O`zbеkiston rеspublikаsi oliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi islom karimov nomidagi




Download 1,12 Mb.
bet5/9
Sana14.05.2024
Hajmi1,12 Mb.
#231921
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurahmonov Javohir 130-30 guruh

2.7-rasm.Botqoqlikda quvurlar tarmog‘ini qisman chuqurlashish bilan yotqizish.
Magistral quvur tarmog‘ining optimal profili elektron-hisoblash mashinalari (EHM) yordamida mahkamaviy uslubiyot bo‘yicha, quvurlar tarmog‘ining vertikal va gorizontal tekisliklardagi yo‘l quyiladigan egilishining radiuslari esa quvur devorining mustahkamligi va bardoshliligi shartidan va quvur tarmog‘ining ichki bosim, o‘zining og‘irligi hamda bo‘ylama siquvchi kuchlarning ta’siri ostidagi holatidan hisoblab topiladi. Bitta magistral yer osti quvurlar tarmog‘ini qurish davrida vaqtinchalik qisqa muddatli foydalanish uchun ajratiladigan yer polosasining b kengligi quvur tarmog‘ining D diametriga bog‘liq ravishda belgilanadi.

D, mm (o‘z ichiga olgan holda)

V, m

426 gacha

20/28

426 dan 720 gacha

23/33

720 dan 1020 gacha

28/39

1020 dan 1220 gacha

30/49

1220 dan 1420 gacha

32/45

O‘tish qiyin bo‘lgan joylarda qurilayotgan (botqoqliklarda, tundrada, cho‘llarda, tog‘ sharoitlarida va hokazolar) 1420 mm dan ortiq diametrga ega bo‘lgan magistral yer osti quvurlar tarmoqlari uchun yer polosasinig kengligi, shuningdek yong‘in xavfsizligi va avariyaga qarshi inshootlar (ko‘mishlar, neft va neft mahsulotlari uchun mo‘ljallangan chuqurlar va sig‘imli idishlar), quvurlar tarmog‘ini katodli himoyalash stansiyalari, nasos stansiyalari va kompressor stansiyalarini ulash qismlari, quvurlar tarmoqlarini tozalash qurilmalari, tabiiy va sun’iy to‘siqlardan o‘tish joylari uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o‘lchamlari loyiha bilan belgilanadi. Magistral yer ustidan o‘tkazilgan va yer ustiga yotqizilgan quvurlar tarmoqlari uchun ajratiladigan polosalarning kengligi ham loyiha bilan belgilanadi.

D, mm (o‘z ichiga olgan holda)

s, m

426 gacha

8/5

426 dan 720 gacha

9/5

720 dan 1020 gacha

11/6

1020 dan 1220 gacha

13/6

1220 dan 1420 gacha

15/7

Eslatma. Suratda berilgan sonlar – gaz quvurlari tarmoqlari uchun, maxrajda berilgan sonlar – neft va neft mahsulotlari quvurlari tarmoqlari uchun.


Ikkita yoki undan ortiq parallel magistral yer osti quvurlar tarmoqlarini qurish davrida vaqtinchalik qisqa muddatli foydalanish uchun ajratiladigan yer polosasining kengligi bitta quvurlar tarmog‘i yer polosasining kengligi plus eng chekka quvurlar tarmoqlarining o‘qlari o‘rtasidagi «s» masofaga teng deb qabul qilinadi. Bir paytning o‘zida bitta transheyaga yotqiziladigan ikkita neft va neft mahsulotlari quvurlari tarmoqlarining o‘qlari orasidagi masofani yuqorida ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan uzoqlikda, biroq quvurlar devorlari orasidagi masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi sharti bilan qabul qilinadi. Bir paytning o‘zida parallel ravishda yer ustiga yotqiziladigan, yer ustidan o‘tkaziladigan va kombinatsiyalangan gaz quvurlari tarmoqlarining parallel tarmoqlari orasidagi masofa 2.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga muvofiq qabul qilinadi. Loyihalanayotgan va amaldagi neft mahsulotlari quvurlari tarmoqlarining parallel o‘qlari orasidagi masofa oqimli qurish texnologiyasi va ishlarni bajarishning xavfsizligi shartlaridan kelib chiqqan holda, biroq 2.2-jadvalda keltirilgan masofalardan kam bo‘lmagan holda qabul qilinadi. Magistral quvurlar tarmoqlarini qurishning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish davomiyligining amaldagi me’yorlaridan (2.3-jadval) foydalanish lozim. Mamlakatning shimoliy rayonlarida va ularga tenglashtirilgan joylarda qurilishning me’yoriy (normativ) davomiyligi amaldagi me’yorlar bilan, 1,4 dan 1,2 gacha o‘zgaradigan koeffitsientlarni qo‘llagan holda belgilanadi.
2.1-jadval Magistral gaz quvurlarining parallel tarmoqlari orasidagi o‘tkazish usuli va shartli diametrga bog‘liq bo‘lgan minimal masofalar (metrlarda)
2.2-jadval.

Tarmoqlarni

o‘tkazish usuli




Du, mm




Birinchisini



Ikkinchisini



700 gacha



700 dan

1000 gacha



1000 dan

1400 gacha



Yer ustida
Yer ustida
Yer ustidan
Yer ustidan
Yer ustidan

Yer ustida
Yer ostida
Yer ostida
Yer ustidan
Yer ustida

20/15
20/15
20/15
40/25
40/25

30/20
30/20
30/20
50/35
50/35

45/30
45/30
45/30
75/50
45/50

Loyihalanayotgan va amaldagi neft va gaz quvurlari tarmoqlarining o‘qlari orasidagi minimal masofalar (metrlarda)

Loyihalanayotgan quvurlar tarmog‘ining Dsh shartli diametriga nisbatan, mm

Davlat fondining qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun mo‘ljallanmagan yoki qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlarida

Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarda (unumdor qatlamni chiqarib olish va qayta tiklashda)

400 gacha, o‘z ichiga olgan holda

11


20


400 dan 700 gacha, o‘z ichiga olgan holda

14


23


700 dan 1000 gacha, o‘z ichiga olgan holda

15


28


1000 dan 1200 gacha, o‘z ichiga olgan holda

16


30


1200 dan 1400 gacha, o‘z ichiga olgan holda

18


32


2.3-jadval Magistral quvurlar tarmoqlarini qurish davomiyligining me’yorlari, oylarda

Quvurlar




Quvurlar

tarmog‘ining

uzunligi,

km

tarmog‘ining diametri, mm

100




200


360


500


1000


500

7 (1)

9 (1)

10 (1)

15(2)

20(2)

800

8 (1)

10 (1)

11 (1)

16(2)

24(2)

1000

9 (1)

11 (1)

13 (1)

18(2)

28(3)

1200

10(1,5)

13(2)

15(2)

20(3)

30(4)

1400

11(2)

18(3)

20(3)

26(4)

36(5)



Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbеkiston rеspublikаsi oliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi islom karimov nomidagi

Download 1,12 Mb.