O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

Nazorat savollari: 
 
1. Prokatlash deb nimaga aytiladi? 
2. Prokatlash jarayonlari turli-tuman va ular qanday alomatlar bo‘yicha 
tasniflanadi? 
3. Davriy prokatlashv deb nimaga aytiladi? 
4. Geometrik deformatsiya o‘chog‘i va amaldagi deformatsiya o‘chog‘i qanday 
farqlanadi? 
5. Boshlanmagan prokatlash davridagi tasir qiluvchi kuchning qanday aniqlaymiz? 
6. Metallning jo‘valar tomonidan qamrab olinish shartlari qanday bo‘ladi? 
7. Deformatsiya o‘chog‘i metall bilan to‘lgan momentda nimalar sodir bo‘ladi? 
8. Odatda qamrab olish burchagi katta bo‘lsa, bir o‘tishda qancha metall 
deformatsiyalanadi? 
9. Prokatlash jarayonining tugallanayotgan davrini qanday aniqlash mumkin? 
10. Prokatlashda kengayishni qanday aniqlash mumkin? 
11. Ilgarilab ketish kattaligiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi? 


37 
12. Kengayishga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
13. Ilgarilab ketish deganda nimani tushunasiz? 
14. Kengayish deganda nimani tushunasiz? 
15. Siqilish kattaligi deganda nimani tushunasiz? 
16. Sovuq prokatlashda o‘rtacha bosim qanday aniqlash mumkin? 
 
 


38 
2 - BOB. PROKATLASH UCHUN ASBOB - USKUNALAR VA JIHOZLAR 
 
2.1. Prokat stanlarining tasnifi 
Prokat stanlari deb metallni jo‘valarda plastik deformatsiyalash 
(prokatlash), keyinchalik unga ishlov berish (to‘g‘irlash, qirqish va boshqalar) 
va transportirovka qilishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mashinalar va 
agregatlar jamlanmasiga aytiladi.
Kelgusida faqatgina metallni deformatsiyalash uchun mo‘ljallangan 
asbob-uskunalarni prokat stani deb ataymiz. 
Prokat stanlari odatda uchta asosiy alomat bo‘yicha tasniflanadi: 
- ishlab chiqariladigan mahsulotning mo‘ljallanishi yoki turi bo‘yicha; 
- ishchi katakda jo‘valarning joylashuvi bo‘yicha; 
- ishchi kataklarning joylashuvi bo‘yicha. 
Mo‘ljallanishiga bog‘liq ravishda prokat stanlari quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi.
Qaynoq prokatlash stanlari, ularga siquvchi, tayyorlanmali, relsto‘sinli, 
yirik sortli, o‘rta sortli, kichik sortla, simli, qalin listli, o‘rta listli, yupqa listli, 
keng polosali va shtrips (quvurlar uchun polosa ko‘rinishidagi shtrips-
tayyorlanmalarni ishlab chiqaradigan) prokat stanlari kiradi. 
Sovuq prokatlash stanlari, listli, tunukaprokat stanlari, shuningdek yupqa 
va o‘ta yupqa lentalarni prokatlaydigan prokat stanlarini o‘z ichiga oladi.
Maxsus mo‘ljallanishli stanlar, ularning tarkibiga g‘ildirakprokatli, 
bandajprokatli stanlar, o‘zgaruvchan va davriy kesimli polosalar va profillarni 
prokatlaydigan stanlar va boshqalar kiradi.
Konstruksiyasi va ishchi katakda jo‘valarning joylashuvi bo‘yicha prokat 
stanlarini oltita guruhga ajratish mumkin (2.1 - rasm): ikki jo‘vali, uch jo‘vali, 
to‘rt jo‘vali, ko‘p jo‘vali, universal va maxsus konstruksiyali kataklar.


39 
2.1 - rasm. Jo‘vallarni turli joylashuvidagi ishchi kletlar: a – ikki jo‘valli ishchi 
qismga ega bo‘lgan; b – uch jo‘valli ishchi qismga ega bo‘lgan; – uchjo‘valli 
ishchi qism (
Lauta
ishchi qismi) ega bo‘lgan; e – to‘rtjo‘vali listlar uchun ishchi 
qismli; – o‘rama listlarni sovuq holatda prokatlash uchun ishchi qismli; g – 
oltijo‘valli ishchi qismli; h – o‘n ikkjo‘valli ishchi qismli; i – yigirmajo‘valli 
ishchi qismli; j – o‘n ikkjo‘valli universal klet; k – balkalarni prokatlashdagi 
universal klet 
 
Ikki jo‘vali kataklar (duo) (2.1, a rasm) noreversiv va reversiv bo‘ladi. 
Birinchi turdagi kataklar doimiy aylanish yo‘nalishiga ega bo‘lgan ikkita 
yuritmali jo‘vaga ega. Bunday kataklar tayyorlanmalar, simlar, yupqa polosalar 
va hokazolarni prokatlash uchun qo‘llaniladigan uzluksiz stanlarda amalga 
oshiriladi. Bu stanlarning har bir katagida faqatgina metallni bitta yo‘nalishda 
bir marta o‘tkazish bajariladi. Reversiv kataklar o‘zgaruvchan aylanish 
yo‘nalishiga ega bo‘lgan ikkita yuritmali jo‘vaga ega, shu sababli 
prokatlanadigan metall jo‘valar orqali bir necha marta oldinga va orqaga 
o‘tkaziladi. Bunday kataklarning kamchiligi revers operatsiyasini bajarishga 


40 
energiya sarflash zarurligi bo‘lib hisoblanadi, bu operatsiya jo‘valarni 
tormozlash, so‘ngra ularga qarama-qarshi yo‘nalishda tezlik berishdan iborat. 
Bu tipdagi kataklar blyuminglar, slyabinglar, qalin polosali stanlar va 
hokazolarda qo‘llaniladi.

Download 6,57 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish