83
ishchi jo‘valarga mahkamlangan 2 jo‘va segmentlarining kalibriga o‘rnatilgan.
Jilg‘alar segmentning aylanasi bo‘ylab quvur tayyorlanmasining radiusidan
(boshlang‘ich o‘lcham) tayyor quvurning radiusigacha (yakuniy o‘lcham)
o‘zgaradigan o‘zgaruvchan radiusli qilib ishlangan. Bunday jo‘valar katakda
relslar bo‘ylab g‘ildiraklarda
L
katak
masofaga ilgarilanma-qaytar harakatni sodir
qiladigan qattiq ramaga o‘rnatilgan. Ishchi yurishda jo‘vali katak
I holatdan II
holatga ko‘chadi. Rezba ochish uchun devorning oshirilgan qalinligiga ega
bo‘lgan mufta quvurlar alohida guruhni tashkil qiladi. Etarlicha yuqori sifati
tufayli pechli payvandlashni qo‘llash bilan olinadigan quvurlar gaz-havo
quvurlari tarmoqlari, suv quvurlari tarmoqlari, markazlashgan
isitish tizimlari
uchun sanoat va kommunal qurilishda, shuningdek keyinchalik cho‘zish uchun
tayyorlanma sifatida keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan. Quvur-payvand stanlari
odatda 6-12 ta shakl beradigan-payvandlaydigan ikki jo‘vali kataklarga ega
bo‘ladi. Payvandlashdan keyin quvurlarga ko‘p katakli reduksion va kalibrlash
stanlarida ishlov beriladi.
Pechli tutashtiruvchi payvandlashdan foydalanilganda quvur uchun
tayyorlanma sifatida
shtritslardan (odatda 0,18% gacha S ga ega bo‘lgan past
uglerodli po‘lat lentalar) foydalaniladi. Uzluksiz stanlarda quvur
tayyorlanmasini tutashtirib prokatlashda shakllantirilgan
pechli payvandlash
jarayonining sxemasi 2.17 - rasmda ko‘rsatilgan.
2.17 – rasm. Uzluksiz prokatlash va bukib payvandlash jarayoning
84
sxemasi: 1 – shtrips; 2 – birlamchi havoni uzatish soplasi; 3 – shakl beruvchi
jo‘valar; 4 – payvandlash uchun bukuvchi jo‘valar; 5 - ikkilamchi havoni
uzatish soplasi
Rulonli shtrips tarqatiladi va pechga beriladi, bu erda 1230 - 1320°S
haroratgacha qizdiriladi. Pechdan chiqqandan keyin
shtripsning chekkasi havo
bilan puflanadi, bu ularning haroratini 1390 - 1480°S gacha oshiradi. So‘ngra
shtrips jilg‘alarga ega bo‘lgan, navbatlashuvchi gorizontal va vertikal konsol
jo‘vali shakl beradigan-payvandlaydigan stanga kelib tushadi. Shakl beruvchi
deb ataladigan birinchi vertikal jo‘valar juftligida polosa 220-270° ga buriladi.
Keyingi jo‘valar juftligidan oldin (endi gorizontal) shtripsning chekkalari havo
bilan ikkinchi marta puflanadi, bu ularning haroratini 1500 - 1520°S gacha
oshiradi (kam uglerodli po‘latni payvandlash harorati).
Bunda soplo shtripsni
payvandlash jo‘valariga yo‘naltirishni ta’minlaydi, bu erda metallning
chekkalari tutashtiriladi va payvandlanadi. Keyingi jo‘valarda shtripsni pech va
shakl beruvchi jo‘valardan olib o‘tadigan kuch hosil qilinadi, bu jo‘valar
qo‘shimcha siqish va payvandlash bosim bilan amalga oshirilganda payvand
chokning sifatini oshirish uchun xizmat qiladi.
Sanoatda quvurlar ishlab chiqarishning ularda chok
elektr payvandlash
bilan bajariladigan bir nechta usuli qo‘llaniladi. Bu
usul keng tarqalishga ega
bo‘lgan, chunki yupqa devorli (5 mm va undan kichik), katta diametrli (2400
mm gacha va undan oshiq), chok va yuzaning yaxshi sifatiga ega bo‘lgan
quvurlarni olish imkonini beradi. Quvurlarni elektr payvandlashni qo‘llash
bilan ishlab chiqarish usullarini ikkita guruhga ajratish mumkin: birinchisida
elektr payvandlangan quvurlarni ishlab chiqarish uchun prokatlashdan (shakl
berishdan) keyin
bosim bilan payvandlashdan, ikkinchisida esa –
eritish bilan