Asosiy qism
Magistral gaz quvurlarining belgilanishi (mo‘ljallanishi), tarkibi va tasnifi (klassifikatsiyasi)
Qazib olingan gaz konlaridan boshlang‘ich kompressor stansiyalar orqali tarmoqli magistral quvurlar yordamida uzoq masofaga tashishda oxirgi magistral nuqtasining ishlab chiqarish joylariga va iste’mol qilish joylariga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan yuqori bosimli quvurlar mo‘ljallangan tarmoqli shoxobchalar. Siqilgan uglevodorod gazlarini (propan, butan va ularning aralashmalarini) 45°C haroratda to‘yingan bug‘larining qayishqoqligi 1,6 MPa dan ortiq bo‘lmagan boshqa siqilgan uglevodorodlarni tashish uchun mo‘ljallangan magistral quvurlar tarmoqlariga ularni ishlab chiqarish joylaridan (tabiiy va sun’iy uglevodorod gazlarini siqish zavodlaridan) iste’mol qilish joylarigacha (qabul qilish va uzatish bazalari, gaz quyish bekatlari, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, portlar, gaz tarqatish stansiyalari, jo‘natish bazalari) bo‘lgan quvurlar tarmoqlari va shoxchalanishlari kiradi. Magistral gaz quvur tarmoqlariga quyidagi obyektlar kiradi (1.1-rasm): gaz qazib olish joyida gaz yer qatlami bosimining ta’siri ostida quduqlardan yig‘uvchi individual gaz quvurlari bo‘ylab gaz to‘plash punktlariga keladi, bu yerda u birinchi marta o‘lchanadi va zarur bo‘lgan hollarda redutsiyalanadi. Gaz to‘plash punktlaridan gaz qazib olish va gaz to‘plash kollektoriga, u bo‘ylab esa bosh inshootga – gazni majmuaviy tayyorlash qurilmasiga (рус. УКПГ) yo‘naltiriladi, bu yerda gaz tozalanadi, suvsizlantiriladi, ikkinchi marta o‘lchanadi va tovar konditsiyasi holatiga keltiriladi. Bosh kompressor stansiyasida gaz gaz maydalash agregatlari bilan nominal ishchi bosimigacha (7,5 MPa) siqiladi, so‘ngra esa magistral gaz quvurlari tarmog‘ining chiziqli qismiga keladi. Gaz quvurlari tarmog‘ining chiziqli qismiga chiziqli armatura bilan magistral quvurlar tarmog‘ining o‘zi, tabiiy va sun’iy to‘siqlardan o‘tish joylari, texnologik aloqa va elektr uzatish liniyalari, trassa bo‘ylab o‘tgan va trassaga keluvchi yo‘llar, himoyalash inshootlari, oraliq iste’molchilarga ajralish shoxobchalari, suv va kondensat to‘plagichlar, elektrokimyoviy himoyalash tizimi kiradi. Magistral gaz quvurlari tarmog‘ining chiziqli qismiga, shu-
ningdek, lupinglar, ehtiyot quvurlarini zaxiralash omborlari, vertolyot maydonchalari va chiziqli qismda ishlaydigan ta’mirlovchialoqachilar uchun mo‘ljallangan uylar kiradi. Magistral gaz quvurlari tarmog‘ining yer usti obyektlariga kompressor stansiyalari va gaz taqsimlash stansiyalari kiradi. Kompressor stansiyalari yonida, qoidaga ko‘ra yashash posyolkasi quriladi. Kompressor stansiyalari gidravlik hisob-kitoblarga muvofiq bir-biridan 120–150 km uzoqlikda joylashadi. Katta diametrli (1220–1420) magistral gaz quvurlari (MG) tarmog‘ining kompressor stansiyalarida (KS) gazni siqish hozirgi kunda, qoidaga ko‘ra, oshirilgan foydali ish koeffitsientiga ega bo‘lgan gazoturbina dvigateli ГПА–Ц-16A, ГПА-Ц-25 va ГПУ–16A gaz haydash agregatlari bilan amalga oshiriladi.
