157
5.11 – rasm. SPP dasturi yordamida birlashtirilgan prokat – preslash
jarayonini simulyatsiya qilish
Dastur bilan ishlash uchun boshlang‘ich informatsiyani kiritish zarur
bo‘ladi, bu informatsiya sifatida kalibrning o‘lchamlari, tayyorlanma va
presslangan buyumning o‘lchamlari, jo‘valarning
diametri, metall yoki
qotishmaning mexanik tavsiflaridan foydalaniladi. Ba’zi bir metallar va
qotishmalar uchun mustahkamlik chegarasining qiymatlari ma’lumotlar
bazasida bor. Hisoblash keyinchalik natijalarni tahlil qilish va deformatsiya
o‘chog‘ining optimal qiymatlarini tanlash maqsadida beshta variant bo‘yicha
olib boriladi.
Bunday tahlil qilish uchun ku jarayonning amalga oshuvchanlik
koeffitsientining prokatlashda absolyut siqishning turlicha kattaliklarida
matritsaning jo‘valarning umumiy o‘qidan uzoqlashishi kattaligiga bog‘lanishi
grafigini qurish ko‘zda tutilgan. (5.11 - rasmga qaralsin).
Metallning shakl o‘zgarishi va jarayonning harorat sharoitlarini
OEROYAM ZE dasturiy majmua yordamida kompyuterli modellashtirish yo‘li
bilan tahlil qilish (5.12 - rasm) shuni ko‘rsatadiki,
prokatlash zonasida
158
koordinata to‘rining jo‘valar bilan kontakt yuzasida joylashgan uzellarining
tezligi metallning markaziy qatlamlarining oqish tezligidan ilgarilab ketadi.
Jo‘valarning markazlari orqali o‘tadigan vertikal o‘qdan keyin to‘rning
uzelllarining periferiyada va tayyorlanmaning markazidagi tezliklari asta-sekin
tenglashadi va bir xil bo‘lib qoladi.
5.12 – rasm. AK 12 qotishmasi uchun SPP jarayonini simulyatsiya qilish:
a – bosishni boshlash bosqichi; b – preslash
maxsulotini siqib chiqarish
bosqichi va ekstruzya boshlanishi; d – barqaror holatdagi maslama; e – yarim
tayyor mahsulot uzunligi bo‘ylab harorat o‘zgarishi
So‘ngra metallning oqishining manzarasi an’anaviy
presslash jarayoniga
mos keladi, ya’ni metallning markaziy qatlamlari to‘ri uzellarining tezligi
nisbatan katta deformatsiya darajasi oqibatida metallning kontaktoldi
qatlamlarining oqish tezligidan anchagina ilgarilab keta boshlaydi, bunda o‘lik
159
zonalarning kattaligi unchalik katta bo‘lmaydi. Birlashtirilgan asimmetrik
prokatlash-presslash jarayonining harorat sharoitlarini
modellashtirishda shu
narsa aniqlanganki, jarayonning boshlang‘ich bosqichida jo‘valar bilan kontakt
hisobiga tayyorlanma sovuydi, so‘ngra prokatlash va presslash bosqichlarida
deformatsion issiqlik ajralishi hisobiga uning qizishi sodir bo‘ladi.
Birlashtirilgan
prokatlash-presslash
jarayonini
kompyuterli
modellashtirish natijalaridan asbob-uskunalarning yangi turlarini yaratish va
rangli
metall
qotishmalariga
birlashtirilgan
ishlov
berishning
yangi
texnologiyalarini ishlab chiqish uchun foydalanilgan.