140
5 - BOB. METALLARGA BOSIM BILAN ISHLOV BERISH
JARAYONLARINI KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH
5.1. Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlarini kompyuterli
modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari
Keyingi yillarda turli texnologik jarayonlarni ularni ishlab chiqarish
sharoitlarida amalga oshirish uchun modellashtirishga,
jumladan metallarga
bosim bilan ishlov berish (MBBIB) jarayonlarini modellashtirishga katta e’tibor
qaratilmoqda. Ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, yangi
asbob-uskunalarni
ishga tushirish, yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish
mehnattalab va xarajattalab protseduralar bo‘lib hisoblanadi. Modellashtirish
esa sanoat ishlab chiqarishining asosiy vazifasi – minimal xarajatlar bilan
maksimal foyda olish vazifasini hal qilish imkonini beradi.
Bunda real ishlab
chiqarishda tadqiqotlar va eksperimentlar o‘tkazish quyidagi kamchiliklarga
ega:
katta energiya sarflari va sifatsiz mahsulotni olish xavfi;
jarayonning parametrlarini keng diapazonlarda o‘zgartirishning iloji
yo‘qligi yoki buning qimmatligi;
avariyalar sodir bo‘lishi yoki uskunalarning
buzilishi ehtimoli va
boshqalar.
Shu sababli yangi mahsulot turlarini yoki umuman deformatsion ishlov
berishning yangi turlarini olish uchun metallga bosim bilan ishlov berish
jarayonlarini joriy qilishni turli modellashtirish uslublarini qo‘llamasdan amalga
oshirib bo‘lmaydi.
Shu munosabat bilan avval virtual tarzda yoki kichik ko‘lamlarda
eksperimentlar o‘tkazish va parametrlarni o‘zgartirishning qo‘l
keladigan
chegaralarini aniqlash yoki tadqiq qilish xarajatlari va ishlanmani joriy
qilishdan keladigan foydaning eng yaxshi nisbatiga olib keladigan parametrlar
sohasiga chiqish foydali bo‘ladi.
141
[51] ishning mualliflari tomonidan modellashtirish
uslublarining tasnifi
taklif qilingan, u sxematik tarzda 5.1 - rasmda keltirilgan va uni metallarga
bosim bilan ishlov berish jarayonlarini tahlil qilish uchun qo‘llash mumkin.
5.1 – rasm. Metallarga bosim bilan ishlov berishda modellashtirish
usulining sinflanishi