partiyali bo‘lganda profilning bir o‘lchamidan boshqasiga tezda o‘tish zarur




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)


partiyali bo‘lganda profilning bir o‘lchamidan boshqasiga tezda o‘tish zarur 
bo‘lganda ularni kam samarali qilib qo‘yadi.
Hozirgi kunda alyuminiy va mis qotishmalaridan unchalik katta 
bo‘lmagan kesimli profillarni olishda an’anaviy texnologiyalar bilan bir 
qatorda, ayniqsa kichik ishlab chiqarishlar uchun konform, ekstrolling, layneks 
uzluksiz presslash va kasteks, kaster uzluksiz quyish, prokatlash, presslash 
texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Bunday ishlab chiqarishlar uchun 
mo‘ljallangan modulli asbob-uskunalar yuqori safarbarlik, bir mahsulot turidan 
boshqasiga o‘tishning qayishqoqligi, shuningdek nisbatan yuqori unumdorlik 
bilan tavsiflanadi. Shu sababli shunday xulosaga kelish mumkinki, bu 
texnologiyalarni takomillashtirish prokatlash, presslash va cho‘zish 
jarayonlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi.


115 
Metallar va qotishmalarga ishlov berishning keyingi vaqtda paydo 
bo‘layotgan yangi jarayonlarining turli - tumanligi ularni tasniflashni talab 
qiladi, bunda asos sifatida prokatlash-presslash-cho‘zish ishlab chiqarishining 
tiplashgan jarayonlarini olish mumkin, chunki ular, masalan, prokatlash-
cho‘zish yoki presslash-cho‘zish kabi oraliq va kombinatsiyalangan 
jarayonlarni shakllantiradi. Ushbu jarayonlarga shuningdek metallar va 
qotishmalarga bir jismning boshqasiga nisbatan ilgarilab ketuvchi harakatiga 
asoslangan faol ishqalanish kuchlarini qo‘llash bilan ishlov berishni ham 
kiritish mumkin. Ularda ishqalanish kuchlarining tormozlovchi ta’siridan faol 
ta’sirga o‘tish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

deformatsiyalanadigan jismdan uning harakat yo‘nalishida ilgarilab 
ketadigan uskuna qo‘llaniladi (jo‘valar, konteyner); 

ko‘ndalang tekislikda faol ishqalanishni rivojlantirish uchun uskuna 
bo‘ylama o‘q atrofida aylantiriladi; 

ilgarilab ketuvchi beriluvchan qobiqlarga joylashtirilgan metall 
deformatsiyalanadi yoki texnologik moylashning ilgarilab ketuvchi 
harakati hosil qilinadi (gidropresslash). 
Metallarni uzluksiz deformatsiyalash uchun faol ishqalanish kuchlaridan 
foydalanishga intilish uzluksiz preslashning yangi uslublarining ishlab 
chiqilishiga olib kelgan. Bunda bunday jarayonlarning turli sxemalarida 
(konform, ekstrolling, layneks) metallarga bosim bilan ishlov berish 
operatsiyalarining – prokatlash, presslash va cho‘zishning kombinatsiyalaridan 
foydalaniladi.
Birlashtirilgan jarayonlarning vaqtda kechishi nuqtai-nazaridan metallar 
va qotishmalarga ishlov berish jarayonlarini diskret (siklik), yarim uzluksiz va 
uzluksiz jarayonlarga ajratish mumkin.
Shuni qayd qilish lozimki, birlashtirilgan jarayonlarga keyingi vaqtlarda 
ularda metallarga bosim bilan ishlov berish operatsiyalari termik ishlov berish 
opearsiyalari bilan bir paytda o‘tkaziladigan jarayonlar ham qo‘shilgan. Misol 
tariqasida termik mustahkamlanadigan alyuminiy profillarni pressning stolida 


