168
6.3. Kiryalashni kuchiga va zo‘riqishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Kiryalashni kuchiga va zo‘riqishiga quydagi asosiy ko‘rsatkichlar ta’sir
ko‘rsatadi: o‘tishlardagi
deformatsiyalanish darajasi, qarshlik ko‘rsatuvchi
metallni mexanik xossasi, kirya asbob kanalini bo‘ylama xolatdagi geometrik
shakli, deformatsiyalanuvchi metall bilan ishchi asboblarni yuza qismlarini
o‘zaro ishqalanishi, ko‘ndalang maydonni dastlabki
va tugalanishdagi shakli,
taranglanishga qarshlik, asboblarni tebranishi xolati, harorat va boshqalar.
Deformatsiyalanish darajasi. Deformatsiyalanish darajasi ortishi bilan,
masalan, bir siqishda
ε yoki cho‘zish koeffitsenti
λ hisobiga kiryalanish kuchi
ortadi. Ammo bunday xolatlarda zagotovkani
yuza qismidan markaziy
qoplamigacha bo‘lgan yo‘nalishda bir tekisda bo‘lmagan deformatsiyalanish
kamayadi, bu uning kesimi bo‘ylab ancha tekis taqsimlangan xususiyatlarini
olish uchun yordam beradi, undan tashqari kiryalashdan keyingi metalldagi
qoldiq kuchlanishni qiymatini kamaytiradi.
Zahira koeffitsentini γ
3
qiymati
ruxsat etilgan qiymatdan kichik bo‘lganda siqilishlarni chegarasi hosil bo‘ladi
va simlarda uziladi.
Kiryalash uchun optimal bir martalik siqish
ε
opt
tanlab olinadi, asosiy
jarayon ko‘rsatkichlarining yuqori kombinatsiyasini ta’minlash muhim,
masalan, yuqori ishlab chiqarishdagi samaradorlik, kam darajadagi uzilish,
talab
qilingan mexanik xossa, sim yuzalarini yuqori sifatda bo‘lishi va
boshqalar.
ε
opt
qiymati simlarni kiryalashda qizish haroratiga va metallni
taranglanishiga vaqtinchalik qarshligiga
σ
v
bog‘liq.
Ko‘r martali kiryalashda siqishni chegarasi metallni yuza sirtini
puxtalanishi hisobiga bir o‘tish uchun kichrayadi. Metallni plastiklik zahirasi
har bir o‘tishdan keyin kamayadi va deformatsiyalanishni belgilangan
darajasiga etgach bu qiymat nolga yaqinlashadi.
Bunday xolatlarda dastlabki
plastiklikni tiklash uchun metall yumshatilishi kerak bo‘ladi.
Ko‘pgina tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, ln 𝜆 grafik ko‘rinishda
169
ko‘rsatilgan deformatsiyalanish darajasiga ta’sirni to‘g‘ri chiziq bilan
ta’svirlash mumkin (6.3-rasm).
Bunday bog‘liqlik xususiyati kirya asbobi kanalidagi
σ
el
elastik va
plastiklik zonalar chegarasidagi zo‘riqishni aniqlashga imkon beradi, bu esa
zo‘riqishni formullar yordamida hisoblash uchun juda muhim.
Amalda
σ
el
aniqlash uchun to‘g‘ri chiziq
uzaytiriladi va plastik
deformatsiya boshlanishidan oldin zo‘riqishga mos keladigan ordinata o‘qida
uzilib ko‘rsatiladi va bu
σ
el
qidrilayotgan qiymat hisoblanadi. Ko‘rgina metall
va qotishmalarda
σ
k
/
σ
el
nisbati (0,10 - 0,12)σ
k
teng bo‘ladi, shuning uchun
eksperimental ma’lumotlar bo‘lmasa, quyidagi bog‘liqlikni qo‘llash mumkin:
σ
el
= (0,1 - 0,12)σ
0
,
2
.
(6.18)
Odatda bir xilda bo‘lmagan xolatda deformatsiyalanib kiryalashdan keyin
zagotovkalarni
yuza
qismlarida
cho‘zilishdagi,
markaziy qatlamlarda
siqilishdagi qoldiq kuchlanishlar hosil bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlarni ham doim
nazoratdan chetda qoldirmaslik muhim, masalan cho‘zilishdagi kuchlanish
metallni plastikligini kamaytiradi hamda yuza qismlarda darz ketishga sabab
bo‘lishi mumkin.
Metallni
mexanik
xossasi.
Sovuq
xolatda
deformatsiyalanishda
cho‘zilayotgan mahsulot materialining deformatsiya
qarshiligi vaqtinchalik
cho‘zilishdagi qarshlikga teng deb qabul qilinadi, shuning uchun bu xususiyatni
oshirish kiryalashdagi kuchlanishni xuddi shunday ko‘paytiradi. Metallni
mustahkamlik xususiyati kiryalash jarayonini o‘zgartiradi, undan tashqari turli
metallarni kiryalashda teng ishqalanish koeffitsientlari uchun sharoit yaratish
deyarli mumkin emas.
Bu esa kiryalash kuchlanishining o‘zgarishi uzilish
qarshiligining o‘rtacha qiymatining o‘zgarishiga to‘g‘ri
mutanosib ekanligini
ta’kidlashga imkon beradi.