O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti mashina detallarini qayta tiklash metodlari




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana19.12.2023
Hajmi0,8 Mb.
#123470
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mashina detallarini qayta tiklash metodlari

Ishni bajarishga yo‘riqlar. Detallarni noto‗g‗ri ajratish, ya‘ni 
belgilangan asbob-uskanalardan foydalanib, noto‗g‗ri detallarni chiqarib 
olish uchun qilingan harakat natijasida korpus detallari ichida shpilka yoki 
bolt detallarini sinib qolish holatlari uchrab turadi. Bunday hollarda 
ehtiyotkorlik bilan harakat qilinmasa, korpus detalining o‗ziga ziyon 
yetkazish mumkin. Ular agar cho‗yandan tayyorlangan bo‗lsa, mo‗rt 
bo‗lishi, yoki alyumin qotishmasi bo‗lsa, yumshoq bo‗lishi va ortiqcha 
yuklamalarda ezilishi, formasi buzilishi, rezbasi yeyilishi mumkinligini 
yoddan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun bunday vaziyatlarda qanday 
yo‗l tutish kerak. 
5.1-rasm. Singan shpilkalarni chiqarib olish asboblari va usullari: 
a-bor; b -ekstraktor; c -gayka payvandlash; d-chivik payvandlash. 
Birinchi va ikkinchi usullar shundan iboratki, bolt, shpilkaning sinib, 
rezbali teshik chuqurligida qolib ketgan qismi bor (5.1-rasm, a) yoki 
ekstraktor (5.1-rasm, b) yordamida olib tashlanadi. Bor toblangan 
konussimon sterjen bo‗lib, to‗g‗ri o‗tkir tishlarga va kalit yoki vorotok 


26 
o‗rnatiladigan kalakka ega. Singan bolt (shpilka)ni burab, chiqarib olish 
uchun unda teshik parmalab, shu teshikka bor urib kirgiziladi. Shunda bor 
bolt tanasiga mustahkam ilashib, uni burab chiqarishga imkoniyat yaratadi. 
Ekstraktor esa beshta chapaqay spiralsimon ariqchalar kesilgan 
konussimon sterjendan iborat. Singan qism o‗rtasida uning bor uzunligida 
5.1-jadvalda keltirilgan diametrli teshik parmalanadi, teshikka tegishli 
raqamli ekstraktor urib, kirgiziladi va singan qism rezbali teshikdan burab 
chiqariladi. 
5.1-jadval 
Korpus agregatida sinib qolgan shpilkani chiqarib olish 
Chiqarib olinadigan 
bolt yoki shpilka 
o‗lchami 
Parmaning diametri Yo‗naltiruvchi 
ekstratorning 
o‗lchami, мм 
М 6 
М 8 
М 10 
М 12 
М 14 
М 16 
М 18 






10 
4,0 
4,3...6,3 
5,0...5,2 
8,3 
8,3...9,0 
10,3...11,0 
12,0 
Agar singan shpilka korpus detal ichida va kamroq bo‗lagi qolgan 
bo‗lsa, uni yuzasida bor apparati bilan o‗yiq hosil qilib otvertka bilan 
burab chiqarib olish mumkin, agar shunday kam bo‗lagi qolib korpus 
detaldan chiqib turgan bo‗lsa, chiqib turgan detal yuzida egov bilan o‗yiq 
egovlab, otvertka bilan chiqarib olish mumkin. Uchinchi usul esa, agar 
bolt, shpilkaning singan uchi detal yuzasi bilan bir sathda joylashgan 
bo‗lib, uning ustiga kichikroq o‗lchamli gayka qo‗yilib, payvandlanadi 
(5.1-rasm, c). Gaykani aylantirib singan uch rezbali teshikdan burab 
chiqariladi. 
To‗rtinchi usulda esa, bolt, shpilkaning singan uchi detal yuzasidan bir 
oz chiqib turgan bo‗lsa, unga shayba kiydirilib, po‗lat chiviq 
payvandlanadi (5.1-rasm, d) va ana shu chiviqni burab siniq chiqarib 
olinadi. Rezbali teshiklar nuqsonlarini bartaraf etish yuzasidan texnologik 
tavsiyalar 5.2-jadvalda berilgan. 
Tekisliklarning tob tashlashi (tekislilikdan chetlanishi) 100 mm 
uzunlikda 0,02 mm dan ortiq bo‗lsa, nuqson silliqlash yo‗li bilan, 0,2 mm 
dan ortiq bo‗lganda esa, frezalab yoki shaberlab bartaraf etiladi. Bunda 
detallarni o‗rnatish uchun tayyorlovchi zavodda hosil qilingan baza 


27 
yuzalardan, tiklangan yuzalardan yoki ayrim hollarda, ta‘mirlash 
korxonalarida tayyorlangan yuzalardan foydalaniladi. 
5.2-жадвал 
Agregat korpusida sinib qolgan shpilkani chiqarib
olish texnologiyasini o‗rganish 
Korpusda 
sinib qolgan 
Siniqni 
yuzadan 
chiqqan 
uzunligi (mm) 
Siniq bo‗lak 
diametri 
(mm) 
Korpus ichiga 
kirib 
turgan 
qismi (mm) 
Chiqarib 
olish usuli 
Spilka 
-2 
10 

Bolt 
+3 
12 
14 
Vint 
+1 


Korpus detallardagi ichki silindrsimon yuzalarning yeyilishi ta‘mirlash 
o‗lchamiga moslab yo‗nib kengaytirib, qo‗shimcha ta‘mirlash detallari 
o‗rnatish va keyin mexanik ishlov berish, elektr-kimyoviy, hamda epoksid 
qoplamalar qoplash, metall suyuqlantirib qoplash va plazma qoplash yo‗li 
bilan bartaraf qilinadi. 
Korpus detallarni tiklash texnologik jarayonini ishlab chiqishda 
quyidagi qoidalarga rioya kilinadi: eng avval darz ketgan, singan, uchgan 
joylar bartaraf etiladi, keyin ba'zi texnologik yuzalar tiklanadi, yeyilgan 
yuzalarga qoplama qoplanadi, ishchi yuzalariga ta'mirlash yoki nominal 
o‗lchamga moslab ishlov beriladi. Muayyan nomdagi detallarni tiklashda 
ulardan har birining nuqsonlarini bartaraf etish usulini tanlash, keyin esa 
keltirilgan nuqsonlarni bartaraf etish izchilligiga amal qilib, detalni 
ta‘mirlash texnologik jarayonini loyihalash kerak. 

Download 0,8 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti mashina detallarini qayta tiklash metodlari

Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish