O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

Polosa kalibr (2.7, e rasm) shakli bo‘yicha to‘g‘ri to‘rtburchakdan 
trapetsiyagacha o‘zgarishi mumkin va po‘lat polosalarni prokatlashda qoralama 
yoki tozalama kalibr sifatida qo‘llaniladi.
Qovurg‘a kalibr (2.7, j rasm) katta o‘lchamli jo‘valarda o‘yish bilan hosil 
qilinadi va xususan, polosali po‘latni prokatlashda yoyilmaning kengligini 
rostlash uchun qo‘llaniladi. Tozalamadan oldingi qovurg‘a kalibr shuningdek 
prokatning chekkalarini ham shakllantiradi. 
Olti qirrali kalibr (2.7, z rasm) jo‘valarga katta diagonal bo‘yicha o‘yilgan 
olti qirrali kontur shakliga ega. Olti qirrali kalibr olti qirrali po‘latni 
prokatlashda tozalama kalibr sifatida va o‘tishlar bo‘ylab bir tekis va unchalik 
katta bo‘lmaan siqish talab qilinadigan olti qirrali burg‘ulash po‘latini 
prokatlashda qoralama kalibr sifatida qo‘llaniladi.


61 
Ko‘p qirrali kalibr (2.7, i rasm) katta diametrli dumaloq po‘latni 
prokatlashda tozalamadan oldingi kalibr sifatida qo‘llaniladi.
To‘sin kalibr (2.7, k, l rasm) qoralama va tozalama dvutavr (qo‘shtavr) 
profillarni prokatlash uchun mo‘ljallangan. To‘sin kalibrlar to‘g‘ri (yopiq va 
ochiq), egilgan va universal bo‘ladi.
Ugolnik kalibr (2.7, m, n rasm) burchakli po‘latni prokatlashda qoralama 
kalibr yoki tozalamadan oldingi kalibr sifatida xizmat qiladi.
Konstruksiyasi bo‘yicha kalibrlar ochiq, yarim yopiq va yopiq kalibrlarga 
bo‘linadi (2.8 rasm). 
2.8 – rasm. Ochiq va yopiq kalibrlar sxemasi: a – oval ; b – aylana; v – 
daslabgi burchak; g – rombsimon; d – kvadrat; e – ajraluvchi qismi yuqorida 
joylashgan burchakli kalibr; j - ajraluvchi qismi pastda joylashgan burchakli 
kalibr; z – balkali kalibr
Ochiq kalibr (2.8, a-d rasm) o‘zining konturi doirasida ajralish chizig‘iga 
ega. 
Yarim yopiq kalibr – bu ajralmasi yon devorda jilg‘aning cho‘qqisi 
yaqinida joylashgan fasonli kalibr bo‘lib, undan shvellerlar, dvutavrlar va 
boshqa profillarni prokatlashda nazorat kalibri sifatida foydalaniladi.
Yopiq kalibr (2.8, d-z rasm) deb unda jo‘valarning ajralish chizig‘i uning 
konturining chegaralaraidan tashqarida joylashgan kalibrga aytiladi.


62 
Mo‘ljallanishi bo‘yicha kalibrlar siquvchi, cho‘zuvchi, qoralama, 
tozalamadan oldingi, tozalama va nazorat kalibrlariga bo‘linadi.
Siquvchi kalibr – yoyilmaning ko‘ndalang kesimini kamaytirish va sortli 
stanlar uchun tayyorlanmalarni olish uchun mo‘ljallangan.
Qoralama kalibr – tayyorlanma yoki yoyilmaning kesimini tayyor 
profilning konfiguratsiyasiga yaqinlashtirish uchun xizmat qiladi. 
Tozalamadan oldingi kalibrdan polosaning kesimini toza profilning 
kesimiga maksimal yaqinlashtirish uchun foydalaniladi va tozalama kalibrning 
shakliga mos keladigan shaklga ega bo‘ladi.
Tozalama kalibr yoyilmaga oxirgi profilni berish, ya’ni ko‘ndalang 
kesimning oxirgi o‘lchamlariga ega bo‘lgan prokatni tayyorlash uchun xizmat 
qiladi.
Agar kalibrni bir nechta jo‘valar hosil qilsa, u holda ko‘p jo‘vali kalibrlar 
bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
 
Ko‘p jo‘vali kalibr – o‘qlari bitta tekislikda yotadigan uchta yoki undan 
ko‘p jo‘valar bilan hosil qilinadi. Ko‘p jo‘vali kalibrda metall asosan har 
tomonlama siqish bilan balandlik-ko‘ndalang yo‘nalishda siqiladi, bu kam 
plastik materiallarni deformatsiyalash imkonini beradi. Bu tipdagi kalibrlar 
profillarning o‘lchamlarining yuqori aniqligini ta’minlaydi, shu sababli ular 
po‘lat va rangli metallarni prokatlash uchun mo‘ljallangan kichik sortli va simli 
stanlarning tozalama kataklarida keng qo‘llaniladi.
Cho‘zuvchi kalibr – kesimni kichraytirish va yoyilmani cho‘zish uchun 
xizmat qiladi. Bir qator hollarda bunday kalibrda yoyilmaga ularda profilning 
shakllanishi boshlanadigan o‘lchamlar beriladi.
Cho‘zuvchi kalibrlar tizimi nisbatan katta cho‘zishlar uchun xizmat 
qiladi. Bu tizimlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: to‘g‘ri to‘rtburchak - kvadrat 
(yaщik kalibrlar); romb - kvadrat; romb - romb; oval - kvadrat; oltiburchak- 
kvadrat; oval - vertikal oval (qovurg‘a oval); oval - aylana; oval - strelkali 
kvadrat. 
Prokat ishlab chiqarishda profilni kalibrlash va prokat jo‘valarini 


63 
kalibrlash ajratiladi. Profil deganda prokatlanadigan metallning ko‘ndalang 
kesimining shakli tushuniladi. Profillar tayyor va oraliq profillarga bo‘linadi. 
Oraliq profillar – bu yoyilmalarning tayyorlanmalarni tayyor profilgacha 
prokatlash jarayonida olinadigan ko‘ndalang kesimlaridir.
Profilni kalibrlash – bu prokatlanadigan tayyorlanmaning oraliq 
kesimlarining boshlang‘ich tayyorlanmadan boshlab to tayyor profilgacha 
bo‘lgan ketma-ket qatorining shakli va o‘lchamlarini aniqlash uslubidir. Bu 
protsedura har bir o‘tishda siqish rejimlarini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
2.9 - rasm. Temir yo‘l relslarini kalibirlash: 1-9 prokatlashdagi o‘tishlar nomeri 
2.9 rasmda temir yo‘l relslarini prokatlashda profilning ko‘ndalang 
kesimining shaklining o‘zgarishi ko‘rsatilgan.
Prokat jo‘valarini kalibrlash deb jo‘valarning bochkasida kalibrlarning 
joylashish tartibi va ketma-ketligini atash qabul qilingan. Bu erda ham 
kalibrlarning soni va ularning jo‘valar bochkasining uzunligi bo‘ylab 
joylashishini aniqlashning o‘z uslubiyati bor, bunda burtlarning o‘lchamlarini 
asoslash va burtlarning ishlanishi hisobga olinadi.


64 
2.10 - rasm. Temir yo‘l releslari uchun uchta valli kletda kalibirlash 
2.10 - rasmda temir yo‘l relslarini prokatlash uchun qo‘llaniladigan 
prokat jo‘valarini kalibrlash keltirilgan, bunday kalibrlashdan uskuna sifatida 
uch jo‘vali trio sortli prokat stanidan foydalanilgan hollarda foydalaniladi. 
To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli tayyorlanmadan relslar ishlab chiqarish 
texnologik sxemasi tayyorlanmani qizdirish, relsto‘sinli standa 9-11 marta 
o‘tkazish bilan prokatlashni o‘z ichiga oladi, shulardan 3-4 marta o‘tkazish tavr 
kalibrlarda bajariladi, keyingi 5-7 marta o‘tishlar uchun rels kalibrlar 
qo‘llaniladi. Bunda birinchi tavr kalibrlarda tayyorlanmani podoshva (osti) 
bo‘yicha qirqish va keyinchalik yoyish amalga oshiriladi, oxirgi tavr kalibrda 
esa relsning podoshvasi olinadi va rels kalibrda prokatlash uchun qoralama 
profil olinadi. Profilni yakuniy shakllantirish rels kalibrda amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda sortli prokat elektr yoyli pechlarda eritiladigan po‘latdan 
ishlab chiqariladigan texnologiya eng samarali deb hisoblanadi. Metallning 
yuqori sifatiga suyuq po‘latga kovshli (cho‘michli) ishlov berish, vakuumli 
degazlashtirish, chuqur rafinirlash (tozalash) po‘latga lomdan tushadigan 


65 
aralashmalar miqdorini chegaralash uslublari bilan erishiladi. YAngi stanlarda 
prokatlash uchun boshlang‘ich material amalda har doim dumaloq yoki kvadrat 
kesimli uzluksiz quyilgan tayyorlanma bo‘ladi, uning diametri yoki 
kvadratining tomoni 120-260 mm ni tashkil qiladi. Bunday tayyorlanmani 
quyishga oqimni neytral gaz bilan oksidlanishdan himoyalash va metallni 
kristallizatorda shiddat bilan elektromagnitik aralashtirish hamrohlik qiladi. 
Bundan tashqari, bu texnologiyada metallni quyish va kristallash tezligi va 
harorati optimallashtiriladi.

Download 6,57 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish