Prokatlash jarayonlarini kompyuterli modellashtirish




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

5.2. Prokatlash jarayonlarini kompyuterli modellashtirish 
 
Prokatlashni modellashtirish bir qator chegaralashlarni hisobga olish 
bilan metallning shaklini o‘zgartirish jarayonini va energiya-kuch 
parametrlarini hisoblash zarurligi bilan bog‘lanadi. [12, 52] ishlarda ikkita 
modellashtirish dasturining tasviri keltirilgan: qaynoq listli prokatlash KOYLJ) 
va sortli prokatlash VAKA, ular nafaqat ishlab chiqarishni tayyorlash vaqtini 
qisqartirish imkonini berib qolmasdan, balki metallni deformatsiyalashda katta 
sonli siqishlarni o‘z ichiga oladigan texnologik jarayonlar uchun hisoblashning 
olingan variantlarini unumdorlik va energetik xarajatlarni tejash nuqtai-
nazaridan taqqoslashni bajarish imkonini ham beradi. 
KOYLJ} dasturida rangli metallar va qotishmalarni qaynoq prokatlashda 
siqishning optimal rejimini hisoblashning bu jarayonni nazariy tadqiq qilish va 
reversiv hamda ketma-ket stanlarda eksperimental tadqiq qilish natijasida 
olingan matematik modelidan foydalaniladi.


148 
Dasturning algoritmi boshlang‘ich ma’lumotlarni shakllantirish, 
polosaning geometrik o‘lchamlarini hisoblash, prokatlashning tezlik rejimini 
aniqlash, yoyilmaning harorati va energiya-kuch parametrlarini aniqlash
deformatsiya rejimlarining chegaralanishlarini tekshirish va har bir o‘tishda 
polosaning hisoblangan balandligini korrektirovkalashni o‘z ichiga oladi. 
Shuningdek dasturni ishlab chiqish jarayonida grafik informatsiyani 
approksimatsiyalash o‘tkazilgan, natijada olingan formulalar dasturga kiritilgan, 
bu talab qilinadigan boshlang‘ich ma’lumotlarning sonini anchagina qisqartirish 
imkonini bergan.
Hisoblashlar uchun boshlang‘ich ma’lumotlar sifatida quyidagi 
informatsiyadan 
foydalaniladi: 
stanning 
texnik 
tavsifi; 
polosaning 
xususiyatlarini tavsiflaydigan parametrlar; quymaning geometrik o‘lchamlari 
(uzunligi, balandligi, kengligi); hisoblashlarda foydalaniladigan material uchun 
deformatsiyaga o‘rtacha qarshilik bo‘yicha spravochnik ma’lumotlari; 
prokatlashning boshlang‘ich va oxirgi harorati; prokatlanadigan materialning 
markasi.
Chiquvchi informatsiya siqish rejimlarini hisoblash jadvallari ko‘rinishida 
beriladi. Dastur quyidagi qotishmalar bilan ishlashga mo‘ljallangan: M1, M2, 
L63, L68, L90, MN19, BrA7, N1, N2, NZ, D1, D16, AD1, AD31, AMS, AMgb 
va boshqalar. 
Dasturda prokatlash jarayonining imitatsion modeli ko‘zda tutilgan, u 
prokat stanining dinamik ishlash rejimini ko‘rgazmali taqdim qilish imkonini 
beradi.
Materialning markasiga bog‘liq ravishda dastur siqish rejimlarini 
hisoblashning ikkita algoritmini o‘z ichiga oladi: yumshoq qotishmalar uchun 
(L63, L90, M1, N1, AD1, AMs va boshqalar tipidagi) va qattiq qotishmalar 
uchun (D1, D16, BrA7 va boshqalar tipidagi). Har ikkala algoritm 
tayyorlanmaning joriy o‘lchamlari, deformatsiyaning parametrlari, shuningdek 
prokatlashning harorat va energiya-kuch parametrlarini (prokatlash kuchi, 
prokatlash momenti va boshqalar) hisoblashni o‘z ichiga oladi. 175x2120x1375 


149 
mm o‘lchamli quymadan olingan AMgb qotishmadan 6 mm qalinlikdagi listni 
prokatlash rejimlarini EHM da modellashtirishga misol 5.3 - rasmda keltirilgan. 
VAISA dasturi ketma-ket va uzluksiz prokat stanlarida po‘lat to‘sinlarni 
sortli prokatlashda metallning shakl o‘zgarishini modellashtirish va energiya-
kuch parametrlarini hisoblash imkonini beradi. Jo‘valarni kalibrlashning grafik 
tasviri (5.3 - rasm) dastur bilan shakllantiriladi va o‘lchamlarni kiritish uchun 
grafik paketga beriladi, olingan hisobiy parametrlarning grafiklarini esa Exse1 
paketi vositalari yordamida qurish mumkin. 
5.3 – rasm. BALKA dasturidan foydalangan holda 500 – stanida 16 – 
kalibrli prokat uchun rulonlarni kalibrlashni simulyatsiya qilish misoli 


150 
[53] ishda ko‘ndalang-vintli prokatlash jarayonini uch o‘lchovli 
modellashtirish natijalari keltirilgan, u AK8U8/8-OUKA dasturiy majmuadan 
foydalanish bilan bajarilgan. Yaxlit mis tayyorlanmani uchta jo‘vada sovuq 
ko‘ndalang-vintli 
prokatlash 
tadqiq 
qilingan 
(5.4, 
a 
rasm). 
Bu 
deformatsiyalashda materialning o‘zini qanday tutishini tasvirlash uchun 
bichiziqli izotrop qayishqoqplastik modeldan foydalanish imkonini bergan. 
Tayyorlanmaning va unla metallning oqishi tadqiq qilingan kenglikning modeli 
uch o‘lchovli qattiq tanali geksaedrik elementlardan shakllantirilgan (5.4, b 
rasm). Tayyorlanmaning kenglikdagi holatini turg‘unlashtirish uchun prokatlash 
paytida naysimon o‘tkazmadan foydalanilgan. O‘tkazma va prokat jo‘valari 
absolyut qattiq qobiq elementlar yordamida lagranj qo‘yilmasida 
modellashtirilgan. Oxirgi elementlarning lagranj to‘ri bilan tasvirlangan 
jo‘valar va o‘tkazma tayyorlanmaning oxirgi elemntlarning eyler to‘ri 
yordamida qurilgan modeli bilan kontaktga kirishadi. O‘tkazma va jo‘valarning 
eyler muhiti bilan o‘zaro harakatlarini tasvirlash uchun 8-OUKA ning 
imkoniyatlaridan foydalanilgan. 
5.4 – rasm. Vintli prokatlash jarayonini modellari:
a – giometrik; b – cheklangan elementlar usuli bilan; 1 – maydon 2 – 
bo‘sh; 3 – simlarni ulash; 4 – Eyler fazosi 


151 
5.5 – rasm. Shakillangan kalibrlarda navli prokatlash jarayoni: a –
jarayonning sxemasi; b – sonli elementlar usuli bilan model 
[54] ishning mualliflari tomonidan shuningdek sortli prokatlash jarayoni 
ham modellashtirilgan. Tayyorlanmani jo‘valarga berish va prokatlash jarayoni 
boshlangandan keyin birinchi 0,1 sekund davomida polosaning jo‘valar bilan 
barqaror qamrab olinishini tashabbuslantirish uchun tayyorlanmaning orqa 
uchiga taqsimlangan yuklama ko‘rinishida tiralish kuchi qo‘yilgan. Prokatlash 
jarayoni simmetrik kalibrlarda amalga oshirilishi sababli masalani echishda 
simmetriya o‘qlarida mos keluvchi mexanik chegara shartlariga ega bo‘lgan 
qattiq jismli modelning chorak qismini ko‘rib chiqish etarli bo‘lgan. Fasonli 
kalibrlarda prokatlash jarayonining hisobiy sxemasi va uning oxirgi elementli 
modeli 5.5 - rasmda ko‘rsatilgan. 
Eyler modeli tayyorlanmasi va ishchi kenglikdagi uch o‘lchovli qattiq 
tanali geksoedrik oxirgi elementlarning soni 107 820 tani tashkil qilgan. Prokat 
jo‘vasining lagranj modeli 3 704 ta absolyut qattiq qobiq elementlardan 
shakllantirilgan. 
5.6 - rasmda tayyorlanmada ekvivalent plastik deformatsiya va ekvivalent 
kuchlanishlarning oxirgi elementli modellashtirish natijalari bo‘yicha olingan 
taqsimlanish maydonlari keltirilgan.


152 
Shu 
narsa 
aniqlanganki, 
prokatlashda 
tayyorlanmaning 
plastik 
deformatsiya darajasi tadqiq qilinadigan kalibrlarda jo‘va bilan kontaktga 
kirishadigan qatlamlarda 0,98 gacha etadi. Tayyorlanmaning ichki qatlamlarida 
plastik deformatsiya darajasi 0,5-0,7 ni tashkil qiladi (5.6, a rasm), bu baland 
polosa prokatlanadigan holat uchun xarakterli bo‘ladi. Deformatsiya o‘chog‘ida 
ekvivalent kuchlanishlar 170 MPa gacha etadi. 
5.6 – rasm. Shakillangan kalibrlarda kesma prokat payitida ishlov 
beriladigan qismdagi taqsimlash maydonlarining modellari (bo‘limning 4-qismi 
ko‘rsatilgan): a – plastik deformatsiyaning darajalari: b – ekvivalent 
kuchlanishlar, MPa 
[55] ishda ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish va korrektirovkalash 
uchun OERSJM-ZO dasturiy majmuadan foydalanish bilan D16 alyuminiy 
qotishmasidan quvurlarni davriy prokatlash jarayonini modellashtirish 
bajarilgan. Qo‘yilgan vazifani hal qilish uchun tayyorlanmaning oxirgi 
elementli modeli, sovuq prokatlash stanida quvurlarni davriy prokatlash 
jarayonining modeli qurilgan va prokatlashning parametrlarini hisoblash 
bajarilgan (5.7 - rasm). 


153 
5.7 – rasm. DEFORM -3D dasturiy majmuasi yordamida prokat jarayonining 
modeli: a – sovuq prokat jarayonida; b – deformatsiya zonasida kuchlanishni 
hisoblash natijalari 
O‘tkazilgan modellashtirish natijalari amaldagi prokatlash texnologik 
jarayoniga tuzatishlar kiritish imkonini bergan.
Keltirilgan misollar prokatlashning har xil turlari uchun kompyuterli 
modellashtirishni qo‘llash samarali ekanligini ko‘rsatadi.

Download 6,57 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Prokatlash jarayonlarini kompyuterli modellashtirish

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish