Po‘lat prokat ishlab chiqarishning umumiy tavsifi




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

2.2. Po‘lat prokat ishlab chiqarishning umumiy tavsifi 
 
Po‘lat prokat ishlab chiqarish odatda to‘liq metallurgik sikllarga ega 
bo‘lgan zavodlar tarkibiga kiradi va eng yirik uchastka bo‘lib hisoblanadi, 
chunki sexlarning maydoni va ishlovchilar soni asbob-uskunalarning soni va 
qiymati hamda boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha prokat sexlari butun 
metallurgiya zavodining yarmidan ko‘pini egallaydi va zavod ko‘radigan 
foydaning asosiy qismini shakllantiradi. SHu sababli kapital qo‘yilmalarning 
katta qismi shu joyga qilinadi, texnologiyalar sohasida ham, asbob-uskunalar va 
jihozlar sohasida ham zamonaviy ishlanmalarni joriy qilishga kattagina 
mablag‘lar sarflanadi.
O‘ta turli-tuman prokat mahsulotlari orasida yassi va sortli prokat asosiy 
mahsulot turlari bo‘lib hisoblanadi. Po‘latdan yassi va sortli prokat olishning 
umumiy sxemasi 2.5 - rasmda keltirilgan. 


53 
2.5 - rasm. Po‘latlardan listli va navli prokatlarni ishlab chiqarishni texnologik 
sxemasi 
Sortli prokat uchun mo‘ljallangan tayyorlanma blyum deb, listli prokat 
uchun mo‘ljallangan tayyorlanma esa – slyab deb ataladi 
Blyum – bu yirik quymalarni (25 t gacha) blyuminglarda prokatlash bilan 
olinadigan, tomonining uzunligi 140 mm dan 450 mm gacha bo‘lgan kvadrat 
kesimli 6-10 m uzunlikdagi qoralama tayyorlanmadir.
Blyumlarni tayyorlash uchun ikkita texnologiyadan foydalaniladi. 
Birinchisi 7 t dan 13 t gacha og‘irlikdagi uglerodli po‘lat quymalar uchun 
qo‘llaniladi. Legirlangan va yuqori legirlangan po‘latlarda quymaning og‘irligi 


54 
anchagina kam bo‘ladi va prokatlashni ugderodli po‘latlar uchun bo‘lgani kabi 
blyumingda emas, birdaniga tayyorlanmali standa olib borish mumkin. Ikkinchi 
texnologiyada tayyorlanmalarni uzluksiz quyadigan mashinalardan (TUQM) 
foydalaniladi, bu mashinalarda tayyorlanma talab qilinadigan kesimli 
kristallizatordan uzluksiz chiqadi, so‘ngra kerakli o‘lchamdagi quyilgan 
blyumlarga qirqiladi.
Ikkinchi texnologiya bo‘yicha olingan quyilgan blyumlar arzonroqqa 
tushadi, biroq nometall aralashmalarni o‘z ichiga oladi, bu aralashmalar 
“yo‘lak” deb nom olgan nuqsonlar ko‘rinishida yoyiladi. Bu nuqsonlar tayyor 
prokatda yo‘qolib ketmaydi, uning xususiyatlarini pasaytiradi. Suyuq metallni 
quyishdan oldin tozalash jarayonning qimmatlashishiga olib keladi. Bundan 
tashqari, quyilgan blyumning ko‘ndalang kesim maydoni, ayniqsa boshlang‘ich 
kesimlar kichik bo‘lganda quyilgan strukturaga sifatli ishlov berishni 
ta’minlamaydi, bu tayyor prokatning xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Quymalarni prokatlash bilan olinadigan blyumlar qimmatroq, biroq 
xususiyatlari 
quyilgan 
blyumlarga 
qaraganda 
yuqori, 
chunki 
ularda 
aralashmalar quymaning bir qismida konsentratsiyalanadi, blyumingda 
prokatlashda bu qism qirqib olib tashlanadi.
Keyingi yillarda suyuq metallni tozalash bo‘yicha yangi texnologiyalar, 
shuningdek radial, ayniqsa gorizontal tipdagi TUQM larning qo‘llanilishi 
quyilgan blyumlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirmoqda. Buning 
tasdig‘i shu bo‘lib hisoblanadiki, ko‘pgina mamlakatlarda sortli prokatning 
asosiy qismi allaqachon quyilgan tayyorlanmalardan ishlab chiqarilmoqda. 
Listli prokatlash uchun mo‘ljallangan tayyorlanma - slyab 150-300 mm 
qalinlikdagi to‘g‘ri burchakli kesimga, 1 000 - 2 000 mm kenglikka va 18 m 
gacha uzunlikka ega. Slyabning og‘irligi 5 t dan 40 t gacha bo‘ladi. Bunda 
slyabning ko‘ndalang kesimining kengligining uning balandligiga nisbati 3 dan 
12 gachani tashkil qiladi. Slyablar quyilgan yoki yoyilgan bo‘lishi mumkin, ular 
blyumlar ega bo‘lgan xuddi o‘sha yutuqlar va kamchiliklarga ega. Bugungi 
kunda slyablar list ishlab chiqarish uchun asosiy yarim fabrikat bo‘lib 


55 
hisoblanadi. Shuningdek faqatgina yirik slblarni emas, minizavodlarda listlarni 
prokatlash uchun mo‘ljallangan 50 mm atrofida qalinlikdagi yupqa slyablarni 
quyish tendensiyasi ham kuzatilmoqda.
Po‘lat prokat ishlab chiqarish (2.5 - rasmga qaralsin) shartli ravishda 
ikkita bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqichda blyum yoki slyab olinadi. 
Blyumlar va slyablarni ishlab chiqarish quyidagidan tashkil topadi. 
Quymalar po‘latni eritish sexidan siqish sexiga kelib tushadi, so‘ngra ular talab 
qilinadigan haroratgacha qizdirish va quymaning kesimi bo‘ylab haroratni 
tenglashtirish uchun qizdirish quduqlariga joylashtiriladi. So‘ngra qizdirilgan 
quymalar kran bilan prokat stanining rolgangiga beriladi va reversiv rejimda 
ishlaydigan blyuming yoki slyabingning ishchi katagida bir necha marta 
o‘tkazish bilan prokatlashga tortiladi. Qoidaga ko‘ra, bir paytning o‘zida ikkita 
quyma prokatlanadi.
Blyumlar yoki slyablar prokatlashdan keyin olov bilan tozalaydigan 
mashinaga 
uzatiladi, 
bu 
mashinalarda 
gaz 
gorelkalari 
yordamida 
tayyorlanmaning yuza qatlami yuzadagi yoriqlar bilan birgalikda kuydiriladi.
Keyingi operatsiya prokatni press-qaychilarda qirqish bo‘lib hisoblanadi, 
bunda quymaning bosh qismi va tagi qirqib olinadi, qolgan qismi (quymaning 
tanasi) 700 mm dan oshiq bo‘lmagan uzunlikdagi bo‘laklarga qirqiladi va 
uzluksiz-tayyorlanmali standa prokatlashga tortiladi. Prokatlangandan keyin 
blyumlar (slyablar) o‘lchovli uzunliklarga ajratiladi, stellajlarga uzatiladi, 
so‘ngra sovutishga yuboriladi, sovutish rejimi po‘latning markasiga bog‘liq 
bo‘ladi.
Blyumlar va slyablarni prokatlash bir necha marta o‘tishlar bilan amalga 
oshiriladi, o‘tishlarning soni boshlang‘ich quymaning o‘lchamlari va blyumning 
(slyabning) oxirgi o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Odatda quyma blyumning 
berilgan o‘lchamlarigacha 11-15 marta o‘tish bilan prokatlanadi. Blyumingda 
prokatlashda polosani (yoyilmani) kalibrdan kalibrga o‘tishlar orasida 
jo‘valarning o‘qi bo‘ylab siljitishga to‘g‘ri keladi. 
Zamonaviy blyumingning ishlashi to‘liq avtomatlashtirilgan. Qisadigan 


56 
qurilmani boshqarishning avtomatlashganligi yuqorigi jo‘vaning quymaning 
o‘tishlar bo‘yicha berilgan siqish rejimlariga muvofiq aniq siljishini 
ta’minlaydi. Blyumingning bosh dvigatelining avtomatlashganligi jo‘valarni 
reverslashni ta’minlaydi, metall jo‘valar bilan qamrab olingandan keyin 
dvigatelning aylanish tezligini oshiradi va polosani qamrab olish paytida 
jo‘valar sirg‘alganda aylanish tezligini kamaytiradi, shuningdek metallning 
jo‘valardan chiqish tezligi ham boshqariladi.
Faqatgina slyablarni prokatlash uchun mo‘ljallangan slyabinglar 
blyuminglarga qaraganda kamroq tarqalishga ega, chunki metallurgiya 
zavodlarida prokatning odatdagi sortamenti uchun boshlang‘ich yarim mahsulot 
sifatida blyumlar ham, slyablar ham talab qilinadi. 

Download 6,57 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Po‘lat prokat ishlab chiqarishning umumiy tavsifi

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish