Prut (novda) va profellarni kiryalash texnologiyasi
Kiryalash vaqtidagi siqish darajasi prutlarni mexanik xossasini va fizik
xususyatini, undan tashqari yuza qismdagi sifatni ta’minlab beradi. Kam
plastiklik xossasiga ega bo‘lgan qotishmalardan tayyorlangan prutlarni yuqori
darajada siqish natijasida ichki yorilishlar
va yuza qismlarida darz hosil
bo‘lishga olib kelishi mumkin. Kiryalashda kerakli qiymatda siqish jaraynini
bo‘lishi prutlarni yuzalarida talab darajasida bo‘lmagan yuzalarni (shaberlangan
izlar) hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘pgina qotishmalarni plastiklik xossasi prutlarni kiryalashni katta kuch
bilan tortishga imkon beradi. Ammo presslangan yoki prokatlangan
zagotovkalarni o‘lchamini tayyor bo‘lgan prutlarni o‘lchmlariga yaqin bo‘lgan
xolatda olishni imkoniyatlarini mavjudligi, yuqori darajada tortishni jarayonini
qo‘llash zaruriyati hosil qilmaydi, past quvvat talab qiladigan jihozlarda
prutlarni cho‘zishga imkoniyat tug‘iladi.
Siqilish rejimini belgilashda shuni ham hisobga olish kerakki, kiryalashda
quyish va deformatsiyalaniya hodisadagi ichki nuqsonlarni ochilib qolganligini
200
yo‘q qilish uchun shabrovkalab metllarga ishlov berish jarayoni o‘tkaziladi
(yuzadagi g‘adir budurlikni maxsus shaber asbobi bilan qirib olish). Odatda bu
jarayon bir marta ikki yoki to‘rt o‘tishdan so‘ng amalga oshiriladi, bu
o‘tishlarda g‘uralar, yupqa qatlamlar, presslangan yoki prokatlangan kuyundilar
diyarli to‘liq ochiladi.
Qoldiq kuchlanishni yo‘qotish yoki sezilarli darajada kamaytirish prutlarni
kiryalab tayyorlangan zagotovkani zahira mustahkamligini oshiradi. Ishlab
chiqarish korxonalarida qoldiq kuchlanishni olib tashlash uchun bo‘shatish
termik ishlov o‘tkaziladi, lekin bo‘shatish tartibi shunday tanlanishi kerakki,
kuchlanishni olib tashlash natijasida metall va qotishmalarda mexanik xossasiga
ta’sir ko‘rsatmasligi talab qilinadi.
Prutlarni kiryalashdagi o‘tishlar soni simlarni kiryalashga nisbatan ancha
kam, diametri ancha katta bo‘ladi. Bunday holatlarda prutlarni oxirgi
tugallangan vaqtidagi diametriga elastiklik deformatsiyalanish darajasinini
qiymati ta’siri ancha muhim hisoblanadi.
Prutlarni to‘g‘ri chiziqligini ta’minlash uchun, uni kiryalash va termik
ishlov berishda kerakli choralar ko‘rib boriladi. Kirya asboblarini aniq
tayyorlanganligi va ularni to‘g‘ri o‘rnatilganligi natijasida prutlar kiryalanishda
imkon darajada to‘g‘ri (egrilik darajasi minimal darajada) bo‘lgan mahsulotlar
olinadi. O‘qlarni to‘g‘ri o‘rnatilimasligi va kesmi bo‘ylab bir xilda siqish
jarayonini o‘tmasligi prutlarni egri xolatida bo‘lishiga, ya’ni kiryalash
jarayonidan kiyshaygan va egilgan xolatdagi mahsulot olishiga sabab bo‘ladi.
Qiyshayishlik nuqsonini kamaytirish uchun quydagi choralar ko‘riladi:
•
kiryalash maydonni uzunligiga mos kelgan kirya asbobini qo‘llash;
•
harakatlanuvchi kirya asboblarda kiryalashni amalga oshirmoq;
•
kichik siqishlarda prutlarni qayta kiryalash, natijada qoldiq kuchlanish
yanada kamayadi;
•
maxsus moslamga biriktirilgan prutlarni ochiq holatda yumshatishda
qo‘shimcha tirgag tutgichlarni o‘rnatish va boshqalar.
Shakldor profellarni kiryalashni bir qancha texnologik sxemalari mavjud:
201
•
issiq prokatlash - kiryalash;
•
issiq presslash - kiryalash;
•
issiq prokatlash - soviq prokatlash - kiryalash;
•
issiq prokatlash - kiryalash - kiryalash va x.k.