116 
toblash jarayoni, patentlash va boshqalarni keltirish mumkin.
Ko‘rib chiqilganidek, prokatlash-presslash-cho‘zish texnologik jarayoni 
ko‘p operatsiyali bo‘lib hisoblanadi va oddiy operatsiyalar jamlanmasidan 
tashkil topadi. Bunda buyumning ko‘ndalang kesimining maydoni qanchalik 
kichik bo‘lsa, shunchalik ko‘p operatsiyalar talab qilinadi. Masalan, an’anaviy 
texnologiya bo‘yicha alyuminiy simni olish uchun 15-20 tagacha 
operatsiyalarni bajarish zarur bo‘ladi, ular odatda vaqtda uzilgan bo‘ladi. 
Shunday qilib, rangli metallar va qotishmalardan buyumlar ishlab chiqarish 
sohasida oddiy va murakkab (integral) ishlov berish jarayonlari ajratiladi.
Oddiy jarayonlar deganda metallning oqishi yoki qo‘yilgan yuklamaning 
yo‘nalishini o‘zgartirmasdan bitta deformatsiya (yoki quyish) o‘chog‘ida 
metallga ishlov berishning bitta siklini o‘z ichiga oladigan jarayonlar 
tushuniladi. Integral jarayonlar bitta deformatsiya o‘chog‘ida bir nechta 
operatsiyalarni yoki metallning ko‘chish yo‘nalishini almashtirish bilan 
operatsiyalar kombinatsiyasini o‘z ichiga oladi. Yangi prokatlash-presslapsh-
cho‘zish jarayonlarini tasniflashning asosiga unga ko‘ra yangi integral jarayon 
oddiy jarayonlarning o‘zaro harakatlari natijasida vujudga kelishi va asosan 
birlashtiriladigan (kombinatsiyalanadigan) operatsiyalarning kamchiliklarini 
istisno qilishi lozim bo‘lgan yangi xususiyatlar majmuasiga ega bo‘lishi lozim 
degan tamoyilni qo‘yish mumkin.
Bunda shunday jarayon bazaviy bo‘lib hisoblanadiki, unda yuklamani 
qo‘yish paytida deformatsi o‘chog‘ining yuzasida (yoki kristallanishda) 
kuchning tashqi taqsimlanishi va yo‘nalishi o‘zgarmasin. Prokatlash-presslash-
cho‘zish ishlab chiqarishi uchun asosiy bazaviy jarayonlar quyish, prokatlash, 
presslash, cho‘zish va termik ishlov berish bo‘lib hisoblanadi. 
Kombinatsiyalangan ishlov berish jarayoni deb (4.1 - rasm) ikkita yoki undan 
ko‘p bazaviy jarayonlarning ularda bitta deformatsiya o‘chog‘iga yuklamaning 
yig‘indi (integral) qo‘yilishi, ba’zan esa metallning oqish yo‘nalishining 
almashishi sodir bo‘ladigan kombinatsiyasiga aytiladi. Kombinatsiyalangan 
jarayonga misol sifatida, masalan, prokatlash-cho‘zishni keltirish mumkin, 


117 
bunda prokatlash polosaning uchini tortish bilan olib boriladi. Bunda 
cho‘zishning kattaligiga bog‘liq ravishda prokatlash-cho‘zish (4.1 a rasm) 
cho‘zish jarayonining solishtirma og‘irligi jo‘valarda siqish jarayonidan ustun 
bo‘lganda cho‘zish-prokatlashga aylanishi mumkin (4.1, b rasm). 
4.1 – rasm. Rangli metallarga ishlov berish sxemasi; a,b – 
kombinatsiyalangan; v,g – birlashtirilgan; d – birlashtirilgan -
kombinatsiyalangan 
Birlashtirilgan jarayon ko‘proq murakkab bo‘lib hisoblanadi va bazaviy 
jarayonlarning vaqtda yoki kenglikda ajralganligi bilan tavsiflanadi. Quyish va 
prokatlash (4.1, v rasm) yoki quyish va presslash ana shunday tiplashgan 
jarayonlar bo‘lib hisoblanadi, bunda tayyorlanma kristallizator yordamida olinadi, 
so‘ngra uzluksiz standa prokatlanadi yoki uzluksiz ekstrudirlashga tortiladi. 
Mazkur holatda metallga ishlov berish jarayonlari ketma-ket quriladi va faqat 


118 
ulardan biri tugagandan keyingina keyingisi boshlanadi. Misol sifatida lentani 
quyish, prokatlash, frezerlash va kuydirish birlashtirilgan jarayonini keltirish 
mumkin. Aynan shu jarayonlarni qo‘llash bilan ishlab chiqarishning tejamkorligi 
va mahsulotning sifatini tubdan oshirish mumkin deb hisoblanadi.
Hozirgi kunda birlashtirilgan-kombinatsiyalangan jarayonlarni yaratish 
tendensiyasi kuzatilmoqda, bunda ishlov berishning har bir ketma-ket 
bosqichida kombinatsiyalangan jarayonni qo‘llash mumkin. Bunday jarayonni 
amalga oshirishga misol unda bitta qurilmada bir paytning o‘zida quyish-
kristallash, prokatlash-presslash, presslangan tayyor buyumlarni sovutish va 
buxtaga o‘rash (4.1, d rasm), tayyor buyumni berilgan diametrga kalibrlash 
operatsiyalari bajariladigan texnik echim bo‘lishi mumkin.
Integral sxemalar tobora murakkablashib bormoqda, ko‘p funksiyali va 
uzluksiz bo‘lib bormoqda, metallarga an’anaviy ishlov berish turlari 
jamlanmasiga esa magnitimpulsli, vibratsion, termomexanik va hokazo ishloov 
berish turlarini qo‘shish mumkin.
Prokatlash-presslash-cho‘zish ishlab chiqarishining integral turlarini 
tasniflashning asosiga [43] ishning mualliflari tomonidan taklif qilingan 
sxemani qabul qilish mumkin (4.2 - rasm). 


119 
4.2 – rasm. Integrallangan jarayoning prokatlash-preslash-kiryalash 
texnologiyasining sxemasi 
Shuni qayd qilish lozimki, ushbu sxemada allaqachon amaliyotda 
qo‘llanilayotgan ishlov berish turlari ham, ko‘proq istiqbolli deb 
hisoblanayotgan ishlov berish turlari ham keltirilgan. Bunda sxema 
jarayonlarning yangi turlari paydo bo‘lishi bilan kengaytirilishi va 
takomillashtirilishi mumkin.
Kombinatsiyalangan ishlov berish jarayonlarining ko‘pgina variantlarini 
amalga oshirish uchun ko‘pincha uning asosiy yutug‘i aylanuvchi jo‘valar 
yordamida uzluksiz deformatsiyalash jarayonini yaratish imkoniyati bo‘lib 
hisoblanadigan prokatlashdan foydalaniladi. Bundan tashqari, metallarga ishlov 
berishning ko‘pgina operatsiyalarida jarayonning kechishiga to‘sqinlik qiluvchi 


120 
va qo‘shimcha energiya sarflarini talab qiluvchi ishqalanish kuchlari 
prokatlashda faol kuchlarga aylanadi va deformatsiyaga ko‘maklashadi. Biroq 
an’anaviy bo‘ylama prokatlash bir marta ishlov berish siklida deformatsiyaning 
bittalik katta darajalarini olish imkonini bermaydi. Shu bilan birgalikda, 
ma’lumki, deformatsiyaning maksimal darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri presslash 
bilan erishish mumkin, biroq bunda jarayon siklik bo‘lib qoladi, kuchlarning 
taxminan uchdan biri esa uskuna bo‘ylab kontakt ishqalanish kuchlarini 
engishga sarflanadi. Bundan har bir jarayonning ijobiy xususiyatlarini – 
prokatlashda uzluksizlik va faol ishqalanish kuchlarini va preslashda metallni 
katta deformatsiya darajasi bilan deformatsiyalash imkoniyatini birlashtirishga 
bo‘lgan qiziqish vujudga keladi.
Cho‘zish operatsiyalari uchun ishqalanishga kattagina yo‘qolishlardan 
tashqari bir marta o‘tishda kichik deformatsiya darajalari ham xarakterli bo‘ladi, 
bu ham xuddi prokatlashdagi kabi ko‘p operatsiyalilikka olib keladi. 
Hozirgi kunda dunyo olimlarining ishlanmalari metallarrga bosim bilan 
ishlov berishning ularda kombinatsiyaga kiradigan har bir jarayonning ijobiy 
sifatlarini imkon qadar birlashtirish mumkin bo‘ladigan kombinatsiyalangan 
usullarini yaratishga yo‘naltirilgan. 

Download 6,57 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partiyali bo‘lganda profilning bir o‘lchamidan boshqasiga tezda o‘tish zarur

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish