41
Olti jo‘vali kataklar (seksta) (2.1,
e rasm) ishchi katakning o‘zining
qattiqligi sababli va tayanch jo‘valarning kamroq bukilishi uchun ikkita ishchi
va to‘rtta tayanch jo‘valarga ega, yupqa polosalar
va rulonli tor lentalarni
qalinlik bo‘yicha aniq yo‘l qo‘yilishlar bilan prokatlash uchun xizmat qiladi.
Biroq bu tipdagi kataklarning to‘rt jo‘vali kataklarga qaraganda afzalliklari
unchalik katta emas, konstruksiyasi murakkab bo‘lganligi sababli esa keng
qo‘llanilishga ega bo‘lmagan.
O‘n ikki va yigirma jo‘vali kataklar (2.1,
j,
z rasmlar) folgani prokatlash
uchun qo‘llaniladi. Juda kichik diametrli (10-35 mm) jo‘valardan foydalanish
va butun ishchi katak hamda jo‘valar tizimining katta qattiqligi tufayli bu
stanlarda 5-100
mkm qalinlikdagi va 100-1500
mm kenglikdagi yupqa va o‘ta
yupqa lentalarni qalinlik bo‘yicha 1-5
mkm yo‘l qo‘yilish
bilan rulonli
prokatlash muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Bunday stanlarning ishchi jo‘valari
yuritmali emas, chunki juda kichik diametrga ega, ular kattaroq diametrli
yuritma jo‘valariga tiraladi, yuritma jo‘valar esa o‘z
navbatida tayanch
roliklarga tiraladi. Bu sxema butun jo‘valar tizimining katta mustahkamligini
ta’minlaydi va ishchi jo‘valarning bukilishi amalda to‘liq bo‘lmaydi.
Gorizontal va vertikal jo‘valarga ega bo‘lgan kataklar universal kataklar
deb ataladi.
Universal (odatdagi) kataklar asosan ikki jo‘vali reversiv kataklar
(masalan, slyabinglar uchun) (2.1,
i rasm) yoki to‘rt jo‘vali kataklar (masalan,
qalin listli stanlar uchun) sifatida qo‘llaniladi. Bu
kataklarda metallni siqish
gorizontal jo‘valar bilan ham, vertikal jo‘valar bilan ham amalga oshiriladi.
Vertikal jo‘valar listlar va slyablarda tekis va silliq yon qirralar hosil bo‘lishini
ta’minlaydi. Bunday jo‘valar, qoidaga ko‘ra, ishchi katakning bir tomonining
yoniga joylashtiriladi. Universal to‘sinli kataklarda (2.1,
k rasm), odatdagi
kataklardan farqli o‘laroq, vertikal jo‘valar yuritmasiz bo‘ladi. Bu stanlardan
keng tokchali baland dvutavr to‘sinlarni prokatlash uchun foydalaniladi.