Maxsus turdagi po‘lat prokatlarni ishlab chiqarish




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

Maxsus turdagi po‘lat prokatlarni ishlab chiqarish 
 
Bunda prokatlash jarayonidan maxsus mo‘ljallanishli buyumlar ishlab 
chiqarish uchun foydalaniladi, bundaylar qatoriga 25 mm dan 125 mm gacha 
diametrli sharlar, shesternyalar, turli uskunalar, temir yo‘l g‘ildiraklari, halqalar 
va bandajlar, turlicha o‘qlar uchun o‘zgaruvchan kesimli tayyorlanmalar va 
hokazoar kiradi. Prokat mahsulotining bu turining nomlarining turli-tumanligi 
ushbu maqsadlar uchun qo‘llaniladigan prokat stanlarining tiplarining turli-
tumanligidan dalolat beradi.


90 
2.20 – rasm. Bukilgan profillarning turlari 
Mashinasozlik, shuningdek qurilish konstruksiyalari uchun ko‘p sonli 
murakkab ko‘ndalang kesimli yupqa deqorli profillar talab qilinadi (2.20 - 
rasm). Profillarning yupqa devorlari jo‘valarda tez va notekis sovushi sababli 
bunday profillarni qaynoq prokatlash bilan olishning ko‘pincha iloji 
bo‘lmaydi. Bunday buyumlarni yupqa polosani maxsus profillaydigan 
stanlarda olish usuli ko‘proq texnologik bo‘lib hisoblanadi. Bukilgan 
profillarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan uskunalar konstruksiyasi bo‘yicha 
6-20 ta va undan ko‘p kataklardan tashkil topadigan quvurpayvand stanlarning 
shakl beruvchi uzluksiz kataklarining uskunalari bilan bir xil. SHuni qayd 
qilish joizki, profillashni, mohiyatiga ko‘ra, faqatgina shartli ravishja prokat 
ishlab chiqarishga kiritish mumkin, chunki polosa kataklar orqali o‘tish bilan 
asta-sekin shaklini o‘zgartiradi, jo‘valar ta’siri ostida bukiladi, bunda 
ko‘ndalang kesimning maydoni esa, xuddi prokatlashdagi kabi amalda 
o‘zgarmaydi, ya’ni ushbu operatsiya bukishga yaqin bo‘lib hisoblanadi. SHu 
sababli bunday profillar bukilgan profillar nomini olgan.


91 
Zamonaviy stanlarda bukilgan profillar 2000 mm gacha kenglikdagi va 20 
mm gacha qalinlikdagi polosalardan tayyorlanadi. Konstruksiyasi bo‘yicha 
profilni bukadigan agregatlar quvurpayvand stanlarning shakl beruvchi 
kataklari bilan bir xil va yuritmali gorizontal jo‘valar va erkin vertikal 
jo‘valarga ega. Agregatning har bir jo‘valar juftligida bukish tufayli polosaning 
kesimining shakli oz-ozdan o‘zgaradi va oxirgi jo‘valar juftligida yakuniy 
shaklni oladi. Shu sababli murakkab profilni olish uchun polosani ko‘p jo‘valar 
juftliklari bilan bukish zarur bo‘ladi. Bukilgan profillar ikkita usul bilan ishlab 
chiqariladi. Alohida tayyorlanmadan uzlukli va rulondan uzluksiz. Ikkinchi 
holatda rulonlarning uchlari prokatlashdan oldin tutashtirib payvandlanadi. Bu 
usul bukilgan profillarni presslarda bukish bilan oladigan kam unumdor 
texnologiyaning o‘rniga kelgan.
Bo‘ylama prokatlashning turlaridan biri davriy prokatlash bo‘lib 
hisoblanadi, u orqali o‘zgaruvchan va davriy kesimli profillar olinadi. Bunday 
profillardan foydalanish detallarning, mashina va mexanizmlar konstruksiyasi 
elementlarining massasini kamaytirish imkonini beradi. Davriy profillar 
ko‘pincha faqatgina shtamplash operatsiyalarini bajarish zarurligini istisno 
qilib qolmasdan, balki qirqish bilan ishlov berishni ham minimumga keltiradi. 
Bunday profillardan keyinchalik murakkab shaklli quymalarni shtamplash 
uchun tayyorlanma sifatida foydalanilganda metallning kattagina tejalishi 
ta’minlanadi (20-30% gacha), shtamplashning unumdorligi ortadi, quymalarni 
tayyorlashning mehnat sig‘imi kamayadi.
O‘zgaruvchan kesimli profillar deganda ko‘ndalang kesimi silliq 
o‘zgaradigan polosalar tushuniladi. Davriy profillarda kesimning polosaing 
uzunligi bo‘ylab o‘zgarishi davriy ravishda takrorlanadi. O‘zgaruvchan 
kesimli profillar, masalan ponasimon profillar, o‘zgaruvchan yoki doimiy A 
markazlararo masofaga ega bo‘lgan silindrik dumaloq jo‘valarda prokatlash 
bilan olinadi (2.21 - rasm). 


92 
2.21 – rasm. Profilning o‘zgaruvchi kesimi: Oraliq masofasi 
o‘garuvchan bo‘lgan jo‘valarda prokatlash; a – oraliq masofasi ozgaruvchan 
bo‘lgan jo‘valarda prokatlash; b – doimiy oraliq masofasi markazlar aro oraliq 
bo‘lgan eksentrik jo‘valar; A – markazlar aro oraliq 
2.22 - rasm. Profillarning oraliqdagi ketma ket kesimlari 
Davriy profillar ikkita usul – bo‘ylama va ko‘ndalang-vintli prokatlash 
bilan olinadi. Bo‘ylama prokatlashda davriy profil jo‘valari o‘zgaruvchan 
radiusga ega bo‘lgan maxsus katakdan foydalanish bilan oxirgi o‘tishda olinadi. 
Natijada kesimning shakli polosaning uzunligi bo‘ylab o‘zgaradi (2.22 rasm) va 
jo‘vaning har bir aylanishidan keyin takrorlanadi, ya’ni davrning uzunligi 
jo‘valar aylanasining uzunligi plyus ilgarilab ketishga teng bo‘ladi.
Davriy prokat ishlab chiqarishda prokatlashning kerakli momentida 


93 
polosani jo‘valarga berish mexanizmini to‘g‘ri tanlash, shuningdek ilgarilab 
ketish kattaligini hisbga olish muhim bo‘ladi, bu kattalik bir qator omillarga 
bog‘liq bo‘ladi. Metall jo‘valarga tasodifiy berilganda har bir polosaning 
uchlarida to‘liq bo‘lmagan uzunlikdagi davrlar paydo bo‘ladi, bu qirqishda 
metall yo‘qolishini oshiradi. Yo‘qolishlarni optimal qiymatga yaqinlashtirish 
uchun metallni qamrab olishni jo‘valarning davrning boshlanishiga mos 
keladigan holatida amalga oshirish zarur bo‘ladi. Davr katta uzunlikka ega 
bo‘lgan hollarda metall yo‘qolishi ayniqsa katta bo‘ladi.
2.23 rasm. Ko‘ndalang vintli uch jo‘vali standa yumaloq zagatovkalarni 
konussimon jo‘valarda prokatlash: 1 – gidropivod jo‘valarining yaqinlashishi; 2 
– jo‘valar; 3 – kesimi o‘zgaruvchan bo‘lgan tayyor zagatovka; 4 – na’muna 
chizig‘I; 5 – qisuvchi patron; 6 – prokatlashda zagatovkaning gidrosindrik 
tortishuvchi o‘qi; 7 – universal shpindellar 
O‘q simmetrik davriy profillar ko‘ndalang-vintli prokatlaydigan uch 
jo‘vali stanlarda prokatlanadi (2.23 - rasm), ularda stanning disksimon yoki 


94 
konussimon jo‘valari bir-biriga nisbatan 120° burchak ostida va simning o‘qiga 
nisbatan 4-8° burchak ostida joylashadi. Jo‘valarning bunday shakli va 
joylashuvi dumaloq tayyorlanmaning ilgarilanma harakatini ta’minlaydi. 
Tayyorlanmaning oldingi uchi tayyorlanmaning o‘qi bo‘ylab zaruriy tortishni 
hosil qiladigan qo‘zg‘almas supportga mahkamlanadi. Supportga nusxalash 
lineykasi mahkamlangan, u gidravlik silindrlar yordamida jo‘valar orasidagi 
oraliqni rostlash uchun xizmat qiladi. Davriy profillarni prokatlaydigan 
ko‘ndalang prokatlash stanlari prokatlanadigan buyumlarning diametri bo‘yicha 
tasniflanadi (20 mm dan 120 mm gacha).
Tebranuvchi podshipniklar, ruda, ko‘mir, sement va hokazolarni 
maydalaydigan sharli tegirmonlar va hokazolarda foydalaniladigan 25 mm dan 
125 mm gacha diametrli sharlarni ishlab chiqarish uchun ko‘ndalang-vintli 
prokatlaydigan ikki jo‘vali stanlar qo‘llaniladi (2.24 - rasm).
2.24 – rasm. Sharlarni prokatlash staning sxemasi: 1 – dvigatel; 2 – 
shesternyali klet; 3 – shpindel; 4 – stamina; 5 – jo‘valar 


95 
Prokatlash jarayoni quyidagicha tashkil qilingan. Dumaloq kesimli po‘lat 
tayyorlanma 1000 - 1100°S haroratgacha qizdiriladi va itargich yordamida 
jo‘valarga beriladi. Tayyorlanmaning o‘qiga nisbatan burchak ostida joylashgan 
jo‘valar uni qamrab oladi va unga bir paytning o‘zida ilgarilanma va aylanma 
harakatni beradi. Kalibrning vint o‘rkachlarining balandligi asta-sekin o‘sib 
borishi tufayli o‘rkachlar metallga suqilib kiradi, tayyorlanmani bo‘laklarga 
ajratadi, bu bo‘laklarning hajmi sharning hajmiga mos keladi va keyinchalik 
siqish bilan ularga shar shakli beriladi. Vintli kalibrlarga kirishlar soniga 
bog‘liq ravishda jo‘vaning bir aylanishida mos ravishda bir, ikki va uch kirishli 
kalibrlarda 
1 tadan 3 tagacha sharlar olinadi.
Prokatlash jarayoni, uni maxsus turlarga ham kiritish mumkin, temir yo‘l 
transporti uchun g‘ildiraklar va bandajlar ishlab chiqarish texnologiyasi 
tarkibiga kiradi. Bu buyumlarni to‘liq olish jarayoni bosish va prokatlash 
operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. G‘ildiraklar uchun tayyorlanmalar sifatida 3-5 
t og‘irlikdagi quymalar yoki dumaloq yoki ko‘p qirrali kesimli yoyilgan 
tayyorlanmalardan foydalaniladi.
2.25 – rasm. temir yo‘l g‘ildirklarini ishlab chiqarishda texnologik 
ketmaketlik jarayoni: a – quyma; b - tokarli stanokda kesish; v – zagatovka; g – 
qoldik zagatovka; d – qoldiq teshish; e – formaga keltirish; j – disklarni 


96 
yumalatish belbog‘ xosil qilish; z – disklarni bukis, belbog‘li kalibrlash va 
ortiqcha qismini olib tashlash. 
2.26 –rasm. G‘ildiraklarni prokatlovchi prokatlash stanining sxemasi: 
1,2 – tirgak ishchi jo‘valar; 3,4 – egilib turgan ishchi jo‘valar; 5 – 
roliklar; 6 – arava; 7 – g‘ildirak 
2.25 - rasmda quymalardan yaxlit yoyilgan g‘ildiraklarni ishlab 
chiqarishda texnologik operatsiyalar ketma-ketligi keltirilgan. Quymalar (2.25, 

Download 6,57 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maxsus turdagi po‘lat prokatlarni ishlab chiqarish

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish