Mis va uning qotishmalarini listli prokatlash




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

3.2. Mis va uning qotishmalarini listli prokatlash 
Misdan qaynoq yoyilgan listli prokat ishlab chiqarish texnologik jarayoni 
quyidagi asosiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: quymani qizdirish, qaynoq 
prokatlash, yuzani eritish bilan tozalash, tayyor o‘lchamga qirqish, to‘g‘irlash.
Quymalarni qizdirish o‘tkazma yoki karusel gaz pechlarida 800-850°S 
haroratgacha amalga oshiriladi, qaynoq prokatlash esa 600-650°S haroratda 
tugatiladi, bu metallda qulay struktura va yuqori mexanik struktura 
shakllanishiga ko‘maklashadi. Misni qaynoq prokatlash odatda keng harorat 


109 
intervalida qiyinchiliksiz kechadi, bu 150-200 mm qalinlikdagi quymalarni 
jo‘valarining diametri 800-850 mm bo‘lgan duo reversiv stanlarda 5-7 marta 
o‘tkazish bilan 5,5-6,0 mm qalinlikkacha prokatlash imkonini beradi. 
Polosalarni yuzani eritish bilan tozalash odatda ingichka oqim bilan 
eritadigan maxsus agregatlarda N
28O4 ning 10-16% li eritmasi bilan amalga 
oshiriladi. Eritishdan keyin prokat gilotina qaychilar bilan qirqiladi, 7-9 rolikli 
to‘g‘irlash mashinalarida to‘g‘irlanadi.
Misdan sovuq yoyilgan listlar, polosalar va lentalar ishlab chiqarish 
texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Qaynoq prokatlashdan keyin qaynoq yoyilgan tayyorlanmalarni maxsus 
payvandlash apparatlarida tutashtirib payvandlash amalga oshiriladi, bu 
stanlarning unumdorligi va yaroqli metall chiqishini sezilarli darajada oshirish 
imkonini beradi. Payvandlashdan keyin yuzani eritish bilan tozalash amalga 
oshiriladi, mas’uliyatli buyumlarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan 
tayyorlanmalar esa maxsus agregatlarda ikki tomonlama frezerlashga tortiladi, 
bunda metallning har ikkala tomonidan 0,5 mm qalinlikdagi metall olib 
tashlanadi. So‘ngra tayyorlanma sovuq prokatlash bajariladi, u ishchi 
jo‘valarining diametri 350-500 mm bo‘lgan uzluksiz reversiv stanlarda amalga 
oshiriladi.
Mis yarim fabrikatlarni sovuq prokatlashda bittalik deformatsiyalarning 
ham, yig‘indi deformatsiyalarning ham katta darajalari qo‘llaniladi, bu listlar, 
polosalar va lentalarni oraliq kuydirishlarsiz olish imkonini beradi. Biroq katta 
yig‘indi deformatsiya darajasi bilan prokatlash metallning strukturasi va 
xususiyatlarining anizotropiyasiga olib keladi, u keyinchalik sovuq listli 
shtamplashda pistonlar ko‘rinishida yuzaga chiqadi. SHu sababli prokatlash 
jarayoniga himoyalovchi yoki qayta tiklovchi atmosferaga ega bo‘lgan qarshilik 
pechlarida 650 °S haroratda oraliq kuydirishlar kiritiladi.
Ikkinchi sovuq prokatlashdan keyin yarim fabrikatlarning bir qismi listli 
prokatlash liniyasining sayqal berish operatsiyalariga beriladi, bu erda qirqish, 
to‘g‘irlash, tamg‘a bosish va o‘rash amalga oshiriladi. Yarim fabrikatlarning 


110 
boshqa 
qismi 
lentalarga 
prokatlaydigan 
liniyaning 
sayqal 
berish 
operatsiyalariga kelib tushadi. Shundan keyin ular tayyor lentalarga bo‘ylama 
qirqish liniyasiga kelib tushadi.
Latunlardan listlar, polosalar, lentalar tayyorlash texnologik jarayoni 
quyidagi operatsiyalardan tashkil topadi. YArim uzluksiz quyish uslubi bilan 
olingan quymalar 
1,0-2,0 t og‘irlikdagi bo‘laklarga qirqiladi va metodik yoki 
karusel gaz pechlarda 750 - 800°S haroratgacha qizdiriladi. So‘ngra 
jo‘valarining diametri 800-850 mm bo‘lgan duo stanlarda 5 m/s gacha tezlik 
bilan 5,5-6,0 mm qalinlikkacha qaynoq prokatlash o‘tkaziladi. So‘ngra 
tayyorlanmalar 10 t og‘irlikdagi rulon olinguncha tutashtirib payvandlanadi, 
yuzani eritish bilan tozalashga tortiladi yoki har bir tomondan 0,5-0,7 mm 
qalinlikdagi metallni olib tashlash bilan frezerlanadi. 2,5-4 mm qalinlikkacha 
birinchi sovuq prokatlash jo‘valarining diametri 350-400 mm bo‘lgan kvarto 
kataklarga ega bo‘lgan uzluksiz yoki reversiv stanlarda amalga oshiriladi
so‘ngra konveyerli elektr pechlarida 3-4 soat ushlab turish bilan 600-720°S 
haroratda kuydirish o‘tkaziladi. Xuddi mis yarim fabrikatlarda bo‘lgani kabi 
keyingi sovuq prokatlash listlar va lentalarni olish imkonini beradi. Biroq 
latunlar sovuq deformatsiyalashda tezda mustahkamlanishini (qattiqlashishini) 
hisobga olish bilan prokatlash tez-tez tortuvchi yoki konveyerli pechlarda 
oradiq kuydirishlar bilan almashtirib turiladi. Yuqori rux miqdoriga ega bo‘lgan 
latunlarni himoyalovchi, qayta tiklovchi atmosferada yoki vakuumda kuydirish 
tavsiya qilinmaydi, chunki bunda ruxning kuchli darajada qattiq holatdan 
gazsimon holatga o‘tishi sodir bo‘ladi, bu yaroqsizlikka olib keladi. SHu 
sababli bunday latunlar uchun kuchsiz oksidlantiruvchi atmosfera (oshiqcha 
qizdirilgan suv bug‘i) yoki azotli atmosfera qo‘llaniladi, bunda hosil bo‘ladigan 
oksid plenkasi asosiy metallni ruxning bug‘lanishidan ishonchli himoya qiladi.
Bronzadan lentalar, polosalar va listlarni ishlab chiqarish texnologik 
jarayoni uning markasiga bog‘liq bo‘ladi. Bronzalarni qaynoq va sovuq 
prokatlash latunni prokatlaydigan xuddi o‘sha asbob-uskunalarda amalga 
oshiriladi. Qaynoq prokatlash harorati 750-900°S ni tashkil qiladi. Bronzalarni 


111 
prokatlash metallning tezda qattiqlashishi bilan birgalikda kuzatiladi, shu 
sababli 40-60% yig‘indi deformatsiya to‘plangandan keyin bronzaning 
markasiga bog‘liq ravishda 600-750°S haroratda o‘tkaziladigan kuydirishlar 
talab qilinadi. 

Download 6,57 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mis va uning qotishmalarini listli prokatlash

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish