|
Qo‘llanmalar: Neft va gaz quvurlarini loyihalash va ishlatish B. Aliyev, “Трубопроводный транспорт нефт и газа” Р.А. Алиев, “Соружение магистральных трубопроводов”
|
bet | 2/9 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #231921 |
Bog'liq Abdurahmonov Javohir 130-30 guruh 3. Qo‘llanmalar: Neft va gaz quvurlarini loyihalash va ishlatish B. Aliyev, “Трубопроводный транспорт нефт и газа” Р.А. Алиев, “Соружение магистральных трубопроводов” В.Д. Таран. 4. Hisobiy izoh qismining mazmuni (ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan savollar ro‘yxati): Magistral quvurlarning gidravlik hisobi va Kompressor stansiyalar sonini aniqlash. Quvurlarning mexanik hisobi Quvurlarning issiqlik hisobi Gaz quvurining iqtisodiy hisobi 5. Chizmalar ro‘yxati (bajarilishi lozim bo‘lgan chizma va grafiklar):
Magistral gaz quvurining umumiy ko‘rinishi
Kompressor stansiyaning prinspial sxemasi
Rahbar: ___________ ass. Rustamov D.I (ilmiy unvoni, F.I.SH.)
MUNDARIJA
KIRISh . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . … .4
Asosiy qism. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……. . .. . 6
Magistral gaz quvurlarining belgilanishi (mo‘ljallanishi), tarkibi va tasnifi (klassifikatsiyasi) . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …. .. .7
Magistral gaz quvurlari tarmoqlarining konstruktiv yechimlari. . . . . . . . . 16
Quvur tarmoqlarini ishlatish jarayonida yuklama berish shartlari va quvurlar tarmog’ining eng chekka holatlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……………..…..27
Magistral quvurlar konstruktiv tasnifi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……29
HISOB QISMI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ….31
Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ... 47
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …….…48
KIRISh
Tabiiy gazni tashishga mo‘ljallangan quvur tarmoqlarining butunlik muammosi faqatgina uzoq masofalarga cho‘zilgan magistral quvur tarmoqlari tizimlariga ega bo‘lgan G‘arbiy Yevropa mamlakatlari uchun emas, balki O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Gaz yetkazib berishning uzluksizligi ulardagi gaz quvur tarmoqlarining ishonchliligiga bog‘liqligi, shu sababli chiziqli qism va asbob-uskunalarning ishlatishdagi masalalari va vazifalariga katta e’tibor qaratilishi lozim. O‘tgan davrda gaz quvur tarmoqlarini qurish intensiv sur’atlarda olib borilgan. Biroq o‘sha paytda foydalanilgan material tizimlarini ishlatishning ishonchliligi nuqtayi nazaridan optimal bo‘lib hisoblanmagan, hozirgi kunda ham ularning qo‘llanilishi zamon talablariga mos emas, deb baholanadi. Bu birinchi navbatda, quvurlarni korroziyadan (yemirilishdan) saqlash uchun qo‘llaniladigan materiallarga taalluqlidir.
1-jadval
Davlat
|
Umumiy cho‘zilganlik
(km)
|
1990–2005-yillarda qurilgan (km)
|
Jumladan,
Dt 1200 mm
(km)
|
Rossiya
|
145000
|
65000
|
65000
|
Ukraina
|
35300
|
13500
|
9200
|
Belarus
|
3550
|
2650
|
2350
|
Moldova
|
862
|
348
|
153
|
Qozog‘iston
|
9200
|
3600
|
5000
|
O‘zbekiston
|
7909
|
3166
|
2012
|
Turkmaniston
|
5000
|
4300
|
2605
|
Tojikiston
|
450
|
50
|
0
|
Qirg‘iziston
|
355
|
0
|
0
|
Ozarbayjon
|
1850
|
1400
|
747
|
Armaniston
|
800
|
400
|
0
|
Gruziya
|
700
|
550
|
135
|
Litva
|
ma’lumotlar
yo‘q
|
ma’lumotlar
yo‘q
|
ma’lumotlar
yo‘q
|
Latviya
|
1240
|
445
|
0
|
Estoniya
|
850
|
650
|
0
|
Jami:
|
213066
|
96059
|
87202
|
Gaz sanoatini xususiylashtirish bosqichidan o‘tmagan sobiq Osiyo Respublikalarida gaz qazib olish va uni tashish zaif rivojlanmoqda, moliyalashtirishning yetarli emasligi esa amaldagi gaz quvur tarmoqlari me’yorida ishlatilishini qiyinlashtirib qo‘ymoqda. Me’yoriy talablarga muvofiq barcha quvur tarmoqlari korroziyadan (yemirilishdan) katodli himoyalash tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Biroq hozirgi kunda ba’zi bir mamlakatlarda (O‘rta Osiyo va Kavkazda) iqtisodiy sabablarga ko‘ra qisman bajariladi, quvur tarmoqlarining holatini doimiy nazorat qilish va tashxislash esa amalda o‘tkazilmaydi. Quruvchilarning bosh vazifasi maksimal qisqa muddatlarda va eng kam xarajatlar bilan quvurlar tarmog‘ini o‘tkazishdan iborat bo‘lgan, ishlatishdagi qurilishni nazorat qilish va bajarilayotgan ishlarning sifatiga nisbatan talablar qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Garchi, vaziyat o‘zgargan bo‘lsada, bu amaliyot hozirgacha o‘z o‘rniga ega bo‘lib qolmoqda. Shu sababli gaz quvur tarmoqlarini yemirilishdan (korroziyadan) himoya qilish sohasida himoyalash qoplamasining sifatini doimiy nazorat qilishni amalga oshirish, texnik tashxislash va yemirilishdan himoyalashning yangi vositalari va uslublarini joriy qilish zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qo‘llanmalar: Neft va gaz quvurlarini loyihalash va ishlatish B. Aliyev, “Трубопроводный транспорт нефт и газа” Р.А. Алиев, “Соружение магистральных трубопроводов”
|