Po‘lat quvurlarni qaynoq va sovuq prokatlashning o‘ziga xos




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

2.4. Po‘lat quvurlarni qaynoq va sovuq prokatlashning o‘ziga xos 
xususiyatlari 
 
Choksiz metall quvurlarni ishlab chiqarish quvurprokat agregatlari deb 
ataladigan maxsus stanlarda qaynoq prokatlash bilan amalga oshiriladi. 
Quvurlarni prokatlashning bu usuli ikkita asosiy va bir nechta yordamchi 
operatsiyalarni bajarishdan tashkil topadi. Birinchi operatsiya - teshish – 
tayyorlanma yoki quymada bo‘ylama teshikni olish uchun xizmat qiladi. Buning 
natijasida qalin devorli quvur shakllanadi, u gilza deb ataladi. Ikkinchi 
operatsiya - yoyish – teshilgan tayyorlanmani uzaytirish va uning devorining 
qalinligini qariyb 
tayyor quvurda talab qilinadigan o‘lchamlargacha 
kamaytirishdan tashkil topadi. Har ikkila operatsiya bir marta qizdirish bilan 
amalga oshiriladi. Birinchi operatsiya vintli prokatlaydigan teshuvchi stanlarda 
kalta opravada bochkasimon yoki zamburug‘simon jo‘valar orasida bajariladi
ikkinchi operatsiya – har xil turdagi yoyuvchi stanlarda bajariladi. YOyishdan 


75 
keyin quvurlar maxsus kalibrlash stanlarida kalibrlanadi, sovutiladi va 
to‘g‘irlanadi. Quvurning diametrini kichraytirish uchun reduksiyalash 
operatsiyasidan foydalaniladi, u reduksion stanlarda opravasiz bo‘ylama 
prokatlash uslubi bilan amalga oshiriladi. Quvurning diametrini oshirish uchun 
yoyishdan keyin kengaytirish operatsiyasini qo‘llash mumkin, Bu holda 
yoyuvchi stanlardan keyin kengaytiruvchi stanlar o‘rnatiladi.
Teshishni bajarish uchun ko‘ndalang-vintli prokatlashdan foydalaniladi, u 
odatda turlicha tipdagi jo‘valarga ega bo‘lgan ikki jo‘vali stanlarda o‘tkaziladi 
(2.12 - rasm). 
2.12 – rasm. Zagatovkada teshik xosil qilish sxemasi: a - jo‘valari 
bo‘chkasimon stanlarda; b - jo‘valari qo‘ziqorinsimon shakliga ega stanlarda; v 
- jo‘valari chashkasimon shakilga ega stanlarda; g - jo‘valari disksimon 
shakilga ega stanlarda 


76 
Teshish uchun mo‘ljallangan bochkasimon jo‘valarga ega bo‘lgan stanlar 
eng keng tarqalishga ega bo‘lgan (2.12, a rasm). Bu stanlar yordamida 80-270 
mm diametrli tayyorlanmalar va 35 - 600 mm diametrli quymalar teshiladi. 
Bunday stanlarning ishchi kataklarida jo‘valarning o‘qlari vertikal tekislikda 
bir-biriga nisbatan 5 - 17° burchak ostida egilgan bo‘ladi. Jo‘valarning qiyshiq 
joylashuvvi tufayli tayyorlanma prokatlashda bir paytning o‘zida aylanma va 
ilgarilanma 
harakatni 
oladi. 
Shu 
sababli 
tayyorlanmaning 
deformatsiyalanadigan qismining har bir nuqtasi vintli harakatni sodir qiladi, 
uning markazida esa sxemasi bo‘yicha har tomonlama cho‘zishga yaqin 
kuchlanishlar 
vujudga 
keladi. 
Keyingisi 
tayyorlanmaning 
markaziy 
qatlamlarining titilishiga ko‘maklashadi, bu uni konus oprava bilan teshish 
kuchini anchagina kamaytiradi.
Olingan teshilgan gilzalar quvur qilib yoyishga kelib tushadi. Gilzani 
yoyish jarayoni uning devorini uning ichidagi bo‘shliqqa kiritilgan detal bilan 
tashqi jo‘valar orasida prokatlashdan tashkil topadi. Bunda stanlarning tiplari va 
olinadigan quvurlarning o‘lchamlariga bog‘liq ravishda kalta va uzun 
opravalardan foydalaniladi. Yoyishni o‘tkazish uchun to‘rtta tipdagi stanlar 
qo‘llaniladi: avtomatik, uzluksiz, piligrim va uch jo‘vali.
Yoyadigan avtomatik stanni o‘z ichiga oladigan quvurprokat stanlari 
olinadigan quvurlar sortamentining universalligi va yuqori unumdorligi tufayli 
choksiz quvurlar ishlab chiqarish uchun eng keng tarqalgan uskuna bo‘lib 
hisoblanadi. Konstruksiyasi bo‘yicha avtomatik stan noreversiv ikki jo‘vali 
katakka ega bo‘lgan, gilzalarni bo‘ylama prokatlaydigan stan bo‘lib 
hisoblanadi, uning jo‘valari ketma-ket joylashgan dumaloq kalibrlarni hosil 
qiladi. Metallni kalibrga berishdan oldin uzun o‘zakka mahkamlangan oprava 
shunday o‘rnatiladiki, bunda oprava bilan kalibr o‘rtasidagi oraliq 
prokatlanadigan quvurning devorining qalinligiga mos kelsin. Bunda metallni 
deformatsiyalash jo‘valar va oprava o‘rtasida sodir bo‘ladi, bunda devorning 
yupqalashishi bilan birga quvurning tashqi diametrining kichrayishi kuzatiladi.
Gilzani yoyish jarayoni quyidagicha sodir bo‘ladi (2.13 - rasm).


77 
2.13 - rasm. Avtomatlashtirilgan standa quvurlarni prokatlash: a – prokatlash; 
b– quvurning qaytishi; 1 – gilza; 2 – yuqoridagi jo‘va 3 – pastki jo‘va 4 – 
opravka; 5 – tayanch sterjen; 6 – orqaga uzatib beruvchi yuqori jo‘va; 7 – 
orqaga uzatib beruvchi pastki jo‘va; 8 – quvur; 
Jo‘valardan chiqadigan quvurning harakatini yo‘naltirish va tayanch 
o‘zakni bo‘ylama bukilishdan saqlash uchun xizmat qiladigan o‘tkazgichlarga 
kelib tushadi, Har bir o‘tishdan keyin oprava o‘zakdan olinadi va quvur 
qarama-qarshi yo‘nalishda – oldinga qarab aylanadigan orqaga qaytaruvchi 
roliklar yordamida orqaga qaytariladi. Bunda yuqorigi jo‘va kalibrning 
balandligini oshirish bilan ko‘tariladi, orqaga qaytaradigan pastki rolik esa 
quvurni yuqorigi rolikka qisish bilan ko‘tariladi. Har bir o‘tishdan keyin yangi 
oprava o‘rnatiladi, Yuqorigi jo‘va ishchi holatga tushiriladi, quvur esa 90° ga 
kantlanadi va keyingi prokatlash uchun jo‘valarga beriladi. Tasvirlangan 
prokatlash operatsiyasi quvurning talab qilinadigan o‘lchamlari olinguncha 
zaruriy marta takrorlanadi. Biroq quvurning kesimi bo‘ylab devor qalinligining 
notekisligini va uning yuzasidagi g‘adir-budurliklarni yakuniy bartaraf qilish 
odatda agregatning tarkibiga kiradigan obkat stanlarda (rilling-stanlarda
amalga oshiriladi, ularning kataklari konstruksiyasi bo‘yicha teshuvchi 
stanlarning kataklari bilan bir xil bo‘ladi. 


78 
Quvurga diametr bo‘yicha yakuniy o‘lchamlarni berish kalibrlash stanida 
amalga oshiriladi, u birin-ketin joylashgan 5-7 ta duo kataklardan tashkil topadi. 
Kalibrlash stanining kataklari umumiy ramaga shunday o‘rnatiladiki, bunda 
jo‘valarning o‘qlari navbatma-navbat har tomonga gorizont bilan 45° li burchak 
hosil qilsin, qo‘shni kataklarning jo‘valarining o‘qlari orasidagi burchak esa 90° 
ni tashkil qiladi. Shunday qilib, prokatlashda quvur ikkita o‘zaro perpendikulyar 
yo‘nalishda deformatsiyalanadi. Bunda kalibrlash stanining kataklaridagi oval 
kalibrlar oxirgi tozalama qalibrga qarab o‘qlarning nisbati 1 gacha asta-sekin 
kamayishi bilan o‘zgaradi.
Kalibrlash stanidan keyin quvurlar sayqal berish operatsiyalarini bajarish 
uchun to‘g‘irlash staniga beriladi. Agar 57 mm dan kichik (biroq 17 mm dan 
kichik bo‘lmagan) diametrli quvurlarni olish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda 
reduksion standa qo‘shimcha prokatlash amalga oshiriladi, u 9-26 ta ketma-ket 
o‘rnatilgan uzluksiz kataklarni o‘z ichiga oladi. Bunday stanning kataklarining 
jo‘valarining o‘qlari bir-biriga nisbatan perpendikulyar va gorizontga nisbatan 
45° burchak ostida joylashgan. Reduksiyalashda prokatlash opravasiz olib 
boriladi, quvurning diametri esa 10-60% ga kichrayadi. 
Piligrim stanlarda prokatlash bilan 48-665 mm diametrli va devorining 
qalinligi 2,25-50 mm bo‘lgan choksiz quvurlar olinadi. Bu usul keng tarqalgan, 
bu stanlarda dumaloq kesimli quvurlardan tashqari boshqa – kvadrat, olti 
qirrali, bosqichli va hokazo kesimli quvurlar ham olinadi.


79 
2.14 - rasm. Piligrimli stanning jo‘vasi. 
Piligrim standa prokatlash uchun boshlang‘ich tayyorlanma o‘zida uch 
jo‘vali teshadigan standa olingan quvur-stakanni taqdim qiladi. Ko‘pincha bu 
teshish usuli pressda teshish bilan almashtiriladi, bu ko‘proq sifatli 
tayyorlanmani olish imkonini beradi. So‘ngra devorining qalinligi quvurning 
diametridan 25% atrofidani tashkil qiladigan tayyorlanmaga dorn deb ataluvchi 
detal kiritiladi, unda o‘zgaruvchan profilli kalibrga ega bo‘lgan piligrim 
katakning jo‘valari orasida quvurni yoyish amalga oshiriladi. Piligrim stanning 
jo‘vasi (2.14 - rasm) aylana bo‘ylab o‘zgaruvchan kenglikka va balandlikka 
ega bo‘lgan jilg‘aga ega, u ikkita qismgi – erkin va ishchi qismga bo‘linadi. 
Erkin qismda kalibrning diametri prokatlanadigan gilzaning diametridan katta 
bo‘ladi, ishchi qism esa ishchi va yaltiratadigan uchastkalarga bo‘linadi.


80 
2.15 – Piligrimli prokatlash jarayoning sxemasi: 
1 – dorn; 2 – jo‘valar; 3 – uzatuvchi mexanizm 
2.16 – rasm. Uch jo‘vali cho‘zuvchi ishchi kletining konstruksion sxemasi: 
1 – staninaning pastki qismi; 2 – ishchi jo‘valar; 3 – kiritish simi; 4 – yostiqlar; 
5 – staninaning yuqori qismi; 6 – bosuvchi vintlar; 7 – chiqaruvchi provodka 
Stan quyidagicha ishlaydi (2.16 - rasm). Jo‘valar aylanganda kalibrning 
o‘lchamlari o‘zgaradi, shu sababli ikkala jo‘vaning erkin qismlari mos kelgan 
momentda gilza bilan dorn oldinga jo‘valarga qarab itariladi. So‘ngra 
quvurning shu uchastkasi prokatlanadi. Bunda quvur teskari yo‘nalishda 
harakatlanadi, ya’ni jo‘valarning aylanish yo‘nalishi bilan mos tushadi. Bunda 


81 
jo‘valarning ishchi uchastkasi tayyorlanmani diametr va devorning qalinligi 
bo‘ylab siqadi, yaltiratadigan uchastka esa quvurning diametri va devorining 
qalinligining tekislanishini ta’minlaydi.
Bunday prokatlashda cho‘zish koeffitsienti 10-14 gacha etadi. 
Jo‘valarning keyingi burilishida tayyorlanmani deformatsiya o‘chog‘iga 
takroriy berish amalga oshiriladi, bu operatsiyaga quvurni 90° ga kantlash 
hamrohlik qiladi. Shu tariqa gilza jo‘valarga beriladi va alohida uchastkalar 
bilan yoyishga tortiladi, bu uchastkalarning uzunligi berish kattaligiga teng 
bo‘ladi. Quvurning faqatgina dornni ushlab turgichning atrofida joylashgan va 
piligrim golovkasi deb ataluvchi qismigina prokatlanmasdan qoladi. 
Prokatlashdan keyin dorn sovutish uchun quvurdan chiqarib olinadi, beruvchi 
mexanizmga esa yangi dorn qo‘yiladi. So‘ngra olingan quvurlar odatda 
kalibrlash va reduksion stanlarda prokatlashga tortiladi.
Uch jo‘vali kataklarga ega bo‘lgan stanlarda prokatlash bilan 34-200 mm 
diametrli va devorining qalinligi 10-50 mm va undan oshiq bo‘lgan quvurlar 
olinadi. Bunday stanning katagida jo‘valar teng tomonli uchburchakning 
cho‘qqilariga mos ravishda joylashadi (4.25 rasm). Jo‘valarning o‘qlari 
prokatlash o‘qiga nisbatan 7-10° li burchak ostida joylashgan va har bir jo‘va 
stanina oralig‘ining simmetriya tekisligiga nisbatan qiyshiq qilib o‘rnatiladi, Bu 
jo‘va o‘qlarining kesishish burchagi hosil bo‘lishini chaqiradi (berish burchagi), 
u odatda 04,5-7,5° ni tashkil qiladi. Shu burchak tufayli prokatlash kuchining 
o‘q tarkib toptiruvchisi paydo bo‘ladi, u quvurga prokatlash yo‘nalishida 
ilgarilanma harakatni beradi.
Quvurni yoyish texnologik jarayoni quyidagidan iborat. Teshadigan 
standan keyin qizdirilgan gilza uch jo‘vali yoyadigan stanga beriladi. Bu erda 
unga oldindan moylangan oprava kiritiladi. Yoyishdan keyin oprava quvurdan 
chiqarib olinadi. So‘ngra quvurlar ko‘ndalang-vintli prokatlaydigan uch jo‘vali 
kalibrlash stanida kalibrlanadi. Agar quvurning diametrini kichraytirish 
(reduksiyalash) talab qilinsa, u holda bu operatsiya kalibrlashdan oldin 
reduksion standa bajariladi. Yakunda turli texnologik zanjirlar bo‘yicha 


82 
olinadigan quvurlar odatda sayqal berishga tortiladi, unga quyidagilar kiradi: 
uchlarni qirqish, to‘g‘irlash, termik ishlov berish, bo‘yash yoki boshqa 
aksilkorrozion materiallar bilan qoplash va boshqalar. Sanab o‘ilgan 
operatsiyalarni bajarish uchun quvurprokat sexlariga tegishli asbob-uskunalar 
o‘rnatiladi.

Download 6,57 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Po‘lat quvurlarni qaynoq va sovuq prokatlashning o‘ziga xos

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish