203
faqat bu detallar singari faqatgiga diametrini o‘zgartirish
bilan emas, balki
quvur devor qatlamini qallingilini ham o‘zgartiriladi.
Quvurlarni kiryalash moslashtirish yoki moslashtirishsiz asbobli har xil
konstruksiyasida o‘tkazilishi mumkin. Moslashtirish
asbobini shakliga qarab
kiryalash jarayonini uchta asosiy turga ajratish mumkin:
1.
qisqa mahkamlangan moslashtirigichli;
2.
qisqa o‘zi moslanuvchan moslashtirigichli;
3.
uzunligi bo‘yicha harakatlanuvchi moslashtirigichli.
6.18-rasmda quvurni kiryalash sxemasi keltirilgan. Quvurni kiryalashga
quvurni ajratish va shakldor quvurlarni kiryalash ham kiradi.
6.18-rasm. Quvurni kiryalash sxemasi:
a - qisqa mahkamlangan
moslashtirigichli;
b - qisqa o‘zi moslanuvchan moslashtirigichli;
v - uzunligi
bo‘yicha harakatlanuvchi moslashtirigichli
204
Quvurlarni moslashtirish asbobisiz qiryalash po‘lat,
undan tashqari rangli
metall va qotishmalar uchun qo‘llaniladi. Dastlabki zagotovka sifatida sirt
qismlarga ishlov berilgan va metallni strukutraviy tayyorlangan xolatidangi
choksiz va chokli quvurlarni foydalniladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida prokatlangan
alyuminiy va mis
quvurlarni kiryalashda baraban tipidagi stanlardan foydalanilmoqda, natijada
ishlov berilayotgan quvurni uzunligi kengayadi, kiryalash tezligi va yillik ishlab
chiqarish samardorligi o‘sadi.
O‘zi moslanvchan moslashtiruvchi asbob yordamida
kiryalash jarayoni
(6.18 - rasm,
b) silindrsimon moslashtirgich asbobida kiryalashga o‘xshash
bo‘ladi, shuning uchun bunday moslashtirgich asbobini qo‘llash, gidrodinamik
ta’sir tufayli quvurni tashqi yuzasidagi ishqalanish kuchini kamaytiradi.
Suruluvchi moslashtirgich asbobi uzun silindr ko‘rinishda termik ishlov
berilgan mustahkam po‘lat materialli bo‘ladi (6.18 - rasm,
v). Bunday
moslashtirgich asboblari yordamida quvurlarni tashqi yuzasi bo‘yicha
aniq va
sifatli mahsulotlar olinadi, lekin mahulotni narxi nisbatan qimmatroq bo‘ladi.
Ichki qismini kiryalashda quvur-zagotovkaga qattiq qotishma materialli,
uzunligi tayyor quvurni uzunligidan katta bo‘lgan sterjen botiriladi. So‘ngra
quvurni serjen (moslashtirgich asbobi) orqali kiryalanishda ichki qismda yaxli
prut
hosil
bo‘ladi,
tabiiyki
moslashtirgich
bu
vaqtda
plastik
deformatsiyalanmaydi. Kiryalash jarayoni tugagach
quvurdan moslashtirgich
asbobini olib tashalash uchun qo‘shimcha jarayonlar o‘tkaziladi.
Xarkatlanuvchi silindrik moslashtirgich asbobi yordamida quvurlarni
kiryalashda quydagi avzalliklar mavjud:
•
plastikligi yuqori bo‘lmagan quvurlarga ishlov berish mumkin,
boshqa
usullarda ishlov berilganda uzilish hosil bo‘lishi mumkin;
•
quvurning ichki diametri bo‘yicha aniq o‘lchamlarni ta’minlanishi,
foydalanish imkoniyatini oshiradi;
•
yupqa qalinlikdagi va kichik ichki diametrli quvurlarni olish, ayrim
xollarda kapillyar uchun naychalar olish mumkin.
205
Jarayonni kamchiligi quvurni kiryalashdan so‘ng
moslashtirigich asbobini
chiqarib olishdagi murakkabligi hisoblanadi. Buning uchun turli xil uslublar
qo‘llaniladi, ulardan eng asosiylari – quvurni rolik bilan prokatlash, bu xolatda
quvurni ichki diametrini o‘lchami kengayadi, natijada
moslashtiriish asbobini
yengil chiqishiga imkon tug‘iladi.