145
informatsion ta’minot, ma’lumotlar bazalari, shuningdek ma’lumotlar
bazalarini va loyihalashda foydalaniladigan boshqa ma’lumotlarni
boshqarish tizimlaridan tashkil topadi;
lingvistik ta’minot, loyihalovchilar va kompyuterlar o‘rtasida muloqot
qilish tillari, dasturlashtirish tillari va texnik vositalar o‘rtasida ma’lumot
almashinish tillari bilan ifodalanadi;
uslubiy ta’minot, turli loyihalash uslubiyatlarini o‘z
ichiga oladi, ba’zan
unga matematik ta’minot ham kiritiladi;
tashkiliy ta’minot, shtat jadvallari, lavozim yo‘riqnomalari va
loyihalovchilaring ishini reglamentlaydigan boshqa hujjatlar bilan taqdim
qilinadi.
Loyihalashning maqsadi detal, texnik tizim yoki texnologiyani qayta
yaratish uchun zarur va etarli bo‘lgan ma’lumotlar jamlanmasini aniqlash bo‘lib
hisoblanadi.
Texnologiyani loyihalashning natijasi texnologik ishlanma bo‘lib
hisoblanadi, u shartli-doimiy informatsiyani o‘z ichiga oladi (tayyorlashning
strukturaviy-texnologik marshruti, asbob-uskunalarning
nomi keltirilgan
bo‘ladi.
Oxirgi elementlar uslubiga tayanadigan dasturiy ta’minot quyidagi
funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan modullarni o‘z ichiga olishi lozim:
ma’lumotlarni kiritish (oldprotsessorlar), hisoblashlar (protsessorlar), natijalarn
chiqarish (keyingi protsessorlar).
Avtomatlashgan loyihalash tizimining dasturiy ta’minotida kiritish va
chiqarish funksiyalari ayniqsa rivojlangan, chunki ular ma’lumotlarni va
modellashtirish davomida natijalarning baholarini olish vaqtini qisqartiradi.
Hisoblash moduli asosan texnik vositalarning asosiy konfiguratsiyasining
elementlari –
arifmetik protsessor, operativ xotira, katta sig‘imli tashqi
xotiradan foydalanadi.
Oxirgi elementlar uslubi uchun (OEU) dasturiy ta’minotning quyidagi
tashkil qilinishi ko‘proq uchraydi:
146
barcha funksiyalar uchun yagona dastur;
kiritish va chiqarish uchun - bir dastur, hisoblash uchun – boshqa dastur;
har bir funksiyaga alohida dastur.
Barcha funksiyalarni boshqaradagin yagona dasturdan foydalanish bir
funksiyadan boshqasiga tezda o‘tishni amalga oshirish imkonini beradi. Yagona
dastur kiritish-hisoblash-chiqarish siklini ko‘p marta takrorlash zarur bo‘ladigan
hollarda ayniqsa samarali bo‘ladi.
Keyingi mumkin bo‘lgan variantda kiritish-chiqarish moduli va hisoblash
modulidan alohida-alohida foydalaniladi. Bu hisoblashlarni
vaqtda ajratish
bilan bajarish imkonini beradi.
Oxirgi variant o‘zida «oldprotsessor - protsessor – keyingi protsessor»
zanjirini taqdim qiladi. Bunda foydalanuvchiga turli imkoniyatlarni taqdim
qiladigan bir nechta oldprotsessorlardan foydalanish mumkin.
Oxirgi elementlar uslubini masalani echishning uchta ketma-ket
bosqichlari ko‘rinishida taqdim qilish mumkin: boshlang‘ich tayyorgarlik
(oldjarayonlar); echimlarni olish (echgich); modellashtirish natijalariga ishlov
berish (keyingi jarayonlar).
Birinchi
bosqichda oldprotsessorda buyum yoki yarim fabrikatning
modeli yaratiladi (geometrik va hisobiy), so‘ngra materialning xususiyatlari va
deformatsiyalashning
parametrlari
beriladi
(deformatsiyaga
qarshilik,
deformatsiya harorati, deformatsiya tezligi, ishqalanish koeffitsienti va
hokazolar), so‘ngra to‘r model generatsiyalanadi.
Ikkinchi bosqichda echgich
oxirgi elementlar uslubini ishga tushirishni bajaradi. Uchichi bosqich olingan
natijalarni tahlil qilishdan iborat bo‘ladi.
Oldprotsessor quyidagi imkoniyatlarga ega:
oddiy geometriyali modellarni mustaqil yaratish yoki murakkab
geometriyali modellarni SAE tizimlaridan import qilish;
o‘zining oxirgi edementlar to‘rini qurish yoki import qilish;
yangi materiallarni qo‘shish imkoniyati bilan o‘zining spravochnik
materiallari kutubxonasidan foydalanish;
147
metallarga bosim bilan ishlov berish sohasida ma’lum bo‘lgan
uslublardan tadqiq qilinadigan jarayonlarning modellarini tanlash va ular
uchun ma’lumotlarni tayyorlash;
tadqiq qilinadigan jarayonning boshlang‘ich va chegara shartlarini berish;
modellashtirishning
qadamlar soni, natijaning saqlanish qadami,
jarayonning to‘xtash kriteriylari, to‘rni qayta qurish kabi parametrlarini
o‘rnatish imkoniyati.
Echgich to‘rni avtomatik qayta qurishni amalga oshirish,
shuningdek
echish jarayonini parallellashtirmaslikni amalga oshirish imkonini beradi.
Keyingi protsessorning imkoniyatlari qadamlar bo‘yicha hisoblash
natijalarini grafik tarzda taqdim qilish (umumiy, ko‘rsatilgan nuqtada, ikkita
nuqta orasida), materialning oqish yo‘nalishini aniqlash, shuningdek
ma’lumotlarni matn, grafik yoki videofayllar ko‘rinishida chiqarishdan iborat.