O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

6.5. Kiryalash uchun asboblar 
 
Kirya asbobining turlari 
 
Kiryalash uchun asosiy asboblardan biri kirya asbobi hisoblanadi, yupqa 
qalinlikdagi quvurlarni cho‘zishda kirya asbobiga moslashtirish asbobi ham 
biriktirladi. 
Kiryalash jarayonida kirya asbobi deformatsiyalanadigan metall va muhim 
ishqalanish kuchlaridan yuqori bosimlar tufayli og‘ir yuklarni ta’sirida bo‘ladi, 
shuning uchun kirya asbobini sifatining asosiy ko‘rsatkichlari tirnalish va 
sinishga hamda kiryalash kuchining miqdori chidamligi hisoblanadi. Kirya 
asbobining chidamliligi bu asbobning ishdan chiqishigacha qancha metallii 
cho‘zishdagi soni bilan, eyilishga chidamliligik – bir qiymatda, masalan, 1 mkm 
da o‘lchamda kanal eyilishida qancha mahsulot chiqanligi bilan belgilanadi. 
Kirya asbobini tayyorlashda po‘lat, qattiq qoishmalar va olmosdan 
foydalaniladi. 
Konstruksiyasi bo‘yicha kirya asboblari quymali va yig‘ma xolatida 
bo‘ladi. Yig‘ma kirya asbobalari bir qancha qismlardan shaklanadi va asosan 
shakldor profellarni kiryalash uchun qo‘llaniladi. Yig‘ma kirya asbobalarini 
yutuqlari – universal, yeyilish bardoshli va yeyilgan qismlarni almashtirish 
sodda, 
katta 
o‘lchamdagi mahsulotlar uchun qattiq qotishmalardan 
tayyorlangan, yuqori eyishish bardoshlikni ta’minlash uchun unchalik katta 
bo‘lmagan qismlarda foydalanish imkoniyati yuqori, tayyor profellarni aniqlik 
darajasi va kiryalash tezligi yuqori. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida 


191 
yig‘ma kirya asbobini yuqori chidamligi po‘latdan tayyorlangan quyma kirya 
asbobga solishtirilganda ancha yuqori. 
Undan tashqari bunday asboblar tarkibiga rolikli kirya asbobi ham kiradi. 
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida rolikli kirya asbobi turli maqsadlar 
uchun simni ishlab chiqarishda keng turdagi shakl va o‘lchamlarda qo‘llash, 
bundan tashqari, ular to‘rtburchaklar, trapetsiya va yumaloq profillarni 
kiryalashda ko‘p qo‘llanilmoqda. Rolikli kirya asbobi foydalanishdan kiryalash 
va prokatlash jarayonlarining bir qator afzalliklarini birlashtirish bilan bir 
qancha avzalliklar hosil qilinadi. Zagotovka kirya asbobidan ishlov berilib 
o‘tilganda 55 % gacha deformatsiyalanishi mumkin, kiryalashdagi kuch bu 
holatda quyma kirya asbobiga nisbatan kichik bo‘lsa ham, bunday yutuqga 
quyma kirya asbobini sirpanib ishqalanish sharoitini rolikli kirya asbobini 
dumalab ishqalanishga almashtirish bilan erishilgan.
Rolikli kirya asbobi bir qancha aylanuvchi roliklardan tuzilgan, ular 
oralig‘ida talabdagi kalibr shaklanadi. Bu ishchi uyalardagi kalibr o‘lchamlarini 
rostlash roliklarni o‘q bilan bog‘lanishi amalga oshirladi, sistemaning, ya’ni 
metallni deformatsiya harakatini susaytiruvchi, o‘qlari orasidagi bog‘lanishni 
katta stanlarni ishchi uyalarida yo‘qligi, uning konstruksiyasini yanada 
soddalashtiradi, og‘irgilini kamaytiradi va tashqi o‘lchmini kichraytiradi. 
Rolikli kirya asboblarini yutuqlaridan yana bir shundaki, kuvvat sarfi 
kam, shu quvvatda talab darajadagi tezlikga erishish mumkin, o‘tishlardagi va 
yushatishlar orasidagi siqilish darajasi yuqori, yumshatishlar orasidagi o‘tishlar 
soni qisqartiradi, tan narxi qimmat bo‘lmagan moylash moddalarini qo‘llash 
bilan ham simni fizikaviy xossaini oshirish mumkin. Bu avzallik kam plastikli 
va sirpanuvchan bo‘lgan metall qotishmalar qoplama qilingan asboblarda ancha 
yuqori. 
Rolikli kirya asboblari yordamida har xil shakldor prukt va simlarni, 
masalan, prujinali shaybalar uchun kvadrat kesimni, o‘tkir uchli profellar (tog‘ 
chang‘ilari uchun), temirbeton uchun armatura simlari (6.15-rasm) va boshqalar 
kiryalash mumkin. 


192 
6.15-rasm. Kiryalash uchun rolikli kirya asbobini sxemasi: a – uch qiralli 
profell; b - uch yonli profell: 1 - uch yonli profell, 2 – aylanuvchi disklar; v – 
aylana-yoysimon-aylana tizimidagi aylanasimon profell 
Shu bilan birga rolikli kirya asbobining kamchiliklari ham mavjud, 
masalan, rolikni kerakli o‘lchamga rostalash murakkab, bu esa jarayoni dastlab 
maxsus ko‘rgazmalarda o‘tkazishni talab qiladi va metall chiqindilar miqdorini 
oshishiga sabab bo‘ladi.
Eyilgan roliklar kichik diametrnini shakllanirish uchun qayta silliqlanadi 
va keyingi ish maydoniga qayta o‘rnatiladi. Roliklar X12M markali po‘lat yoki 
VK8, VK15 qattiq qotishmalardan tayyorlanadi. Qattiq qotishmalar 
tayyorlangan asboblar po‘latdan tayyorlangan asbobga nisbatan chidamlikni o‘n 
barobargacha oshiradi. 
Quvurlarni kiryalashda yuqorida keltirilgan tekis profellar uchun 
qo‘llanilgan asboblardan, faqat kanal shakliga o‘zgarishlar kirtilgan xolatda 
foydalaniladi. 


193 

Download 6,57 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish