3
KIRISH
Respublikamizda metallurgiya va mashinasozlik sohalaridagi ishlab
chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘llaniladigan texnologiyalarni
takomillashtirish chora - tadbirlari amalga oshirilmoqda. 2017 - 2021 yillarda,
O‘zbekiston
Respublikasini
yanada
rivojlantirish
bo‘yicha
Harakatlar
strategiyasida, jumladan «ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik jixatdan yangilash, eng avvalo, butlovchi buyumlar importining o‘rnini
bosish»
vazifasi belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish, jumladan
metallurgiya va mashinasozlik, prokatlash va kiryalash texnologiyalarini o‘rganish
muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son
« O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g’risida»gi Farmoni, 2016 yil 26 dekabrdagi PK- 2698-son «2017-2019 yillarda
tayyor
mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni
mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish
chora - tadbirlari to‘g’risida»gi, 2018 yil 27 apreldagi PK-3682-son «Innovatsion
g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g’risida»gi
Qarorlari,
«O‘zbekiston
Respublikasi oliy talim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 PF-5847
sonli Farmoni
hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy - xuquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalarni amalga oshirishga prokatlash va kiryalash texnologiyalarini
o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar muayyan darajada xizmat qiladi.
Metallurgiya
va
mashinasozlik
sohasi
prokatlash
va
kiryalash
texnologiyalari va keng ko‘lamda iste’mol buyumlarni ishlab chiqarishni o‘z ichiga
oladi va u hamma jamiyat ishlab chiqarishning rivojlanishida asos bo‘lib xizmat
qiladi. Mashinasozlikni takomillashtirish mehnat
unumdorligini oshirish va
mahsulot tayyorlashda mehnat hajmini kamaytirishga yo‘naltirilgan. Bu
rivojlanishning bosh omillaridan biri bo‘lib hamma korxonalarda texnologik va
4
ishlab chiqarish mashinalari va jihozlari hisoblanadi. Ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish mehnat unumdorligi oshirish, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotni
sifatini yaxshilash va buyum ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini
kamaytirish va mehnat sotsial sharoitini yaxshi tomonga o‘zgartirish kabi
masalalarni yechadi va insonni texnologik jarayonlardagi operatsiyalarni
bajarishdan bevosita ozod qiladi.
“Prokatlash va kiryalash texnologiyalari” fani 60712300 - Metallar
texnologiyasi (prokatlash texnologiyalari) bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil
olayotgan talabalari uchun mutaxassislik fanlaridan biri bo‘lib,
prokat ishlab
chiqarish sohasi, prokatlash va kiryalash texnologiyasi ularni ish unumdorligini
oshirish va prokat maxsulotlarini ishlab chiqarishni hisobga olgan holda lentalar,
armaturalar, listlar, tasmalar va boshqalar ko‘rinishida dastlabki materialdan
zagotovkalar tayyorlash texnologiyalarining o‘ziga
xos xususiyatlariga alohida
e’tibor qaratilgan, shuningdek hisoblash tamoyillari, prokat ishlab chiqarish
texnologiyalarining
asosiy usullari, prokat va kiryalash maxsulotlarini ishlab
chiqarish bo‘ycha ham bilimlar keltirilgan.