198
simlarni yuza qismlarida talab darajadagi tozalikni bo‘lishi va geometrik
o‘lchamini aniqlik darajasini yuqori bo‘lishi.
Kuyundidan tozalashni bir qancha usullari qo‘llaniladi: mexanik, kimyoviy,
anodli yoki katodli elektrik yuzalarni tozalash (travlenie), ishqorli-kislotali
konbinatsiyalashgan usul, chatishgan usul, undan tashqari maxsus va
konbinatsiyalashgan usullar.
Qiyin deformatsiyalanadigan bir qancha qotishma va rangli metallar hamda
po‘latli simlar kuyundidan tozalangandan keyin metallni
yuzasida bir yoki bir
qancha qatlamli qoplama qoplash jarayoni o‘tkaziladi. Bu qoplama cho‘ziluvchi
sim va kirya asbob kanalini yuzalari orasida ajratib turuvchi vazifasini bajaradi.
Bu qoplam moy osti deb nomlanadi, kiryalashda qo‘llanishida moyni
mustaxkamlovchi bo‘lib xizmat qiladi. Vallarni sirt qismlari kuyundilardan
tozalangandan keyingi qoplama sifatida fosfatlar, ohak, suyuq shisha va boshqa
modallardan qo‘llaniladi.
Zagotovkalarni plastikligini oshirish uchun kiryalashdan oldin termik
ishlov o‘tkaziladi, ishlov turi zagotovkani materiali asosida tanlab olinadi. Mis,
alyuminiy va boshqa qotishmalar kiryalashdan oldin payvandlanadi, bu jarayon
bitta o‘ramdan boshqa o‘ramga o‘tishda uzluksizlikni ta’mnlanishi
uchun
muhim hisoblanadi.
Metallni ko‘ndalang yuzasi o‘lchamini va shaklini o‘zgartirish uchun ketma
ket bir qancha kirya asboblaridan o‘tkazilib cho‘zilishi
kiryalash yo‘nalishi deb
nomlanadi. Kiryalash yo‘nalishini to‘g‘ri hisoblanishi quydagilarni ta’minlaydi:
tayyor simda talab qilingan geometrik o‘lcham va mexanik xossada bo‘lishini,
kiryalash jarayonini mustahamligi (uzilishga bardoshliligi), barcha kiryalash
jarayonini yuqor ko‘rsatkichlarda bo‘lishini.
Aylanasimon shakldagi simlarni kiryalash yo‘nalishini hisoblashda
quydagilar asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib xizmat qiladi:
•
tayyor simni talabdagi diametrida bo‘lishi, GOST yoki texnik
sharoitlardagi talbalar chiqib ketmasligi;
•
tayyor simda talab qilingan fizik-mexanik xossasini ta’minlashi.
199
Kiryalash yo‘nalishini hisoblash quydagicha o‘tkaziladi:
•
umumiy siqish tanlash;
•
tayyor simda talab qilingan mexanik xossani ta’minlash uchun
zagotovkani dastlabki xossasini va diametrini hisoblash;
•
o‘tishlarni optimal qatorini hisoblash;
•
yakka siqilishda kiryalashni qisqa bo‘lishini tanlash, o‘tishlar
orasida
siqilish qiymatlarining taqsimlanishini o‘rganish, oraliq kirya asboblarini
nominal diametrlarini va mustahkamlikni zahira koeffitsentlarini hisoblash;
•
kiryalash jihozlarini tanlash, bu jihozlar o‘z xususiyalari yordamida
(tugalangan barabani diametri, uzatuvchanlik quvvati va boshqalar)
simlarni
talab darajasidagi diametrda kerakli fizik-mexanik xossasi bilan kiryalashni
ta’minlashi talab qilinadi.