Shakldor profilning kesimi shaklining murakkablik ko‘rsatkichi uning
perimetrining teng kesimli maydonga ega bo‘lgan aylana profilining perimetriga
nisbati deb hisoblanadi.
Bu nisbat qancha katta bo‘lsa, deformatsiyalanishning
notekisligi shuncha yuqori bo‘ladi, kontakt yuzasining turli yo‘nalishlaridagi
qo‘shimcha siljishlar ko‘payadi va kiryalashning zo‘riqishi ortadi. Undan
tashqari, shakldor profellarni kiryalash rejimini jarayoniga zagotovkaning
ko‘ndalang kesimi va profilning oxirgi kesimini shakllari ta’sir ko‘rasatadi.
Kesimlarni sezilarli darajadagi farqlanishi profell materialidagi qoldiq
kuchlanishin oshiradi, natijda profelda darz hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Shakldor profellarni kiryalash uchun presslangan, prokatlangan yoki
aylansimon hamda keng enli kiryalangan uzun bo‘lakli zagotovkalardan
foydalaniladi. Ayrim xollarda, tayyor profilning kesma shakliga yaqin, ammo
katta o‘lchamli kesimli shaklga ega bo‘lgan profilli zagotovkalar ishlatiladi.
Bunday profillar uchun kiryalash texnologiyasining asosi bo‘lib boshlang‘ich
zagotovkani shakli va o‘lchamini hamda oraliq bo‘limlarini tanlash hisoblanadi.
Shakldor
profillarni
kiryalash
uchun
o‘tishlarni
konstruksiyalashda
deformatsiyaning katta qismini ishlatish zarurligini hisobga olgan holda amalga
oshirilishi kerak.
Shu bilan bir vaqtda asta-sekinlik bilan profellarni kesish
qirralarnini aylansimon radiusi kamaytirish zarur hisoblanadi, sababi kiryalash
vaqtida yorilish nuqsoni sodir bo‘lishi mumkin. Yana shuni ham inobatga olish
keraki, profellni yaxshi shaklanishi uchun, kiryalashdan oldingi zagotovkaning
kesimini o‘lchami tayyor mahsulot kesimidan kamida 60-70 % ga katta bo‘lishi
kerak.
Profellarni kiryalash vaqtida metall tez tez yumshatib turilishi kerak.
Legirlangan va murakkab qotishma materiali profellarda har bir o‘tishdan keyin
yumshatish jarayoni o‘tkaziladi.
202
Muntazam ko‘pburchaklar ko‘rinishdagi kesma shaklga ega pofellarni
kiryalashda o‘tishlar tarbini belgilash xuddi aylanasimon profellar singari
saqlanib qolinadi, qo‘shimcha ravishda quydagilarni kirtish mumkin:
- birinchidan, zagotovkani dastlabki kesimini shaklli, xuddi tayyor profell
kesmini shaklidan olinadi (asosan bu profellar kvadrat yoki olti burchakli
shaklda bo‘ladi);
- ikkinchidan, cho‘zish koeffitsienti kiryalashda aylanasimon kesimli
profillarini qo‘llanishiga qarab kamayib boradi;
- uchunchidan, kontaktli ishqalanish kuchini o‘rganish ishqalanish
jarayonidagi koeffitsentni profellni shaklanish koeffitsentga K
f
ko‘paytirish yo‘li
bilan amalga oshiriladi. Profellni ishqalanish koeffitsenti K
f
maxsus uslub bilan
aniqlanadi.
Shakldor profel uchun o‘tishlarini loyihalashda, imkon darajada dastlabki
kesim shakli tayyor profel kesimiga o‘xshash bo‘lgan zagotovkalardan
foydalanish maqsadga movfiqdir.
Bunday holda, o‘tishlari xolati hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi,
barcha oraliq bo‘limlar o‘zaro o‘xshash shakllarga ega bo‘ladi.
Biroq, bunday
yaqin zagotovkalar ko‘pincha faqat presslab olinishi mumkin, shuning uchun
uning uzunligi chegaralangan bo‘ladi.
Uzunligi texnik talabalar yoki GOST da ruxsati bilan muhim o‘lchamda
bo‘lishi talab qilingan (chokli mumkin bo‘lmagan) mahsulotlar uchun
prokatlash yoki quyma va prokatlash birlashtirilgan usulda olingan
zagotovkalardan foydalaniladi.
Buning uchun zagotovka eng sodda shaklda (aylanasimon, kvadrat, to‘g‘ri
burchakli) bo‘lishi kerak va tayyor profilning shakliga asta - sekin yondashish
kerak.
|