1.1-rasm. Magistral gaz quvur tarmoqlarining tarkibi: 1 – gazni qayta ishlash zavodi (ГПЗ); 2 – hisobga olish uzeli; 3 – kompressor stansiyasi; 4 – redutsiyalash stansiyasi; 5 – gazni siqish stansiyasi; 6 – yer osti gaz ombori; 7 – avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi (AGNKS); 8 – ajralishlar; 9 – dyuker; 10 – elektrokimyoviy himoya ЭХЗ; 11 – suv o‘zani; 12 – operatorlik punkti; 13 – dispetcherlik-boshqarish punkti; 14 – ajratuvchi zulfinlar (zadvijkalar); 15 – ishlab chiqarish ta’minoti bloki; 16 – temiryo‘l va avtomobil yo‘llaridan o‘tish joylari; 17 – intellektual qo‘yilma. Kompressor stansiyasining tiplashgan maydonchasidagi binolar va inshootlarning qurilish yechimi 1.1-jadvalda keltirilgan, bunda obyektlarning nomerlari kompressor stansiyasining bosh planiga mos keladi (ГПА–Ц-16A yoki ГПА-Ц-16S tipidagi 7 ta agregat- ГПА–Ц-16A yoki ГПА-Ц-16S tipidagi 7 ta agregat- yoki ГПА-Ц-16S ГПА-Ц-16S tipidagi 7 ta agregat- tipidagi 7 ta agregat- tipidagi 7 ta agregatlar) 1.2-rasm.
|
1.2-rasm. Kompressor stansiyasining bosh plani: 1–5 – asosiy ishlab chiqarish belgilanishidagi obyektlar; 6–35 – yordamchi belgilanishdagi obyektlar (1.1-jadvalga qaralsin)
|
1
|
Kompressor agregatlari maydonchasi
|
2
|
Gaz tozalash qurilmasi
|
3
|
Gazni sovitish qurilmasi
|
4
|
Gazni tayyorlash qurilmasi
|
5
|
Gazni havo bilan sovitish apparatlari
|
6
|
Siqilgan havoni kompressiyalash inshooti
|
7
|
Yoqilg‘i moylash materiallari ombori
|
8
|
Yoqilg‘i quyish punkti
|
9
|
Qozonxona
|
10
|
Ishlab chiqarish – energetika bloki (рус. ПЕБ)
|
11
|
Avariyali dizel elektrostansiyasi
|
13
|
TP 10/0.4
|
14
|
Kichik gabaritli avtomobil gaz to‘ldirish kompressori stansiyasi (рус. АГНКС)
|
15
|
Metanol ombori
|
16
|
Oshxona va dispetcherlik punkti bilan xizmat ko‘rsatish-ekspluatatsiya bloki (рус. СЕБ)
|
17
|
Zaxira dvigatellar ombori bilan garaj – ta’mirlash bloki
|
18
|
Oshxonaning qo‘shimcha binosi
|
19
|
Materiallar va balonlarni saqlash bloki qurilmasi
|
20
|
Yerto‘la-ombor
|
21
|
ZRU
|
22
|
Alohida joylashgan isitiladigan omborxona
|
23
|
Mashinalarni yuvish joyi – tozalash inshootlari bilan
|
24
|
15 ta mashina uchun isitilgan qo‘yish joyi
|
25
|
Ko‘pikli-yong‘in o‘chirish qurilmasi
|
26
|
Maishiy-xo‘jalik oqovalari kanalizatsion-nasos stansiyasi (КНС)
|
27
|
Yomg‘ir suvlarini tozalash inshooti
|
28
|
Yomg‘ir suvlari kanalizatsion-nasos stansiyasi (КНС)
|
29
|
Vodoprovod tozalash inshooti (рус. ВОС)
|
30
|
Bosh pasaytiruvchi podstansiya (рус. ГПП)
|
1.1-jadval
Bosh rejada ko‘rsatilgan: – kompressor agregatlarining maydonchasi gazni haydash qurilmalarini va moy drenajining yer ostidagi sig‘imini (idishini) o‘z ichiga oladi; -gazni tozalash qurilmasi changtutkich (ГП-628 tipidagi) va gaz kondensatini to‘plash sig‘imi blokini o‘z ichiga oladi; – gazni sovitish qurilmasi gazni havo bilan sovitish apparatlari – АВО bilan jihozlangan; – gazni tayyorlash qurilmasi gazni tayyorlash binosi, isitkich, yoqilg‘i uchun mo‘ljallangan va jo‘natiladigan gaz hamda gazni regeneratsiyalashni isitish blokidan tarkib topgan; – yoqilg‘i moylash materiallari ombori moy haydash nasoslarini, 2x25 sig‘imli rezervuarlar blokini, dizel yoqilg‘isi uchun mo‘ljallangan 10 sig‘imli rezervuarni, nasosli quduqni o‘z ichiga oladi; – yoqilg‘i quyish punkti yoqilg‘i quyish «orolchalaridan» (2 ta), dizel yoqilg‘isi (2 ta) va benzin (2 ta) uchun mo‘ljallangan 10 sig‘imli yer osti gorizontal rezervuarlarining filtrlari joylashgan quduqdan tarkib topgan; – qozonxona tutun chiqish trubasi, yumshoqlashtirilgan suv baki, tuzni ho‘l holda saqlash bunkeri va sovitadigan quduq bilan jihozlangan; – vodoprovod-tozalash inshooti (рус. ВОС) nasos stansiyasini, suv zaxirasi rezervuarlarini (2 ta) va 2 ta yutuvchi filtrni o‘zida taqdim qiladi. Kompressor stansiyasi maydonchasining tasnifi 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval
T/r
|
Nomi
|
O‘lchov birligi
|
Miqdori
|
1
|
Hudud maydoni
|
ga
|
10,48
|
2
|
Qurilish maydoni
|
ga
|
4,36
|
3
|
Avtoyo‘llarga ajratilgan maydon
|
ga
|
2,75
|
4
|
Qurilish koeffitsienti
|
%
|
41,6
|
5
|
Hududdan foydalanish koeffitsienti
|
%
|
67,8
|
Kompressor stansiyasidan tashqarida radio relyef stansiyasini (РРС) va vertolyotlarning uchish-qo‘nish maydonchasini (rus. ППВ), artezian quduqlari maydonchasini, kanalizatsiya-tozalash inshootlari maydonchasini (рус. КОС), yong‘in xavfsizligi deposini, buyurtmachi bazasini joylashtirish ko‘zda tutiladi, bularning barchasi kompressor stansiyasi obyektlari majmuasiga kiradi.
Xuddi asosiy ishlab chiqarish belgilanishidagi obyektlar kabi yordamchi belgilanishdagi obyektlar ham, qoidaga ko‘ra, karkas tipida, g‘isht va panellardan, to‘suvchi konstruksiyalar bilan quriladi, ba’zi bir inshootlar esa g‘ishtdan quriladi . Gaz taqsimlash stansiyalarida kelayotgan gaz qo‘shimcha ravishda suvsizlantiriladi, tozalanadi, yuqori bosimgacha redutsiyalanadi (shahar gaz quvurlari tarmoqlari klassifikatsiyasi bo‘yicha 1,2 MPa), odorizatsiyalanadi, o‘lchanadi va alohida iste’molchilar yoki ularning guruhlari quvurlar tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanadi
1.3-rasm. Kompressor stansiyasi maydonchasi.
Kompressor stansiyali (yoki ularsiz) gazni saqlash yer osti omborlari gaz iste’mol qilishning mavsumiy notekisliklarini rostlash uchun mo‘ljallangan, yozda ularga gaz to‘planadi, qishda esa iste’molchilarga uzatiladi. Gaz odatda g‘ovak jinslarning suv eltuvchi gorizontlariga yoki neft va gazdan bo‘shagan konlarga yoki yetarlicha mustahkam bo‘lgan tuzli yotqiziqlarda maxsus ishlangan (yuvilgan) omborlarga haydab kiritiladi. Gazni saqlash yer osti omborlari katta shaharlar va sanoat markazlari yaqinida tashkil qilinadi.
1.4-rasm. Gaz ta’minoti tizimining sxemasi:
1 – magistral gaz quvuri tarmoqlari; 2 – gaz taqsimlash stansiyasi; 3 – yuqori bosimli gaz quvurlari tarmoqlari; 4 – gazni yuqori bosimdan o‘rta bosimga rostlash punkti; 5 – o‘rta bosimli gaz iste’molchilari; 6 – o‘rta bosimli gaz quvurlari tarmoqlari; 7 –gazni o‘rta bosimdan past bosimga rostlash punkti; 8 – past bosimli gaz iste’molchilari; 9 – past bosimli gaz quvurlari tarmoqlari.
Magistral quvur tarmoqlarining ishlash sharoitlari koeffitsientiga bog‘liq ravishda belgilangan kategoriyalari a mustahkamlikni hisoblashda quvurlar tarmog‘ining yig‘ish payvandli birikishlarining fizikaviy uslublar bilan nazoratga tortiladigan t sonini (ularning umumiy sonidan % larda), shuningdek quvur tarmoqlarini ishlatishda topshirishdan oldingi gidravlik sinovlardagi rsinovbosimnibelgilaydi. Magistral gaz quvur tarmoqlari kompressor stansiyasiga kirishdagi r ishchi nominal ishchi bosimga bog‘liq ravishda ikkita sinfga bo‘linadi: I. 2,5 dan – 10 MPa gacha (bu qiymatlarni ham o‘z ichiga olgan holda); II. 1,2 dan – 2,5 MPa gacha (bu qiymatlarni ham o‘z ichiga olgan holda). 1.3-jadvalda berilgan.
1.5-rasm. Kompressor stansiyasi.
1.3-jadval
Kategoriya
|
M
|
|
V (oliy) (a=0,6)
|
100
|
=
|
I (a = 0,75)
|
100
|
=
|
II (a = 0,75)
|
100
|
|
III (a = 0,9)
|
100
|
Oldindan gidravlik sinovlardan o‘tkazish ko‘zda tutilmaydi
|
IV (a = 0,9)
|
20
|
|
Neft mahsulotlarini tashishda asosan magistral neft quvurlaridan foydalaniladi. Magistral quvur uzatkich tizimi murakkab kompleks inshoot hisoblanadi. Magistral neft quvurlari foydalanilayotgan mahsulot turiga bog‘liq holda benzin quvurlari, kerosin quvurlari, dizel quvurlari, issiq magistral quvurlariga bo‘linadi. Neft quvurlarini loyihalash SNIP 11-45-87 hujjatga asoslanadi. Magistral neft quvurlarining diametri 230 mm dan 1400 mm gacha bosimi esa 100 atm gacha bo‘ladi. Magistral neft quvurlari diametriga bog‘liq holda 4 sinfga bo‘linadi. 1. 1000 mm÷1400 mm gacha; 2. 590÷1000 mm gacha; 3. 300÷500 mm gacha;
4. 300 mm dan kichik.
Bu sinflarning magistral quvur tizimida ishlatilishi ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga bog‘liqlik holda ishlatiladi. Har bir quvurning zavod sharoitida tayyorlanishi, qat’iy nazorat qilinadi. Quvurdagi payvand choklari 3 turga bo‘linadi: – bir chokli quvurlar; – ko‘p chokli quvurlar; – spiral chokli quvurlar. Bu quvurlarning ichida eng mustahkamligi yuqori bo‘lgan quvur spiral quvurlar hisoblanadi. Ular 100 MPA bosimgacha chidaydi. Har bir quvurning diametriga bog‘liq holda uning devor qalinligi belgilanadi: – 530 mm–7–8 mm; – 620 mm–8–9 mm; – 1400 mm–12–14 mm. Magistral quvurlarning yotqizilishida ma’lum talabga rioya qilinadi: quyidagi jadvalda magistral neft yoki neft mahsulotlari quvurlarining diametriga bog‘liq holda payvand choklarining mustahkamlilik koeffitsienti berilgan,
Magistral quvurlarning kategoriyasi
|
Hisobiy kuchlanishdagi shartli ishlash sharoiti koeffitsienti
|
Montaj qilinadigan joylarining ishlash sharoiti koeffitsient
|
1
2
3
4
V
|
0,75
0,75
0,90
0,90
0,6
|
100
100
100
100
Kam emas
|
V kiritilgan magistral neft va neft mahsuloti quvurlari tarmoqlarining suvli to‘siqlardan o‘tish joylari uchun =1,5 bo‘ladi. Magistral quvur tarmoqlari uchastkalarining kategoriyalari ularning konstruktiv yechimlariga (yer ostiga yotqizilgan, yer ustiga yotqizilgan, yer ustidan o‘tkazilgan) va bu uchastkalarda suvli to‘siqlar, botqoqliklar, temiryo‘llar va avtomobil yo‘llari, sel oqimlari, sho‘rlangan yer qatlamlari, jarliklar, chuqurlar bo‘lishiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
|