O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

 
 


99 
3 - BOB. RANGLI METALLAR VA ULARNING QOTISHMALARINI 
PROKATLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
3.1. Rangli metallar sortamenti va qo‘llanilish sohalari 
Rangli metallar va ularning qotishmalaridan asosan ko‘ndalang 
kesimining shakli turlicha bo‘lgan (kvadrat, dumaloq, to‘g‘ri to‘rtburchak) 
oddiy profillar, turlicha o‘lchamli listlar, polosalar, lentalar va folga, 
shuningdek quvurlar prokatlanadi. Rangli metallar va qotishmalardan olingan 
katankalar (dumaloq kesimli prokat) va ba’zi bir boshqa profillar, qoidaga 
ko‘ra, elektrotexnik mo‘ljallanishdagi mahsulotni olish uchun (simlar) 
keyinchalik cho‘zish uchun mo‘ljallanidi. To‘g‘ri burchakli profildan ko‘pincha 
elektrotexnika sanoati uchun shinalar sifatida foydalaniladi. Folga oziq-ovqat, 
radiotexnika sanoati va boshqa tarmoqlarda keng qo‘llaniladi.
Rangli metallar va qotishmalarning sortamentiga qo‘yiladigan talablar 
davlat standartlari (GOST) yoki texnik shartlarda keltirilgan. Dumaloq sortli 
profil quyidagi diametrlarda prokatlanadi: misdan 6,5-45 mm; latundan 7-12 
mm; alyuminiy va uning qotishmalaridan 8-12 mm; titandan 10-12 mm; nikel 
va mis qotishmalaridan 7,2-19 mm; qimmatbaho metallar (oltin, kumush, 
palladiy, platina) va ularning qotishmalaridan 1-7 mm. Listli prokat qalinlik 
bo‘yicha 0,2 mm dan 25-30 mm gacha, kenglik bo‘yicha - 600-3000 mm gacha, 
uzunlik bo‘yicha esa 6 m dan 300 m gacha va qalinlikka bog‘liq ravishda undan 
ham katta o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. 6 mm dan 15 mm gacha qalinlikdagi 
to‘g‘ri burchakli mis va alyuminiy polosalar 115 mm gacha kenglikka ega 
bo‘ladi. Alyuminiy folganing eng kichik qalinligi 0,0045-0,006 mm oraliqda 
o‘zgaradi. 
Shuni qayd qilish lozimki, rangli metallurgiyada qaynoq va sovuq listli 
prokatlash, shuningdek quyish-prokatlash agregatlarida katankalar ishlab 
chiqarish eng keng tarqalishga ega bo‘lgan. 
Alyuminiy va uning qotishmalarini prokatlashning o‘ziga xos xususiyatlari 


100 
Alyuminiyni prokatlashning eng yaxshi varianti prokatlash uzluksiz 
quyish jarayoni bilan birlashtirilgan variant bo‘lib hisoblanadi, chunki bunda 
yuqori unumdorlikka erishiladi va energiya sarflari anchagina kamayadi. 4.37 
rasmda alyuminiy katanka olish uchun qo‘llaniladigan VNIIMetmash 
tomonidan ishlab chiqilgan LPA-AK8P quyish-prokatlash agregtining sxemasi 
keltirilgan, u 8 t/soat unumdorlikka ega. Agregat 3300 mm
2
maydonga ega 
bo‘lgan trapetsiyasimon kesimli tayyorlanmani olish uchun mo‘ljallangan 
rotorli quyish mashinasi va ikki guruh bo‘lib joylashgan 12 ta navbatlashuvchi 
ikki jo‘vali ishchi vataklardan tashkil topgan prokat stanini o‘z ichiga oladi. 
Prokatlashda oval-aylana kalibrlashdan foydalaniladi, ishlab chiqariladigan 
katankaning 
diametri 
esa 

mm 
dan 
19 
mm 
gacha 
tebranadi. 
Elektrodvigatellarning yig‘indi o‘rnatilgan quvvati 1500 kVt ni tashkil qiladi. 
Alyuminiy qotishmalari quymalarini qaynoq listli prokatlash ishchi 
jo‘valarning 700-750 mm diametriga, 5,0 m/s gacha tezlikka va 6 mm gacha 
(reversiv stanlarda) va 3,0-3,5 mm gacha (yarim uzluksiz stanlarda) qalinlikka 
ega bo‘lgan kvarto kataklarga ega bo‘lgan bir katakli reversiv stanlarda yoki 
yarim uzluksiz stanlarda olib boriladi Seriyali ishlab chiqarishda 200-300 mm 
qalinlikdagi va 900-1700 mm kenglikdagi yassi quymalar qo‘llaniladi. 
3.1 - rasm. Quyma-prokatlash agregatini sxemasi: 1 – quyush mashinasi; 2 – 
zagotovkalarni tashishi liniyasi; 3 – prokatlash stani; – prokatlangan 
mahsulotlarni sovitish qismi; 5 – o‘rash joyi 


101 
Alyuminiy qotishmalarini sovuq listli prokatlash bir katakli reversiv 
kvarto stanlarda yoki ishchi jo‘valarning 450-650 mm diametriga, 4-15 m/s 
prokatlash tezligiga va bosh dvigatelning 2000-4000 kVt quvvatiga ega bo‘lgan 
3-6 katakli uzluksiz stanlarda olib boriladi. Reversiv stanlar qotishmalarning 
keng sortamenti prokatlanadigan hollarda qo‘llaniladi, chunki bu stanlar 
engilroq va ularni qayta qurish osonroq. Amaliyotda bochkasining uzunligi 
1800 va 2800 mm bo‘lgan kvarto stanlar eng keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan. 
Alyuminiy va uning qotishmalaridan prokat ishlab chiqarishning 
zamonaviy to‘liq texnologik siklini alyuminiy folgani olish misolida namoyish 
qilish mumkin, bu erda asosiy operatsiyalar sifatida uzluksiz quyish va 
kristallizator jo‘valarda qaynoq prokatlash (quymasiz prokatlash) va 
keyinchalik kvarto stanlarda sovuq prokatlash usulidan foydalaniladi.
Alyuminiy folga ishlab chiqarishning umumiy sxemasi 4.38 rasmda keltirilgan. 
Boshlang‘ich xomashyo sifatida A5 va A6 markali suyuq alyuminiydan va 
prokat ishlab chiqarishning o‘zining chiqindilaridan foydalaniladi. Eritish 
pechida tayyorlangan alyuminiy eritmasiga flyuslar bilan ishlov beriladi, 
legirlashga tortiladi, rafinirlanadi, modifikatsiyalanadi va po‘kakkeramik filtrlar 
orqali filtrlanadi. Degazatsiyalash kamerasidan keyin metall lotok bo‘ylab 
bevosita uzluksiz quyish liniyasiga kelib tushadi. Uzluksiz quyadigan qurilma 
eritmadan quyilgan polosani (lentani) olish uchun mo‘ljallangan, uning ishlash 
tamoyili quyidagidan iborat. Eritma taqsimlaydigan nasadka orqali o‘tgandan 
keyin bir tekis oqim bilan kristallizator jo‘valar orasidagi oraliqqa kelib tushadi. 
Jo‘valar bilan kontaktga kirishish bilan metall kristallanish haroratigacha 
sovuydi va 30% daraja bilan deformatsiyalashga tortiladi. Jo‘valardan keyin 
lenta yo‘naltiruvchi va tortuvchi roliklar orqali o‘tadi va o‘ragichga kelib 
tushadi, bu erda kerakli diametrdagi rulon o‘ralgandan keyin lenta 
qo‘zg‘aluvchan osma gilotina qaychilar bilan qirqiladi, rulon esa itargich va 
aravacha yordamida o‘ragichning barabanidan olinadi. Quyish liniyasi 6,0-10,0 
mm qalinlik va 1300-1650 mm kenglik diapazonida 10 t gacha og‘irlikdagi 
alyuminiy lenta rulonlarini olishni ta’minlaydi. 


102 
3.2 - rasm. Alyuminiy folga olishni texnologik sxemasi 


103 
3.3-rasm. Folgaprokat stani: 1 – oldingi baraban; 2 – ajratuvchi baraban; 3 – 
siquvchi rolik; 4 – stanina; 5 – siquvchi qurilma; 6 – opora vali; 7 - ishchi val; 8 
– sovutgich; 9 – orqa sovutuvchi baraban 
So‘ngra rulonlar berilgan haroratgacha sovutiladi, prokatlash bo‘limiga 
kvarto tayyorlanma folgaprokat staniga beriladi (3.3 rasm), bir necha marta 
o‘tishlar bilan prokatlashga tortiladi va kuydirishdan keyin tozalama kvarto 
folgaprokat stanlar liniyasiga yuboriladi. Bu stanlardan folgani dastlabki 
prokatlash uchun ham, ikki qavat ko‘rinishda yakuniy prokatlash uchun ham 
foydalanish mumkin (3.2 - rasm).
Tayyorlanma folgaprokat stan ishchi jo‘valarining diametri 160 mm va 
jo‘va bochkalarining uzunligi 750 mm bo‘lgan kvarto katakka ega. Lenta prokat 
staniga g‘altakka (gaspelga) zich qilib o‘ralgan holatda kelib tushadi. Bu standa 
folganing minimal qalinligi 0,027 mm ni tashkil qiladi. Tayyorlanma 
folgaprokat stanlarida prokatlash silliqlangan yuzaga ega bo‘lgan jo‘valar bilan 


104 
olib boriladi, bunda 3-4 marta o‘tish bajariladi.
So‘ngra podkat yuzalari silliqlangan jo‘valarga ega bo‘lgan sayqallash 
stanlariga yuboriladi va berilgan qalinlikkacha prokatlanadi. Sayqal beruvchi 
folgaprokat stanlarining jo‘valarining yuzalarini silliqlash folganing yuqori 
sifatli yaltiroq yuzasini olish imkonini beradi. Odatda har ikkala prokatlash 
jo‘vasining bochkasining profili bo‘rtikka ega bo‘ladi, Biroq ularda yuqorigi 
jo‘vaning bochkasi bo‘rtik profil bilan, pastki jo‘vaning bochkasi esa – silindrik 
profil bilan ishlanadigan jo‘valar juftliklari ham qo‘llaniladi.
Prokatlashda jo‘valar qiziydi, chunki deformatsiya ishining bir qismi 
issiqlikka 
aylanadi, 
bunda 
folgani 
prokatlash 
sharoitlari 
anchagina 
yomonlashadi, bu ommaviy uzilishlarga olib keladi. Folganing qizishining 
oldini olish uchun katta og‘irlikdagi rulonlarni prokatlash faqatgina sovutuvchi 
suyuqlik bilan mo‘l-ko‘l qilib sug‘orish hisobiga jo‘valarning yuzasini shiddatli 
sovutish bilan olib boriladi.
Ko‘pchilik sanoat folgaprokat stanlarida stanina, jo‘valar, yostiqlar, 
podshipniklar va stanning boshqa detallari va uzellarining qayishqoq 
deformatsiyalari tufayli 10 mkm dan kichik qalinlikdagi folgani olish juda qiyin 
kechadi. Shu sababli ko‘proq yupqa folgani olish uchun uni ikki qavat qilishga, 
ya’ni bir lentani boshqasining ustiga qo‘yishga, so‘ngra ikki qavat lentani 
prokatlashga murojaat qilinadi. Bundan tashqari, ikki qavatlilik hisobiga 
prokatlashdan oxirgi o‘tishda bitta folga lentasi boshqasini ushlaydi. Bunda 
stannning uzelllari va detallarining qayishqoq deformatsiyasi oshmaydi, 
siqishlar esa ortadi, buning natijasida folganing minimal qalinligini ikki martaga 
- 5-7 mkm gacha kamaytirishga muvaffaq bo‘linadi. Ikki qavat qilish 
operatsiyasidan oldin tayyorlanma moylash mahsulotlarini chiqarib yuborish va 
ikki qavat qilishda lentalarning yopishib qolishining oldini olish uchun benzin 
bilan yuviladi. Metall yuzasidagi moy qoldiqlari prokatlashda folgada teshiklar 
hosil bo‘lishiga (teshilishga) olib keladi, shu sababli folga uni ikki jo‘vali 
stanning jo‘valari orqali siqishsiz o‘tkazish bilan yuviladi, bunda jo‘valarga bir 
paytning o‘zida benzin beriladi, benzin jo‘valarning yuzasiga kigiz qisqich bilan 


