124
tezliklarining nomutanosibligi bilan belgilanadi (polosaning uchlarining
tezliklari mos keluvchi jo‘valarning aylana tezliklariga teng bo‘ladi). Qamrab
olish yoylarida ishqalanish kuchlarining kattagina zahirasi bo‘lishi
sababli
prokatlash-cho‘zish jarayoni o‘z-o‘zini rostlash xarakterini qabul qiladi.
Prokatlash jarayonining parametrlari (tortilishlar, polosaning mustahkamligi,
qalinligining bir xil emasligi va boshqalar) etarlicha keng oraliqlarda
o‘zgarganda polosaning deformatsiyasi doimiy bo‘lib qoladi va faqatgina
jo‘valarning aylana tezliklarining nisbati bilan belgilanadi. Deformatsiya
o‘chog‘ining yangi strukturasi jarayonning bir qator o‘ziga xos xususiyatlariga
olib keladi, ulardan quyidagilari asosiy bo‘lib hisoblanadi.
1.
Turli parametrlar tebranganda doimiy deformatsiyanii saqlash
uchun jo‘valarni aniq o‘rnatish va qisuvchi vintlarning
holatini rostlash
zaruratining yo‘qligi, chunki polosaning bir xil deformatsiyasiga polosani
deformatsiya o‘chog‘ida turlicha tortish bilan erishish mumkin.
2.
Bosim tebranishlarida, jo‘valar orasidagi oraliq o‘zgarganda
polosaning deformatsiya darajasining doimiyligi, u prokatlash jarayonining
parametrlari keng diapazonda o‘zgarganda faqatgina jo‘valarning aylana
tezliklarining nisbati bilan belgilanadi.
3.
Prokatlashning barqarorligining ortishi.
4.
Polosani moylashga hojat yo‘qligi, chunki deformatsiya o‘chog‘ida
ishqalanish koeffitsientining o‘zgarishi prokatlash bosimiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
5.
An’anaviy prokatlash bilan solishtirganda bosimning kamayishi va
polosa o‘lchamlarining aniqligining ortishi nuqtai-nazaridan
jarayonning
samaradorligining ortishi.
6.
Murakkab va qimmat turadigan ko‘p jo‘vali stanlarni odatdagi
stanlar bilan almashtirish hisobiga prokatlash asbob-uskunalari narxining
pasayishi, chunki metallning jo‘valarga solishtirma bosimi ularning diametriga
bog‘liq bo‘lmaydi.
7.
Qiyin
deformatsiyalanadigan,
shuningdek
deformatsiyalashda
shiddatli mustahkamlanishga moyil bo‘lgan metallar va qotishmalarni
125
deformatsiyalashda samaradorlikning ortishi.
Kiryalash
va
prokatlashni
birlashtirishga
misol
sifatida
quvur
tayyorlanmasini rotatsion kiryalash - prokatlash jarayonini ham ko‘rsatish
mumkin (10.6 rasm), uning yordamida yuritmasiz erkin aylanuvchi jo‘valar
bilan bosim bilan ishlov berish orqali yuritmali, aylanuvchi va bir paytning
o‘zida ilgarilanma opravada harakatlanuvchi
roliklarga silindrik, konussimon
shaklni yoki boshqa aylanuvchi jism shaklini berish mumkin.
4.6 – rasm. Trubali zagatovkalarni prokatlash va kiryalash jarayoning aylanish
sxemasi; a – tortishish bilan; b - tayanch bilan; v, - asbobni ichidan bosim
berish: 1 – opravka; 2 – maxsulotning kirylashdan keying deroning qalinligi; 3
–
tepaga uzatib berish tirgagi; 4 – zagatovka; 5 – roliklar, burchak ostidagi
joylashishi 120º; 6 – opravka; 7 – dastlabki devor; 8 – roliklar; 9 –
deformatsiyalanuvchi stakanning tag qismi; 10 – tayyor quvurning devoir; 11 –
stamina; 12 – aylanuvchi matritsa; 13 – harakatlanuvchi rama; 14 – bosish; 15 –
boshqaruvchi roliklar; 16 – zagatovka; 17 – shakl beruvchi rolik
126
Bu jarayon birinchi marta
Shvetsiyada ishlab chiqilgan, hozirgi kunda
qiyin deformatsiyalanadigan metallardan yuqori aniqlikdagi va yuzaning yuqori
tozaligiga ega bo‘lgan quvursimon buyumlarni ishlab chiqarishda tarqalishga
ega bo‘lmoqda. Rotatsion cho‘zishni aylanuvchan jo‘va orqali cho‘zish
usulining modifikatsiyalaridan biri deb hisoblash mumkin. Xorijdagi ko‘pgin
firmalar tomonidan aylanuvchi sharikli oboyma orqali cho‘zadigan stanlar
qurilgan. Buyumlarni sovuq va isitilgan holatda, tortilish yoki tiralish bilan,
shuningdek uskunaning ichki bosimi bilan deformatsiyalash mumkin (4.6 rasm).
Rotatsion cho‘zish-prokatlashda bir marta o‘tishda
quvur deqorining yuqori
deformatsiya darajasiga erishiladi (kam uglerodli po‘latlar uchun 90% gacha).
Rotatsion cho‘zish-prokatlash stanlari bir nechta deformatsiyalovchi roliklar
bilan vertikal va gorizontal qilib quriladi. AQSH da bosim bilan rotatsion
cho‘zish-prokatlash jarayoni ishlab chiqilgan va stan tayyorlangan (4.6, v rasm),
unda devorlarning 12 mm dan 0,25 mm gacha qalinligida 3 050 mm diametrli va
7 300 mm gcha uzunlikdagi quvursimon detallarni olish mumkin.