134
haroratgacha qizdiriladi. Shundan keyin 2 eritilgan metall 7 pech-mikserga
quyiladi, u erdan 3 va 4 jo‘valarga kelib tushadi, bu erda uning kristallanishi
sodir bo‘ladi, so‘ngra metallning jo‘valarning yuzalari bilan qamrab olinishi,
jo‘valar bilan hosil qilingan yopiq kalibrda deformatsiyalanishi va 5
matritsaning ishchi kanali orqali bosib chiqarilishi keladi. Eritma 7
pech -
mikserga kelib tushgan momentda 5 matritsaning 6 va 7 sovutiladigan
kanallariga sovuqlik tashiydigan agent beriladi. Agar zarurat bo‘lsa, ishlash
paytida jo‘valar 8 induktorlar bilan qizdirilishi mumkin.
4.11 – rasm. Qurilmaning umumiy ko‘rinishi: a – prokatlash va presslash uchun
uzluksiz quyish, b – qurilmadagi instrumentall tugun kesim ko‘rinishi; 2 –
quyma; 3 – ariqchaga ega bo‘lgan jo‘valar; 4 – pog‘onali val; 5 – matritsa; 6,7 –
matritsani sovutish uchun kanallar; 8 – press-maxsulot; 9 – induktor;
Tasvirlangan qurilmalar birlashtirilgan ishlov beruvchi qurilmalarning
tajriba - sanoat namunalarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan, ularning
texnik tavsiflari 4.1 jadvalda keltirilgan. SLIPP-2,5 qurilmasi (4.12 - rasm),
masalan, alyuminiy qotishmalaridan katta bo‘lmagan kesimli buyumlar ishlab
135
chiqaradigan liniya tarkibiga kiradi.
4.1 – jadval. Birlashtirilgan ishlov berishning qurilmalari
Parametrlar
Birlashtirilgan ishlov berishning qurilmalari
СПП-260
СПП-400
СЛИПП-2.5
Jo‘va diyametri,
mm
260
400
480
Jo‘va bo‘yinchasi
diyametri, mm
190
140
245
Jo‘va bo‘chkasi
uzunligi, mm
350
240
250
Jo‘valarning
aylanma tezligi,
m/min
25.2
6.3
39.6
Elektir
dvigatel
quvvati, kVt
50
75
45
4.12 – rasm. SLIPP o‘rnatish sxemasi
Liniya tarkibiga quyidagi uzellar kiradi: eritmani tayyorlash uchun pech -
mikser, suyuq metallni jo‘valarga beradigan qurilma, 7 birlashtirilgan quyish-
prokatlash-presslash qurilmasi, 2 sovutadigan qurilma, to‘plagich, 5 qaychili
qirqish stoli, 4 o‘ragich (4.13 - rasm).
137
sxemasi: a – umumiy ko‘rinish; b – yuqori ko‘rinish: 1 – pechka misteri; 2 –
elektromaginit qolip; 3 – oziqlantiruvchilar; 4 – to‘g‘ri sozlash moslamasi; 5 –
to‘siq bilan rulon; 6 – oqim bilan bo‘lak; 7 – matritsa; 8 – sovitish bo‘shliqlari;
9 – gidravlik silindr; 10 – sovitish moslamasi; 11 – universal prokat stani; 12 –
o‘rash moslamasi
Birlashtirilgan quyish-prokatlash-presslash liniyalarida elektromagnitik
kristallizatorni qo‘llash (4.14 - rasm), masalan, AK5, AK12, AMgb, AV97 va
boshqalar kabi kam plastik va notexnologik
qotishmalarga ishlov berish
imkonini beradi. Bu shu bilan bog‘lanadiki, oziqlantirgich bilan jihozlangan
elektromagnitik kristallizator, rotorli kristallizatordan farqli o‘laroq,
kristallanadigan tayyorlanmaga sovuqlik tashuvchi agentni shiddatli berish
hisobiga yuqori sovutish tezliklari bilan unchalik katta bo‘lmagan kesimli (20
mm gacha diametrli) quyilgan tayyorlanmalarni olish imkonini beradi,
ma’lumki, yuqori sovush tezliklari esa (100 grad/s dan oshiq)
quyilgan
tayyorlanmaning mayda donli strukturasini olish imkonini beradi, va shundan
kelib chiqqan holda, uning mexanik xususiyatlarini oshiradi. Bunday
tayyorlanmalarning shaklini o‘zgartirish uchun
birlashtirilgan prokatlash-
presslashda deformatsiyalash uzelining qo‘llanilishi presslangan buyumlarni
yuqori deformatsiya darajalari bilan bir marta ishlov berish siklida olish
imkonini beradi.
Ish jarayonida eritilgan metall 1 pech-mikserdan 2 elektromagnitik
kristallizatorga kelib tushadi, so‘ngra kristallangan quyilma bukiladi va 4
to‘g‘irlash-berish qurilmasi orqali 5 o‘rkachli jo‘va va 6 jilg‘ali jo‘va bilan hosil
qilingan kalibrga kirib keladi. So‘ngra tayyorlanma
plastik deformatsiyalashga
tortiladi va 9 gidrotsilindr bilan qisilgan 7 matritsa orqali presslangan buyum
ko‘rinishida ekstrudirlanadi. Matritsa 8 ponasimon bo‘shliqqa kirib keladigan
sovuqlik tashuvchi agent yordamida sovutiladi, tayyorlanmaning o‘zi esa 10
sovutish uzelining idishida sovutishdan o‘tgandan keyin va 11 universal katakda
kalibrli prokatlashdan o‘tgandan keyin 12 o‘raydigan
qurilmada buxta qilib
138
o‘raladi.
Qurilmaning
unumdorligini
oshirish
uchun
2
elektromagnitik
kristallizatorda 3 oziqlantirgichlar yordamida 5 va 6 jo‘valardagi kalibrlar soni
bo‘yicha bir paytda bir nechta tayyorlanmalarni olish mumkin. Bunda ular bu
kalibrlarni to‘sadigan 7 matritsalar orqali ekstrudirlanadi va so‘ngra 9
gidrotsilindrlar, 10 sovutish qurilmalari, 11 universal prokat kataklari va 12
o‘raydigan qurilmalarning zaruriy sonidan foydalanish bilan ishlov beriladi.
Shunday qilib, elektromagnitik kristallizator va uzluksiz quyish-
prokatlash-presslash qurilmasini o‘z ichiga oladigan majmua an’anaviy ishlab
chiqarish texnologik sxemasida metallarga bosim bilan
ishlov berish uslublari
bilan amalda ishlov berib bo‘lmaydigan metallar va qotishmalarni uzluksiz
deformatsiyalashni amalga oshirish imkonini beradi.