105 
tarqatiladi.
Ikki qavat qilishda folganing yopishib qolishining oldini olish uchun 
uchuvchan erituvchini (uayt-spirit) berish va purkash tizimi mavjud, buning 
natijasida folga polosalari yopishib qolmaydi va mat yuzaga ega bo‘ladi. Tayyor 
folga kuydirish va sayqal berish operatsiyalariga tortiladi. Folgani ikki qavat 
qilish 3.4 - rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha maxsus mashinalarda bajariladi.
3.4 – rasm. Folgalarni ikki barobarga oshirish sxemasi: 1 – o‘rab beruvchi 
gaspel; 2 – yo‘naltiruvchi uskuna; 3 – yuqori pichoq; 4 – pastki pichoq; 5 – ikki 
barobarga ko‘paytirilgan folga; 6 – bosuvchi rolik; 7 – qabul qiluvchi gaspel 
Ikki qavat qiladigan mashinaning staninasiga folgali ikkita 1 yuritmasiz 
gaspellar va bitta yuritmali 7 o‘ragich gaspel o‘rnatiladi, u 5 ikki qavat folgani 
o‘rash uchun xizmat qiladi. 1 yuritmasiz gaspellr biri ikkinchisiga parallel qilib 
o‘rnatilgan, yon tomonlarga folganing tortilishini hosil qiladigan tormozlar
shuningdek lentalarni birlashtirishda chekkalarning amalda aniq mos kelishini 
ta’minlaydigan 2 yo‘naltiruvchi moslamalar o‘rnatilgan. Ba’zi bir ikki qavat 
qiladigan mashinalarga ikki qavat qilgandan keyin folganing chekkalarini 
qirqish uchun mo‘ljallangan disk qaychilar o‘rnatiladi. 6 qisuvchi rolik folgani 


106 
7 qabul qiluvchi gaspelga ko‘proq zich qilib o‘rash uchun xizmat qiladi. Ikki 
qavat qilingan 5 folga 7 gaspelga bevosita yoki sxemada punktir chiziq bilan 
ko‘rsatilgan yo‘l bo‘yicha 2 qo‘shimcha yo‘naltiruvchi rolik orqali kelib 
tushishi mumkin. Ba’zan ikki qavat qilingan folganing chekkalari u oraliq past 
haroratli kuydirishdan o‘tkazilgandan keyin qirqiladi. Yakuniy o‘lchamga 
prokatlangandan keyin folga ajratadigan mashinalarda ajratiladi, ya’ni bir lenta 
boshqasidan ajratib olinadi. Folgani ajratish lentaning 5-10 mkm qalinligida 
amalga oshiriladi. Ajratishdan keyin har bir rulon alohida mokiga o‘raladi.
3.5 – rasm. Folgani ikkiga ajratuvchi mashina: 1 – ikki ajratilgan folgali 
gaspel; 2 – rolik; 3 – shpullar; 4 – bosish; 5 – stamina; 6 – tortuvchi roliklar; 7 – 
bosuvchi rolik 
Folgani ajratadigan mashinaning sxemasi 3.5 - rasmda keltirilgan. 
Mashinaning 5 staninasi oldiga qayrilib ochiladigan kronshteynga ikki qavat 
folgali yuritmasiz 1 gaspel o‘rnatiladi, folga gaspeldan tarqatiladi, 2 roliklar 
tizimi orqali o‘tadi va ajratilgandan keyin yuritmali gaspellarda joylashgan 5 


107 
mokiga o‘raladi. Folganing zaruriy tortilishi 4 qisqich bilan, shuningdek 6 
tortuvchi va 7 qisuvchi roliklar bilan hosil qilinadi.
Bo‘yalmagan tekis alyuminiy folgadan tashqari dekorativ maqsadlarda 
uni zarb qilish, bo‘yashga tortish, unga turli rasmlar va yozuvlar tushirish bilan 
uning boshqa turlari ham ishlab chiqariladi. 
Folga rangli laklar bilan bo‘yaladi, bu unga nafaqat chiroyli tashqi 
ko‘rinish berib qolmasdan, uning korrozion bardoshliligini ham oshiradi. Agar 
folganing yuzasini faqatgina korroziyadan yoki oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
bevosita kontaktdan himoyalash talab qilinsa, u holda folga rangsiz lak bilan 
qoplanadi. Bo‘yash va laklash xuddi o‘sha bitta asbob-uskunalarda bajariladi, 
bunda faqat laklar yoki bo‘yoqlarning tarkibigina o‘zgaradi.
Folgaga rasmlar yoki yozuvlar yassi bosish uslubi bilan tushiriladi. 
Bosish qolipi lak to‘ldirilgan lotokka botirilgan jo‘va vositasida rangli lak 
qatlami bilan qoplanadi, so‘ngra rasm yoki yozuv silindr yoki rezina bilan 
qoplangan jo‘va bo‘ylab harakatlanayotgan folgaga ko‘chirib o‘tkaziladi.
Ko‘proq aniq yozuvlar yoki ko‘proq yorqin rasmlarni olish zarur 
bo‘lganda chuqur bosish qo‘llaniladi, uning asosiy farqi shundan iboratki, lak 
folgaga bosish qolipining ichkarisidan kelib tushadi. Bu uslub kattaroq 
solishtirma bosimlarni talab qiladi, shu sababli uni bajarish qiyinroq. Dekorativ 
maqsadlar uchun folga bo‘yashdan keyin zarb qilishga tortiladi. Zarb qilingan 
bo‘yalgan folga bir nechta ranglarga ega bo‘ladi va shu sababli chiroyliroq 
bo‘ladi.
Sanoatning turli tarmoqlarida ekranlaydigan, izolyasiyalaydigan yoki 
o‘raydigan material sifatida kashirlangan folga keng tarqalishga ega bo‘lgan 
(titrlash – ikkita turli materiallarni, masalan, alyuminiy folga va qog‘ozni 
birlashtirish), ularni qo‘llash folga va qog‘ozni alohida-alohida qo‘llashga 
qaraganda anchagina qulay. Bundan tashqari, ko‘proq qalin folganing o‘rniga 
qog‘ozga elimlangan yupqa folgani qo‘llash metallni tejashni beradi. Qog‘ozga 
elimlash uchun odatda 8-14 mkm qalinlikdagi tekis alyuminiy folga 
qo‘llaniladi. Kashirlangan folga ikki qatlamli (qog‘oz qoplamali folga) yoki uch 


108 
qatlamli (ikki tomondan folga bilan qoplangan qog‘oz yoki ikki tomondan 
qog‘oz bilan qoplangan folga) qilib ishlab chiqariladi. Elimlaydigan moddalar 
sifatida folganing mo‘ljallanishiga bog‘liq ravishda kraxmal elimi, parafin va 
lakdan foydalaniladi.
Kabel sanoatida perforlangan kashirlangan folga qo‘llaniladi. Perforlash 
folgada to‘g‘ri geometrik tartibda joylashadigan mayda teshiklarni o‘yishdan 
tashkil topadi. Bunday teshiklarning bo‘lishi singadigan materialning (masalan, 
moy) kabelga etib borishini ta’minlaydi va uni quritishda bug‘larning chiqib 
ketishiga yordam beradi. Folgani perforlash uchun u vtulkalar to‘plamiga ega 
bo‘lgan aylanuvchi jo‘vadan o‘tkaziladi. Vtulkalarning aylanasi bo‘ylab 
jo‘valar aylanganda tutashadigan ignalar joylashgan. 100 mm folgada 1000-
1200 ta teshik ochiladi. Perforlangan folga ko‘pincha qo‘shimcha 
operatsiyalarga – zarb qilish va chekkalarni qirqishga tortiladi. Barcha uchta 
operatsiya – perforlash, zarb qilish va chekkalarni qirqish – odatda 
birlashtiriladi va bitta mashinada bajariladi.
Alyuminiy folgani ishlab chiqarish o‘ta ehtiyotkorlik va tozalikni talab 
qiladi, chunki folga mexanik jihatdan mustahkam emas, uning yuzasiga 
zarrachalar, mayda chiqindi, qirindilar va boshqa shu kabilarning tushishi 
tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsizlikka olib keladi. Ishlab chiqarish jarayonida 
folgani transportirovka qilish rulonlarda, mokilarda yoki vtulkalarda bajariladi.

Download 6,57 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish