• 3.4. Titanni listli prokatlash
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/66
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,57 Mb.
    #125004
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
    Bog'liq
    Darslik Prokat va kiryalash (1)

    3.3. Nikelni listli prokatlash 
     
    Nikelni qaynoq prokatlash jo‘valarining diametri 800-850 mm bo‘lgan 
    duo reversiv stanlarda 12-15 mm qalinlikkacha olib boriladi, shundan keyin har 
    bir tomondan 0,5 mm qalinlikdagi metall qatlami olib tashlanadi.
    Berilgan qalinlikdagi listli prokatni olish uchun bir nechta bosqichli sovuq 
    prokatlash qo‘llaniladi.
    Birinchi sovuq prokatlash jo‘valarining diametri 400-500 mm bo‘lgan 
    kvarto reversiv stanlarda 2,4-4 mm qalinlikkacha olib boriladi. So‘ngra 
    qarshilik elektr pechlarida 650-700°S haroratda kuydirish va kislota 
    aralashmalari bilan tozalash yoki himoyalovchi atmosferali pechlarda kuydirish 
    o‘tkaziladi.
    Ikkinchi prokatlash jo‘valarining diametri 250-300 mm bo‘lgan kvarto 
    reversiv stanlarda 1,0-2,0 mm qalinlikkacha amalga oshiriladi. Kuydirish 
    himoyalovchi atmosferada o‘tkaziladi, so‘ngra polosalarga qirqish amalga 
    oshiriladi.
    Ikkinchi prokatlash jo‘valarining diametri 125-150 mm bo‘lgan kvarto 
    reversiv stanlarda talab qilinadigan qalinlikkacha amalga oshiriladi. So‘ngra 
    disk qaychilarda kenglik bo‘yicha o‘lchovli qirqish va agar talab qilinsa – 
    himoyalovchi atmosferada kuydirish bajariladi.
    3.4. Titanni listli prokatlash 
    Hozirgi kunda listli titanni qaynoq prokatlash ikki jo‘vali siquvchi 
    reversion universal katakka va pechlarda joylashgan o‘ragichli to‘rt jo‘vali 


    112 
    sayqallaydigan reversiv katakka ega bo‘lgan qaynoq prokatlaydigan reversiv 
    stanlarda olib boriladi. Siquvchi katakda 1050 - 1100°S haroratgacha 
    qizdirilgan 160x850x1050 mm o‘lchamli quyilgan slyablar 25 mm gacha 
    qalinlikda prokatlanadi va rolgang bo‘ylab sayqallaydigan katakka uzatiladi. 
    10-13 mm qalinlikka erishilgandan keyin polosa pechda joylashgan 
    o‘ragichlardan biriga beriladi, prokatlangan, o‘ragichlarga o‘ralgan lenta 
    jo‘valardan chiqadi, biroq katak bilan o‘ragich orasida joylashgan tortuvchi 
    roliklardan hali chiqmaydi. So‘ngra reverslash amalga oshiriladi (prokatlash 
    yo‘nalishi almashtiriladi) va lentaning orqa uchi ikkinchi o‘ragichga 
    mahkamlanadi. Lentani o‘ragichlarga berish o‘ragichlarning ostida stanning 
    rolgangiga kiritilgan yig‘ma zaslonlar yordamida amalga oshiriladi. Bir necha 
    marta o‘tishlardan keyin 1,5 mm qalinlikdagi lenta o‘ragichlardan rolgangga 
    chiqariladi va o‘raydigan qurilmaga kelib tushadi. 
    Titandan qaynoq yoyilgan polosalarni sovuq prokatlash besh katakli 
    uzluksiz standa 0,6 mm qalinlikkacha olib boriladi. 

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 6,57 Mb.
    Pdf ko'rish