161
6 - BOB. KIRYALASHNING ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLARI
6.1. Kiryalash jarayoni bilan deformatsiyalashning ko‘rsatkichlari,
turlari va avzaliklari
Kiryalash – metallarni bosim bilan ishlov berish jarayoni bir turi bo‘lib,
silliq konussimon kirya asbob kanali orqali doimiy kesimning bo‘sh qismini
cho‘zishdan iborat. 6.1-rasmda yaxlit profellni kiryalash sxemasi keltirilgan.
Kirya asbobiga dastlabki kritilgan kuch
R
k
natijasida
tayyor zagotovkani
ingichkalatish darajasiga
kiryalash kuchi deb ataladi.
Ayrim xolatlarda kanalni kesimini o‘lchamlari va uni shakli kanalni
uzunligi bo‘ylab o‘zgartiriladi, ya’ni maqsad, zagotovkani kirya asbobidan
o‘tkazilib deformatsiyalanishdan talab qilingan shaklni olish va imkon darajada
kanalni kesmidan kichroq o‘lchamda bo‘lishi juda muhim. Kiryalashda
dastlabki xolatda zagotovkani dastlabki oldi qismi o‘tkirlanadi, ya’ni u kirya
asbobini kanalidan erkin o‘tish va ayrim xolatlarda uni cho‘zuvchi jihozni siqib
mahkamlab olishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Kiryalash jarayoni o‘tkazilishi
natijasida zagotovkani ko‘ndalang
kesimini maydoni kichrayadi, uzunligi
ko‘ndalang kesimini maydoni kichrayishga teng ravishda uzayadi. Prut, sim,
shakldor profil va quvurlarni kiryalashda mahsulotning defor qatlamini qalinligi
va shakllari tugalangan chiqish kirya asbobini kanalining kesimini o‘lchami va
shakliga qarab aniqlanadi. Quvurlarni kiryalanishi metallni kirya asbobi
1 va
moslashtirish asbobi
2 orasidagi halqali oraliqda deformatsiyalanishi
hisobiga
hosil bo‘ladi (6.2-rasm), buning uchun har xil konstruksiyali moslashtirish
asbobidan foydalanish mumkin.
Zagotovkani va kirya asbobi kanalini yuza qismlarini kontaktli ishqalanib
ishlashi natijasida hosil bo‘ladigan eyilishni
kamaytirish uchun moylash
usulidan foydalaniladi. Kirya asbobi kanallarini moylanishi kiryalashdagi
zo‘riqishni kamaytiradi, cho‘ziluvchi metallni
yuzasini sifatini oshiradi,
eyilishni darajasini pasaytiradi va bir o‘tishda zagotovkani deformatsiyalanish
162
darajasini oshirish imkonni beradi.
6.1-rasm. Yaxli profellni
kiryalash sxemasi
6.1-rasm. Moslashtirish asbob
yordamida quvurlarni kiryalash: 1 –
qirya asbobi; 2 – moslashtirish asbob;
3 – zagotovka;
R
k
– kiryalash kuchi
Ko‘pgina xolatlarda kiryalash zagotovkan qizdirilmasdan sovuq xolatda
o‘tkaziladi, ishqalanish va deformatsiya natijasida hosil bo‘lgan
issiqlik esa
muhitda tarqaladi yoki maxsus ta’minlangan suyuqliklar bilan chiqariladi.
Ba’zi hollarda plastiklikni oshirish va cho‘zish vaqtida metallarning
deformatsiyalanish qarshiligini kamaytirish uchun ishchi qismlarni dastlabki
qizdirishning turli usullari qo‘llaniladi.
Kiryalash vaqtida zagotovkani shaklining o‘zgarishi uning o‘lchamining
o‘zgarishi bilan xarakterlanadi, lekin zagotovkaning hajmi doimiy bo‘lib qoladi: