O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

Ishchi katak o‘zida 12 po‘lat plitalarga (plitovinalarga) o‘rnatilgan, 
fundamentga anker boltlar bilan mahkamlangan ikkita zalvorli staninani taqdim 
qiladi. Ishchi katakning staninasi metallni prokatlashda vujudga keladigan 
barcha kuchlarni qabul qiladi, shu sababli zalvorli qilib ishlanadi (60-120 t va 
undan ham oshiq). Staninaning materiali – quyma po‘lat. Sortli stanlar uchun 
oldindan kuchlantirilgan ishchi kataklar qo‘llaniladi, ularda qattiqlikni 
oshirishga staninaning massasini oshirish bilan emas, maxsus tortuvchi 
mexanizmlar yordamida erishiladi. Staninalarga podshipniklar va jo‘valar 
o‘rnatilgan yostiqlar, shuningdek yuqorigi jo‘vani balandlik bo‘ylab siljitadigan 
va uni o‘q bo‘yicha qotiradigan qurilmalar, metallni yo‘naltiradigan o‘tkazmalar 
va hokazolar montaj qilingan.


47 
Uzatish mexanizmlari va qurilmalari prokat stanining konstruksiyasi va 
mo‘ljallanishiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. Yirik stanlarda 
(siquvchi, qalin listli), shuningdek metallni katta tezlik bilan prokatlaydigan 
stanlarda ishchi jo‘valarni alohida elektrodvigatellardan individual yuritish 
qo‘llaniladi: bu holda universal shpindellar, oraliq vallar va muftalar uzatish 
qurilmasi bo‘lib hisoblanadi. Qolgan stanlarda ishchi jo‘valarni 4 shesternya 
katagidan umumiy yuritish ko‘zda tutilgan, bu katak o‘zida reduktorni taqdim 
qiladi, shesternyalar rolini esa shesternyali jo‘valar bajaradi. Bu holda 
elektrodvigatel bilan ishchi katak orasiga bitta liniyaga 6 motor muftasi, 4 
shesternya katagi va universal shpindellar joylashtiriladi.
Shpindellar – tutashtiruvchi detallar bo‘lib, ular tufayli shesternya 
katagidan prokatlash jo‘valariga burovchi moment uzatiladi. SHpindellarning 
ustki qismlari (golovkalari) turlicha shaklda bo‘ladi, universal va tref golovkali 
shpindellar ko‘proq keng tarqalishga ega bo‘lgan. Agar elektrodvigatel 
aylanishining burchak tezligi jo‘valarning aylanish tezligiga mos kelmasa, u 
holda jo‘valarni yuritish liniyasiga 5 reduktor va 7 o‘zakli tishli mufta 
o‘rnatiladi. 
Prokat stanining bosh elektrodvigateli havo bilan sovutiladi, doimiy yoki 
o‘zgaruvchan tokda ishlaydi, sinxron va asinxron bo‘lishi mumkin. Doimiy tok 
dvigatellari reversiv stanlar va jo‘valarning aylanishlar soni keng diapazonda 
o‘zgaradigan stanlarga o‘rnatiladi, o‘zgaruvchan asinxron tok dvigatellari 
prokat stanining ishlashi jo‘valarning aylanishlar sonini keng diapazonda 
o‘zgartirish talab qilinmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
Prokat 
stanlarining 
yordamchi 
uskunalari 
metallni 
qizdiruvchi 
qurilmalardan stanning qabul qiluvchi rolgangiga uzatish (quymalarni tashish), 
quymani rolgangda burish (buradigan qurilmalar), metallni transportirovka 
qilish (rolganglar yoki transportyorlar), kalibrga berish uchun metallni jo‘va 
bo‘ylab siljitish (manipulyatorlar), metallni o‘zining bo‘ylama o‘qiga nisbatan 
burish (kantovatellar), metallni sovutish (sovutgichlar), metallni yuzani eritish 
bilan tozalash (tozalash qurilmalari), rulonlarni yoyish (tarqatgichlar), polosani 


48 
rulon qilib yoki simni bunt qilib o‘rash (o‘ragichlar), metallni qirqish (qaychilar 
va arralar), shuningdek metallni sayqallash – to‘g‘irlash )to‘g‘irlash mashinalari 
va presslar), dressirovkalash, tamg‘alash, taxlash, moylash, o‘rash va hokazolar 
uchun xizmat qiladi.
Yirik prokat stanlarining avtomatikasi butun texnologik jarayonning 
borishini boshqarish uchun yig‘ilgan bir qator mahalliy tizimlardan tashkil 
topadi. Prokat ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshlang‘ich materialni 
omborga berish va ombordan chiqarishdan boshlanadi va tayyor mahsulotni 
omborga topshirish va uni vagonlarga yuklash bilan tugaydi. Har bir tizim ko‘p 
sonli va turli-tuman pribor-datchiklarga ega, ular texnologik jarayonning 
borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, jumladan metallning harorati, metallning 
stanning jo‘valariga bosimi, ishlov beriladigan materialning parametrlari, 
xususan prokatlanadigan profilning o‘lchamlari, uning holati va ko‘chishining 
xarakteri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi va uzatadi. Barcha bu 
ma’lumotlar tizimlarning hisoblash mashinalariga kelib tushadi, shundan keyin 
prokat stanining berilgan mahalliy tizimga tegishli mashinalari va 
mexanizmlarini boshqarish uchun komandalar beriladi, Ma’lumotlar 
shuningdek alohida tizimlarni birlashtiradigan umumiy hisoblash mashinasiga 
kelib tushadi, u stanning qolgan tizimlar bilan boshqariladigan boshqa 
uchastkalaridagi mashinalar va mexanizmlarning ishlashini tegishlicha 
korrektirovkalaydi. Avtomatlashtirishning bosh (va iqtisodiy jihatdan ko‘proq 
foydali) vazifalaridan biri – prokatlanadigan profilning o‘lchamlarini rostlashni 
avtomatlashtirish bo‘lib hisoblanadi, u uzluksiz ishlaydigan profilning 
o‘lchamlarini o‘lchagichning ko‘rsatishlari asosida jo‘valar o‘rtasida oraliqni 
tegishlicha avtomatik o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. SHu tufayli 
profil o‘lchamlarining aniqligi, metallning sifati ortadi, solishtirma metall sarfi 
kamayadi. Yupqa listli mahsulot ishlab chiqarishda ayniqsa katta samaraga 
erishiladi.
Prokatlaydigan asosiy uskuna jo‘valar bo‘lib hisoblanadi, ular 
prokatlashning asosiy operatsiyasi – metallni deformatsiyalash (siqish) va unga 


49 
ko‘ndalang kesimning talab qilinadigan shaklini berishni bajaradi. Metallni 
deformatsiyalash jarayonida aylanuvchi jo‘valar prokatlashda vujudga 
keladigan bosimni o‘ziga qabul qiladi va bu bosimni podshipniklarga uzatadi. 
Prokat stanlarining jo‘valari ikkita asosiy guruhga – listli va sortli jo‘valarga 
bo‘linadi.
2.4 - rasm. Prokat jo‘vallar: a – listli; b – navli prokatlash mahsulotlari uchun 
List prokat stanlarining prokatlaydigan jo‘valari silliq bochkalarga ega 
(2.4, a rasm), ular kataklarda ikkita tayanchga o‘rnatiladi, bu jo‘valarni 
mahkamlashning ko‘proq keng tarqalgan tipi bo‘lib hisoblanadi.
Jo‘vaning asosiy qismlari: 
- bochka – jo‘vaning D diametrli va L

Download 6,57 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish