187
yaroqsiz joyidan va tugalangan joyidan chiqqadigan
metall chiqindi sezilarli
darajada kam.
Biroq barabanga o‘rama bilan kiryalash cho‘zilayotgan mahsulotni bukish
uchun qo‘shimcha kuchlar, ya’ni baraban diametri qancha kichik bo‘lsa va
mahsulot diametri shuncha katta, shu darajadagi katta kuch kerak bo‘ladi.
Undan tashqari shakldor xolatni kiryalashda, asosan yupqa devorli, profell va
yupqa devorli quvurlarni barabanga o‘rash vaqtida cho‘zilgan mahsulot
ko‘ndalang kesimi shaklini buzilish xolati sodir bo‘lishi mumkin.
SHuning
uchun baraban tipidagi stanlar asosan 12
mm gacha bo‘lgan prut va devor
qatlamini minimal qalinligi 3
mm li, diametri 50
mm quvurlarni kiryalash uchun
qo‘llaniladi. Qolgan navli mahsulotlarni kiryalashda to‘g‘ri chiziqli stanlardan
foydalaniladi.
Prut va profellarni to‘g‘ri chiziqli kiryalash uchun zanjirli qiryalash
stanlari, uzluksiz zanjirli kiryalash stanlari va konbinatsiyali kiryalash stanlari
qo‘llaniladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida ko‘p qo‘llanilayotgan stanlardan
biri zanjirli qiryalash stan hisoblanib, yuqor mexanizatsiyalashgan,
ayrim
qismlari to‘liq avtomatlashtirilgan tartibda ishlaydi (6.12-rasm).
6.12-rasm. Simlarni kiryalash uchun zanjirli stan sxemasi: 1 – qabul
qiluvchi moslam; 2 – dastlabki tutgich; 3 – arvachani qaytarish mexanizmi; 4 –
zanjir; 5 – kiryalash aravachasi; 6 – asosiy yuritma
188
Shakldor pofellarni kiryalashni va prutlarni kiryalashdagi texnologik
jarayoni orasidagi farqi, asosan profellarni kiryalash odatda bitta o‘ramda
amalga oshiriladi va suruvchidan foydalanmaydi.
Quvurlarni qiryalash stani quygagi turlarga bo‘linadi:
•
kiryalash uslubiga ko‘ra stanlar siqmaydigan, qisqa metrajli siquvchi,
quvur tarqatish stanlari;
•
faol harakat miqdori bo‘yicha;
•
uzatish tipiga qarab zanjirli stan, gidralik yuritmali stan, yo‘g‘on
arqon
yuritmali stan, barabanli, yarim usluksiz va uzliksiz stanlar.
Siqmaydigan xolatda kiryalashdagi zanjirli stanlar prut va profillarni
kiryalashda ko‘rilgan stanlardan diyarli farq qilmaydi. Qisqa metrajli siqish
xolatida kiryalash uchun stanlarni konstruksiyasida siquvchilarni quvurlarga
kiritish va ularda kirya asbobini quvurlar bilan birga joylashtirish mexanizmlari
ko‘rib chiqilgan.
Siquvchilarni
quvurga
kiritish
uchun
ikkita
variant
mavjud:
moslashtirgichga quvurni kiritish, moslama bilan maxkamlash va moslamani
moslashtirgich bilan quvurga surush.
Zamonaviy
konstruksiyalashtirilgan
zanjir
stanlarida
kiryalash
unumdorligini oshirish uchun quydagilar nazarda tutilgan: ko‘p purutli
kiryalash, yuk tashuvchini
kaytishini mexanizatsiyalash, prutni avtomatik
saqlash va ilgakni avtomatik saqlanib qolishi, prutni standan aravachaga
tushishini mexanizatsiyalashtirish, kirya asbobiga prutni pnevmatik etkazish,
gidravlik yoki mexanik suruvchini mexanizmini qo‘llash, prutni tugalangan
joyidagi qirquvchi o‘tkir tig‘lik darajasini imkon
darajada kamaytirish va
boshqalar.
Masalan, ko‘p prutli kiryalash uchun kirya stanlaridan foydalansh ish
unumdorligini oshirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Bunday
stanlarda bir vaqtda prutlarni cho‘zishni 10 tagacha amalga oshirish mumkin.
Zamonaviy ishlab chiqarishlarda ko‘p prutlarni kiryalovchi kirya asboblarini
gorizontal holatida o‘rnatilgan turlari ko‘p qo‘llanilmoqda.
189
Barabanli stanlar rangli, shu bilan birgalikda qora metalli quvurlarni
kiryalash uchun qo‘llaniladi.
Rangli metalli quvurlarni cho‘zish 80
mm gacha,
po‘latli quvurlarda 40
mm ni tashkil qiladi.
Barabanda o‘ralgan quvurni kesimi yoysimon shaklni tashkil qiladi,
so‘ngra oxirgi pardozlashga o‘tish bilan moslashtirish
agregatlarida amalga
oshiriladi va shu joyda o‘lchash uzunliklariga kesish, bog‘lash va qadoqlash
uchun tahrirlash, o‘lchash ishlari bajariladi.
6.14-rasmda qora va ragli metallarni kiryalash uchun stanni sxematik
ko‘rninishi keltirilgan.
6.14-rasm. Quvurlarni kiryalash uchun barabanli stan sxemasi: 1 –
transporter; 2 – tarqatuvchi; 3, 6, 7, 8 – konveyerlar; 4 – tortiuvchi baraban; 5 –
o‘rash qurilmasi
Stan quydagilardan tuzilgan: xarakatlanuvchi balkali transporter
1,
u g‘altakli quvurni gidroko‘targichka kelishini ta’minlaydi, natijada g‘altak
tarqatuvchiga
2 joylashtiriladi, bu tarqatuvchi doimiy tokda ishlovchi
dvigateldan kuch oladi.
Quvurning turli yo‘nalishlarda egilishiga
imkon berish uchun kalava
pastdan echiladi.
Kiryalashdan dastlab quvurnining old uchiga moy moddasi
surtiladi va harakatlanuvchi moslashtirgichga rostlanadi. SHundan so‘ng
quvurni tugalangan joyi siqiladi, tortuvchi barabanga
4 yo‘naltiriladi va
quvurlarda bir necha o‘rashlar amalga oshiriladi, shu orqali baraban va quvur
orasidagi kerakli ishqalanish momentini ta’minlanadi. Barabandan quvurlar
190
harakatlanuvchi moslashtirish roliklar orqali o‘rash qurilmasiga 5 jo‘natiladi, bu
erda siquvchi qurilma yordamida quvurni tugallangan qismi mahkamlanadi.
Kalavaga o‘rash tugalangach bu tashuvchi aravada konveyerlarda 7
qayta
cho‘zish uchun ajratish joyiga keltiriladi. Bir standa bir vaqtda 8-10 o‘ram
bo‘lishi mumkin.