarida
radiatorlarning sovitish qobiliyati pasayadi, shu sababli bunday holatdan
foydalanish har doim ham tavsiya etilmaydi.
Agarda tayanch baklardan naychalar ko‗chgan bo‗lsa, u holatda
maxsus kavsharlagich yordamida ular qaytadan kavsharlanadi. Har bir
kavsharlangan naychani siqilgan havo bilan vannada tekshirib ko‗riladi.
Sovitish plastinalari qiyshaygan bo‗lsa, ular to‗g‗rilanib qaytadan o‗z
o‗rniga kavsharlanadi.
30
Radiator baklaridagi mavjud yoriqlar yumshoq kavshar bilan
kavsharlanadi. Ta‘mirlangan radiatorlar suvli vannada siqilgan havo bilan
tekshiriladi.
Radiatorlarni
kavsharlash
texnologik
jarayoni
quyidagi
operatsiyalardan tashkil topadi:
- kavsharlanadigan yuzani mexanik (shaberlash, egov bilan jilvirlab)
yoki kimyoviy tozalash. Yorilgan oraliqlar oralig‗i, butun uzunlik bo‗yicha
0,1…0,3 mm dan keng oraliqda bo‗lmasligi kerak. Bunday kichik masofa
yuzalarda birlashtiruvchi kapilliyarlik kuchini hosil qilib, yoriq qirralari
bo‗yicha kavsharning imkon boricha chuqurroq yuzaga so‗rilishini
ta‘minlaydi. Agarda kavsharlanayotgan yuzalarda moy yoki yog‘
qoldiqlari mavjud bo‗lsa, bunday yuzalarga ishqorlarning suvdagi eritmasi
bilan ishlov berilib tozalanadi. Odatda 10% kaustik sodaning eritmasidan
foydalaniladi. Agarda yuzani mexanik ishlov berish yo‗li bilan tozalash
imkoni bo‗lmasa, u holatda detallar kislotalar yordamida ishlov berilib
tozalanadi. Buning uchun mis va uning qotishmalari uchun sulfat
kislotasining suvdagi 10 % eritmasi, qora metallarning qotishmalari uchun
esa –solyan kislotasining suvdagi 10 % eritmasi qo‗llanilib, eritma
50…70
o
C isitilgan bo‗lishi talab etiladi;
- kavsharlanadigan yuzalarga flyus bilan ishlov beriladi;
- kavsharlanadigan yuzalar (kavsharlagich, kavsharlash lampasi yoki
boshqa vositalar yordamida) qizdiriladi;
- kavsharlanadigan yuzaga dastlabki ishlov (kavsarlagich, yoki
ihqalanib, yoki kavshar bilan) beriladi. Chokka dastlabki kavshar bilan
ishlov berish kavsharlashda katta o‗rin tutadi, chunki chokning
mustahkamligi va zichligi ana shunga bog‗liq bo‗ladi. Agarda kavsharlash
chokiga dastlabki ishlov berish imkoniyati mavjud bo‗lmasa, u holda
kavsharlash toza yuza bo‗yicha olib boriladi, lekin bunday usulda
kavsharlangan yuzaning sifati yuqori bo‗lmaydi. Dastlabki ishlov berish
uchun kavsharlashda qo‗llaniladigan asosiy kavshardan foydalaniladi;
- yoriqlarning turli yuzalarini kavsharlab birlashtirish uchun yuza
flyus bilan qoplanadi va so‗ngra kavsharlash ishlari olib boriladi;
- yuzalarga kavshar qo‗yilib, ular eritiladi va ortiqcha kavshar hamda
flyus ajratiladi.
Kavsharlash usuli ko‗pchilik holatda qo‗llanilayotgan kavsharning
turiga bog‗liq bo‗ladi. Kavsharlashning ko‗proq qo‗llaniladigan usullariga:
- yumshoq kavshar qo‗llab kavsharlagich yordamida kavsharlash;
- dastaki kavsharlagich lampasi yordamida qattiq kavsharlagich bilan
kavsharlash;
31
- elektro kavsharlash (kavsharlanayotgan tirqishlar qarshilik vazifasini
bajaradi va ulardan yuqori bo‗lmagan kuchlanishdagi elektr o‗tkaziladi)
usuli bilan kavsharlash.
Kavsharlagich bilan kavsharlashda kavsharlardan foydalaniladi,
ularning erish harorati qo‗rg‗oshinning erish haroratidan (327
o
C) yuqori
bo‘lmaydi. Bunday kavsharlash yuqori yuklanmaydigan yoki keyinchalik
ko‗chirib olinadigan birikmalarda qo‗llaniladi. Agarda kavsharlangan chok
ishlashi davrida yuqori haroratgacha qiziydigan bo‗lsa, u holatda bunday
kavsharlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Kavsharlagichni ishga tayyorlash kavsharlanadigan detal bilan bir
vaqtda amalga oshiriladi. Kavsharlagich sekin astalik bilan bolg‗alanishi
(qisman qurum va oksidlardan tozalash maqsadida), tiskiga siqilib
egovlanib ishchi qismi yarim aylana ko‗rinishiga keltiriladi. Agarda
egovlashdan avval kavsharlagich yengil bolg‗alanmaydigan bo‗lsa, u holda
kavsharlagich tez yeyilib ketadi. Kavsharlagichning uch qismini yarim
aylana holatida egovlashdan maqsad, uning sovib qolish tezligini
kamaytirishdir, chunki ishchi qismi uchli ko‗rinishda bo‗lsa bu yuzani tez
sovishiga sababchi bo‗ladi. Yarim aylana uchlik chokning yaxshi qizishini
va suyuq kavsharning bir tekisda tarqalishini ta‘minlaydi.
Mexanik ishlov berilgan kavsharlagich 400
o
C gacha qizdiriladi;
kavsharlagichning kavsharlovchi qismini xlorli ruxning suvdagi eritmasiga
botiriladi, so‗ngra qizib turgan kavsharlagich bir bo‗lak kavshar bilan
kavsharlanayotgan yuzaga ishqalanadi, ishqalash chokning usti to‗liq
kavshar bilan qoplanguncha davom etadi.
Kavsharlash vaqtida kavsharlagich quyidagi talablarga qoniqtirishi
kerak: kavsharlash vaqtida kavsharlagichni kavsharlash yuzasiga kavshar
bilan qo‗yilganda, kavsharni kavsharlagichga tegib turgan qismini 0,5…1
soniyadan so‗ng erishi kerak. Kavsharlash vaqtida kavsharlagich shunday
qizdirilgan bo‗lishi kerakki, uning ishchi qismiga yopishgan kavshar
bo‗lakchasi keskin suyuq holatga aylanishi darkor.
Kavsharlagich bilan ishlashning qulay tomonidan biri shundaki: uning
nashatirga (amiakli xlorga) botirilgan ishchi qismida mayda g‗ovakchalar
paydo bo‗ladi va ularga kavsharning mayda bo‗lakchalari joylashadi.
Qizdirilgan kavsharlagich bilan nashatir yuzasida ilgarilanma va qaytma
harakat natijasida kavsharga ham ta‘sir ko‗rsatiladi. Buning natijasida
kavsharlagich bilan tezroq ish bajariladi.
Agarda kavsharlagich chokka tekkizilsa va bu vaqtda chokka kavshar
bo‗lagi sim yoki yo‗lakcha ko‗rinishida qo‗yilsa, u holatda erigan kavshar
chokka singib ketadi.
32
Ortiqcha kavsharni kavsharlagich bilan chokning butun uzunligi
bo‗yicha tarqatiladi. Shu bilan birga kavshar kavsharlagich bilan ham
chokka kiritilishi mumkin, chunki har doim kavsharlagichga kavshar
yopishib suyuqlanadi va uni chokka ishqalash natijasida chokka so‗rilib
ketadi. Kavsharlagichga yangi kavshar bo‗lakchasi yopishishi uchun
chokdan kavsharlagich ajratib olinadi va yana kavsharning ustiga
qo‗yiladi, bunda kavshar kavsharlagichga yopishadi.
Choktirish yo‗li bilan kavsharlash texnologik jarayoni quyidagilardan
tashkil topadi:
- kavsharlanadigan yuza metall cho‗tka, qum, ohak yoki qum qog‗oz
bilan begona elementlardan tozalanadi;
- yuza benzin, soda yoki o‗yuvchi natriyning suvdagi eritmasida
yog‗sizlantiriladi;
- suv bilan tozalab yuviladi;
- kislota yordamida oksidlar kimyoviy tozalanadi;
- yuza flus (xlorli rux) bilan cho‗tkacha yoki flusning suvdagi
eritmasiga botirib qoplanadi;
- kavsharni erish haroratigacha yuza qizdiriladi va kavshar eritilib
cho‗ktiriladi.
Katta bo‗lmagan detallarning yuzasiga kavshar cho‗ktirishda
kavsharlagichlardan foydalaniladi. Katta buyumlarda cho‗ktirish yuzaga
ishqalanish bilan amalga oshiriladi. Buning uchun buyum xlorli ruxga
botirilib namlanadi va qalayni erish haroratigacha qizdiriladi, so‗ngra
xlorli ammoniy (nashatir) bilan aralashtirilgan qalay kukuni yuzaga
sepiladi. Buning natijasida qalay eriydi va yoyilgan holatda chokning
yuzasida bir tekisdagi qatlam hosil etadi. Cho‗ktirishdan so‗ng flus
qoldiqlari qaynoq suv bilan yuvib tashlanadi.
6.1-jadval
Kavsharlash usuli bilan sovutish tizimi radiatorlarini ta‘mirlash texnologik
jarayonini o‗rganish
Radatorning
turi
Radiatordagi
nuqsonlar
Ta‘mirlash
usuli
Ta‘mirlashda
qo‗llaniladigan
jihoz va
asboblar
Ta‘mirlash
natijalari
|