0
diametridan 0,02-0,07 mm katta bo‘lgan joyda. Shunga mos ravishda, ikkinchi
kirya asbobini kalibirlash maydonini diametri tayyor mahsulot diametriga D
1
mos keladi. Kiryalashda bosim kirya asboblarini halqali bo‘shliq va sim
oralig‘ida moylash o‘tkaziladi, natijada birinchi va ikkinchi kirya asboblar
173
oraliq bo‘shlig‘ida yopishib kolmaslik oldi olinadi. Bu bo‘shliqlarda bosim
sekinlik bilan ortib boradi, qaysidir vaqtga kelib ikkinchi kirya asbobida
kiryalanishda hosil bo‘lgan radusli kuchlanish bilan qo‘shiladi. Bunday holda,
moylash ikkinchi kirya asbobi kanaliga o‘tadi va ishqalash yuzalarini ajratadi,
suyuq ishqalanishni amalga oshirish uchun etarlicha qalin qatlam hosil qilinadi.
Oddatda moylash moddasi sifatida sovun kukunidan foydalaniladi, sababi
deformatsilanish markazida siqilganda va qisman tutashtirilganda yaxshi
moylash xossalariga ega bo‘ladi.
Suyuq ishqalanish rejimida kiryalashda moylash qatlamida hosil bo‘lgan
ishqalanish kuchlari va kiryalanishdagi kuchlanish minimal darajada bo‘ladi. Bu
natija hisobiga kirya asbobini chidamligi 2-3 martobaga ortadi, deformatsiyalanish
darajasini yumshatish xolatiga etkuncha ancha oshirishga imkon tug‘iladi.
Yakuniy va dastlabki kesimlarning shakli. Kirya asbob kanalning kontakt
yuzasi va deformatsiyalanadigan metall tashqi ishqalanish kuchlari ortishi bilan
kiryalash kuchi va kuchlanishi oshadi.
Agar kesim maydoni bir xil bo‘lsa,
aylanash minimal ko‘rsatkichda bo‘ladi, shuning uchun kiryalash kuchi va
kuchlanishi aylansimon profellarni kiryalashga mos keladi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki yakuniy va dastlabki kesimlarning shakli farqi qanchalik katta bo‘lsa,
kiryalashdagi kuchlanish shunchalik katta bo‘ladi.
Cho‘zilishga qarshlik. Zagotovkani kirya asbobidan chiqish tomonida
cho‘zilishga qarshilik kuch hosil qilish uchun kiryalash kuchiga qarama-qarshi
yo‘nalgan kuchdan Q foydalaniladi. Bu kuch cho‘zilishga qarshilik kuchlanishini
hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi
σ
q
= Q/F
o
(6.7-rasm). Bu esa umumiy xolatda
plastiklik maydonida o‘q yo‘nalishi bo‘yicha cho‘zilishdagi kuchlanishni
oshiradi.
174
Tortilishga qarshlikda hisobiga
faqat elastik yoki kichik elastik
plastik deformatsiyalarga qarshi
kuchlanishdan ta’sir qilishi hosil
bo‘ladi, tortishishga qarshlikga
qarshlik ko‘rsatuvchi
6.7-rasm.
Ch
o‘zilishga qarshilik
bilan kiryalash sxemasi
Metall asosiy plastik maydondan o‘zining dastlabki kesimidan uncha katta
bo‘lmagan holatda kichrayib chiqadi.
Katta bo‘lmagan tortilishga qarshlik kiryalash kuchiga va kuchlanishiga
kam ta’sir ko‘rsatadi, kirya asbobi kanal qatlamlaridagi bosimni kamaytiradi,
undagi moy moddasini bosimini kamaytaradi va kanallarni eyilish darajasini
pasaytiradi. Kiryalashdagi kuch va kuchlanishlar faqatgina, tortilishga
qarshlikni kritik kuchlanish qiymati
σ
qkrit
natijasida tortilishga qarshlik
kuch
ma’lum bir kritik qiymatga Q
krit
erishganda sezilarli darajada o‘sadi. Ma’lumki,
σ
qkrit
plastik maydon va elastik chegarlarni kuchlanishiga tengdir: σ
qkrit
= σ
el
.
Agar σ
q
< σ
qkrit
bo‘lsa, kiryalashda σ
el
hisobiga tortilishga qarshliksiz sodir
bo‘ladigan elastik deformatsiyalarga sarflanadi. Tortilishga qarshlik kuchlanish
qiymati σ
qkrit
etganda elastik deformatsiya jarayoni to‘liq amalga oshadi, plastik
deformatsiyalanish jarayoni boshlanadi. Tortilishga qarshlik kuchini keyingi
ortishi kiryalash kuchini o‘sishiga majbur qiladi, bu kuch faqatgina plastik
deformatsiyalanishni amalga oshirishga emas, balki ortiqcha tortilishga qarama-
qarshi kuchlanishni ham bartaraf etishga sarflanadi.
Shunday qilib, cho‘zilishga qarshlikni Q < Q
krit
deb qabul qilinganda
barcha xolatlar uchun samarali hisoblanadi, masalan, kiryalash kuchi bu xolatda
oshadi, kirya asbob kallarida hosil bo‘ladigan eyilishlar qiymati kamayadi.
Q > Q
krit
bo‘lsa kiryalash kuchi va kuchlanishi ortadi, bu esa o‘tishlar
orasidagi tortilishni kamaytirish va o‘tish sonini oshirish uchun muhim bo‘lgan
zahira koeffitsentini γ
z
kamaytiradi.
175
Tebranish. Kirya asboblarida tebranma harakatni hosil bo‘lishi kiryalash
kuchini kamayishiga sabab bo‘ladi. Ustma-ust tebranishlarni chastotasi past (25-
500 Gs) yoki yuqori (16-80 kGs) oraliqlarda bo‘lsa kiryalash jarayoniga sezilarli
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Past chastotali tebranishlar mexanik yoki gidravlik
yuritmalarda bilan vibratsiyali qurilmalar tomonidan sodir bo‘ladi, ultratovushli
tebranishlarni shaklantirish uchun esa pezoelektrik yoki magnitostrikli
o‘rganuvchilar qo‘llanlidi.
Tebranishlar vaqtida kiryalash kuchi va kuchlanishini kamaytirish
cho‘zilayotgan metall deformatsiyalanishga qarshiligini, undan tashqari sirt
ishqalanish kuchini kamaytirish orqali hosil qilinadi.
Kiryalashdagi kuchlanishining sezilarli kamayishi (70 % gacha) faqat
yuqori chastotali tebranishlarni ustma-ust qo‘yish va nisbatan past tezlikda
kiryalashda (1-2 m/s dan oshmganda) kuzatiladi, umuman olinganda kiryalash
tezligini oshirish metallni deformatsiyalash maydonidan chiqish vaqtini
qisqartiradi, bu esa tebranishlar uchun ketgan energiyani iqtisod qiladi.
Deformatsiyalanishga qarshlikni kamaytirish natijasida kirya asbobi
qatlamlaridagi metallga tushadigan bosimni kamaydi va moy moddasini
deformatsiya maydonidagi ishtiroki kuchayadi, bu esa sir ishqalanishdagi
kuchlanishni kamayishini kuzatishga uchun imkon bo‘ladi. Lekin, moy
moddasin tushishini oshirish faqatgina kiryalash tezligini kirya asbobini
tebranish tezligidan kichik bo‘lgadagina kuzatiladi, bu tezliklarni bir xilda
bo‘lishi ko‘rsatilgan natijani yo‘q bo‘lishiga olib keladi.
Kuchlanishni kamaytirishning yana bir manbai tebranuvchi simning
qisilgan metallga tez-tez zarb ta’siri bo‘lishi mumkin.
Bu harakatni kontakt
yuzalar
yaqinida
joylashgan
mikrozonlardagi
elastiklikning
plastik
deformatsiyalarga
o‘tishi bilan tushuntirish mumkin. Maxkamlangan
moslashtirgich asboblarida quvurlarni kiryalash holatida, kiryalash o‘qi bo‘ylab
yo‘nalagan, faqat simda emas, balki moslashtirgich asbobida ham hosil
bo‘lganda, samarali yig‘ma tebranishlar bo‘ladi.
Xulosa qilinsa, past tezlikda tebranma kiryalashni amalga oshirish
176
natijalari bo‘yicha kisqa mahsulotlarni kiryalab olish uchun maqsadi
hisoblanadi, bunday kiryalanish odatdagi ishlov berish tezligi ko‘rsatilagan
oraliqlardan oshmaydigan zanjirli kiryalash stanida o‘tkazilishi mumkin.
Kiryalashni harorati va tezligi . Kiryalash davrida deformatsiyalanish
maydonida issiqlik ajralib chiqadi, uning bir qismi metallni kesmi bo‘ylab
deyarli bir tekis taqsimlanadi.
Shu bilan birga, kiryalash vaqtida ishqalanish
kuchlarining ta’siri tufayli chiqardigan issiqlik zagotovkaning periferik
qatlamlarini markaziy qatlamlarga nisbatan ko‘proq qizdirishga yordam beradi.
Metallning kontakt yuzasidagi va uning markaziy qatlamlaridagi haroratlarni
farqi kiryalash tezligi qancha yuqori bo‘lsa shuncha katta bo‘ladi.
Kiryalash tezliklari oralig‘ida metallning deformatsiyalanish qarshiligi
deformatsiya tezligiga ko‘p bog‘liq emas, chunki u metallning qotishiga ta’siri
etmaydi.
Biroq, yuqori tezlik bilan kiryalanganda kontaktdagi ishqalanish
sharoitlari sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin, deformatsiya qarshiligini va
tashqi ishqalanish kuchlarini engishga sarflangan mexanik ish esa
deyarli
butunlay asbob va metallni qizdiruvchi issiqlikka aylanishi mumkin.
Metallning harorati oshgan sari uning deformatsiyaga qarshiligi kamayadi,
shuning uchun kiryalash kuchini pasayishi hosil bo‘ladi.
Ammo bir qator
metallar uchun (bir qancha markali po‘latlarda) haroratning oshishi metallning
eskirishi va toblanishiga olib kelishi mumkin, natijada metallni plastikligi
pasayadi, mustahkamligi ortadi, simni eyilishi ortadi va kiryalash kuchi ortadi.
Ba’zi hollarda metallning sirt yuza qatlamlaridagi moy moddasi
oksidlanish haroratigacha qizdiriladi, bu xolat ham deformatsiyalanish
sharoitiga ta’sir ko‘rsatadi.
SHunday qilib, kiryalash vaqtida simni ortiqcha qizdirish kiryalash va
alohida siqilish tezligini pasaytiradi, shuning uchun zamonaviy yuqori tezlikda
kiryalash stanlarda ishlov berishda simning qizishini ham hisobga olish va
ushbu omilni hisobga olgan holda kiryalash texnologiyasini ishlab chiqish
kerak.
|