Metallning jo‘valar tomonidan qamrab olinish shartlari




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

Metallning jo‘valar tomonidan qamrab olinish shartlari 
 
Prokatlash jarayoni ishlov beriladigan polosaning uzunligi bo‘yicha turli 
deformatsiyalash sharoitlari bilan tavsiflanadi va ko‘rib chiqish qulay bo‘lishi 
uchun bir qator ketma-ket kechadigan davrlarga bo‘linadi. 
Birinchi davrda polosaning jo‘valar bilan qamrab olinishi (yoki polosani 
jo‘valar o‘rtasidagi oraliqqa majburiy berish), deformatsiya sohasini polosaning 
oldingi uchining qandaydir bir qismi deformatsiya o‘chog‘ining chegaralaridan 


18 
tashqarida bo‘lib qoladigan momentgacha to‘ldirish boshlanadi. Jo‘valar 
o‘rtasidagi oraliq metall bilan to‘lishiga qarab metallni deformatsiyalash 
sharoitlari uzluksiz o‘zgaradi, shu sababli prokatlashning ushbu davri qaror 
topmagan davr deb ataladi.
1.6 - rasm. Boshlanmagan prokatlash davridagi tasir qiluvchi kuchning 
sxemasi: 
Prokatlashning bu davrining boshlang‘ich momentida polosaning jo‘valar 
bilan o‘zaro harakatga kirishishi vujudga keladi (1.6 rasm). Jo‘valar polosaga 
metallni jo‘valardan nariga itarishga intilish bilan  kuch bilan (normal kuch) 
ta’sir ko‘rsatadi. Bu kuchning yo‘nalishi O nuqta – jo‘va va polosaning tegish 
nuqtasiga o‘tkazilgan urinmaga perpendikulyar bo‘ladi. Bir paytning o‘zida 
jo‘valar tomonidan O nuqtaga urinma bo‘ylab polosani jo‘valar o‘rtasidagi 
oraliqqa tortadigan T kuch (ishqalanish kuchi) ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida 
polosa jo‘valarga R kuch bilan bosim ko‘rsatadi va T
0
kuch bilan ularning 
aylanishini tormozlaydi. Jo‘valarning qamrab olish qobiliyatini aniqlash uchun 
prokatlash yo‘nalishida N va T kuchlarning ta’siri taqqoslanadi, ya’ni bu 


19 
kuchlarning mos ravishda: 
T
x = 
T·cosα; (1.21) 
N
x = 
N ·sinα; (1.22) 
ga teng bo‘ladigan gorizontal proeksiyalari taqqoslanadi.
Barcha T
x

x
qiymatlarda jo‘valar polosani o‘zidan itaradi. T
x
= N
x
tenglik qamrab olishning eng chekka sharti bo‘lib hisoblanadi, bunda u yoki bu 
kuchning arzimas ustunligida qamrab olish sodir bo‘ladi yoki jo‘valarning 
polosaning oldingi uchi bo‘ylab sirg‘alishi kuzatiladi. Polosaning jo‘valar bilan 
qamrab olinishi, ya’ni metallning ular o‘rtasidagi oraliqqa tortila boshlashi 
bo‘ylama yo‘nalishda oldingi uchning tezligi uzluksiz ortishi bilan tavsiflanadi.
(1.21) va (1.22) ifodalarni hisobga olish bilan qamrab olish shartini 
quyidagicha yozish mumkin:
Tcosα
𝑁 sinα
> 1 (1.23)
yoki 
T
𝑁
> 𝑡𝑔𝛼, (1.24) 
Agar ko‘rib chiqilayotgan holatda ishqalanish (1.29) T=μN Amonton-
Kulon qonuniga bo‘ysunadi deb qabul qilinsa, u holda:
μ > tgα. (1.25) 
deb yozish adolatli bo‘ladi.
Kichik burchaklarda tgα ≈ α ekanligi sababli qamrab olish shartini 
quyidagicha qayta shakllantirish mumkin:
μ > α.
(1.26) 


20 
Agar parallelogramm qoidasidan foydalanilsa va T va N kuchlarning teng 
ta’sir etuvchisi aniqlansa va u R
p
bilan belgilansa (1.7 rasm), R
p
teng ta’sir 
etuvchi va N normal kuch o‘rtasidagi burchak β bilan belgilansa (ishqalanish 
burchagi), u holda prokatlashning qaror topmagan davrida uchta holat bo‘lishi 
mumkin. 
Α>β da (1.7, a rasm) jo‘valar metallni qamrab olishining iloji yo‘q. Bu 
holda R
p
kuch prokatlash yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga yo‘naladi, va 
uning gorizontal tarkib toptiruvchisi qamrab olishga to‘sqinlik qiladi. Α = β 
bo‘lganda (1.7, b rasm), qamrab olish bo‘lmaydi, chunki R

Download 6,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallning jo‘valar tomonidan qamrab olinish shartlari

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish