Quvur tarmoqlarini ishlatish jarayonida yuklama berish shartlari va quvurlar tarmog’ining eng chekka holatlar




Download 1,12 Mb.
bet6/9
Sana14.05.2024
Hajmi1,12 Mb.
#231921
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurahmonov Javohir 130-30 guruh

Quvur tarmoqlarini ishlatish jarayonida yuklama berish shartlari va quvurlar tarmog’ining eng chekka holatlar
Gaz quvurlari tarmoqlarining ishlash qobiliyatini belgilovchi asosiy ma’lumotlarini mos ravishda tahlil qilish uchun unga yuklama berish shartlarini tasniflovchi omillarni (faktorlarni hisobga olish zarur, aynan esa: yuklama berishning qiymati, usuli va tezligini; haroratning ta’sirini; muhitning ta’sirini hisobga olish zarur. Quvurlar tarmog‘iga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha yuklamalarni quyidagi ko‘rinishda tasniflash mumkin: 1. Qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatuvchi bir martalik yoki takrorlanuvchi mexanik yoki termik zarbalar. Har bir ta’sir ko‘rsatishning davomiyligi sekundning ulushlarini tashkil qiladi; 2. Qisqa muddatli bir martalik statik yuklama. Ortib borish vaqti va yuklama ta’sir qilishining umumiy davomiyligi birgalikda o‘lchanadi (minutning ulushlaridan tortib bir necha minutgacha, kamdan kam hollarda bir necha soatgacha); 3. Uzoq muddatli bir martalik statik yuklama. Yuklamaning ortib borish davomiyligi odatda uning ta’sir ko‘rsatish davomiyligining umumiy vaqtiga nisbatan kichik bo‘ladi (soatlar, oylar va hatto yillar); 4. Ko‘p martalik statik yuklama. Yuklama berish bir necha yuz martadan ko‘p million martagacha takrorlanadi. Bu turdagi yuklamaning ta’siri mexanik va termik toliqishni chaqiradi. Amaliyotda yuklamalarning ko‘rsatib o‘tilgan tiplarining kombinatsiyalari albatta vujudga keladigan sharoitlarda ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha yuklamalar turlarining quyidagicha bo‘linishidan foydalaniladi: 1. Bir martalik (zarbali, qisqa muddatli statik). Yemirilish yuklamaning uzluksiz ravishda zo‘riqishning hatto materialning mustahkamlik chegarasiga qadar ortib borishiga olib keluvchi oshishi natijasida sodir bo‘ladi; 2. Doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi statik (uzoq muddatli statik). Yemirilish materialning mustahkamlik chegarasidan past bo‘lgan zo‘riqishni chaqiruvchi doimiy yuklama berish natijasida sodir bo‘ladi; 3. Ko‘p martalik (zarbali, statik, termik). Yemirilish materialning oquvchanlik chegarasidan oshmaydigan zo‘riqishni chaqiruvchi yuklama berishning takrorlanuvchanligi natijasida sodir bo‘ladi. 3.1-jadvalda magistral quvur tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatuvchi yuklamalarning tasnifi (klassifikatsiyasi) keltirilgan.
Magistral quvur tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatuvchi yuklamalarning klassifikatsiyasi 3.1-jadval

Yuklamalar va ta’sir ko‘rsatishlarning xarakteri

Magistral gaz quvurlari tarmoqlarining chiziqli qismiga beriladigan yuklamalar va ta’sir ko‘rsatishlar

1. Doimiy

– quvurlar tarmog‘ining o‘zining og‘irligi – quvurlar tarmog‘ining oldindan zo‘riqishi (qayishqoq egilish va shunga o‘xshashlar) – tuproq bosimi – suvning gidrostatik bosimi

2. O‘zgaruvchan

– ichki bosim – mahsulot og‘irligi – harorat ta’siri – yer qatlamining bir tekis bo‘lmagan deformatsiyasining ta’siri (cho‘kish, ko‘pchish va shunga o‘xshashlar)

3. Qisqa muddatli o‘zgaruvchan

– neft quvurlari tarmog‘ini sinovdan o‘tkazish paytidagi yuklama – yer usti neft quvurlari tarmoqlariga atmosfera ta’sirlari (shamol, qor)

4. Maxsus

– sel oqimlari va yer ko‘chkilarining ta’siri – yer qobig‘i deformatsiyasining ta’siri (yer qimirlashi)

Bu yuklamalarning har biri turlicha tezlikda va turli xil usullarda (cho‘zilish, siqilish, egilish, buralish) berilishi mumkin, bunda shikastlanishning rivojlanishi yoki yemirilishning o‘ziga xosligi turlicha bo‘ladi. Umumiy holatda quyidagi mezonlar (kriteriylar) gaz quvurlari tarmoqlari chiziqli qismining asosiy elementlari uchun shikastlanishlarning rivojlanishini chaqiruvchi eng chekka holatlar sifatida qabul qilinishi mumkin: 1. Kuch ta’siri ostida mustahkamlikning yo‘qolishi (statik va toliqish mustahkamligi); 2. Deformatsiyalanishda plastiklik zaxirasining (egilish qattiqligining) yo‘qotilishi; 3. Siquvchi zo‘riqishlar natijasida umumiy yoki mahalliy barqarorlikning yo‘qolishi; 4. Elementning eng chekka ko‘ndalang siljishlarga erishishi (vertikal yoki gorizontal yuzalarda); 5. Quvur tarmoqlarining yaxlit korroziya (yemirilish) yoki ichki yuzaning mexanik yeyilishi natijasida devorning yupqalashuvidan yemirilishi; 6. Mahalliy buzilishlar (mahalliy korroziya, nuqsonlarning ochilishi, tasodifiy mexanik ta’sirlar) hosil bo‘lishi natijasida germetiklikning yo‘qolishi; 7. Yoriqlarning tarqalishi natijasidagi cho‘zilgan yemirilish; 8. Suv, havo va shunga o‘xshashlarning dinamik ta’siri hisobiga suv osti va yer usti quvurlar tarmoqlarining kritik holatlardan oshiq tebranishi.



Magistral quvurlar konstruktiv tasnifi
Magistral quvur tarmoqlarini loyihalashda har qanday asosiy element uchun birinchisi asosiy chekka holat sifatida qabul qilinadi, qolganlari esa taqqoslash uchun xizmat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, tashxislash tekshiruvi natijalari bo‘yicha gaz quvur tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik (eltuvchilik) qobiliyatini va qoldiq resursini hisoblashda eng chekka holatlar jamlanmasini hisobga olish zarur. Konstruksiyalarni (quvurlar tarmoqlarini) me’yorda (normal) imkoniyatini cheklovchi ko‘proq tasnifli bo‘lgan eng chekka holatlar quyidagilar bilan belgilanadi: 1) uning mustahkamlik shartidan kelib chiquvchi (elementning asosiy kesimida oquvchanliklarning paydo bo‘lish shartlari yoki statik, takrorlanuvchan statik va siklik (davriy ravishda takrorlanuvchi) yuklamalarda yemirilish shartlari) asosiy qobiliyati bilan; 2) eng katta deformatsiya – statik yuklamalardagi bukilishlar, dinamik yuklamalardagi tebranishlar bilan; 3) maksimal darajada yo‘l qo‘yiladigan mahalliy shikastlanishlar (deformatsiyalar, darz ketishlar, korroziya chuqurchalari va boshqalar) bilan. Konstruksiyaning asosiy qobiliyati (yemirilishga qarshilik ko‘rsatish) yo‘l qo‘yiladigan eng chekka holatdan kelib chiqqan holda hisoblanadi, bunda yuklama ta’siri ostida material xususiyatlarining sifat o‘zgarishlari kuzatiladi yoki qandaydir bir sabablarga ko‘ra xohlanmagan, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan yoki xavfli fizikaviy jarayonlar sodir bo‘ladi. Eng chekka zo‘riqishni, ya’ni konstruksiya elementlarining asosiy qobiliyatini aniqlashda materiallarning plastik deformatsiyalarga (oquvchanlik yoki yoyilish chegaralari) va yemirilishga (mustahkamlik chegaralari, kritik deformatsiyalar, yoriqlarning chuqurligi, yoriqlar hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘ladigan sikllar soni yoki vaqti) qarshilik ko‘rsatish xarakteristikalaridan foydalaniladi. Aksariyat hollarda asosiy qobiliyatini aniqlashda uzoq muddatli statik va siklik yuklamalar berilgan hollardagi asta-sekin yemirilishga ham, mo‘rt yemirilish yoriqlarining tashabbuslanish sharoitlarida sodir bo‘ladigan tezkor yemirilishga ham qarshilik ko‘rsatish mezonlari (kriteriylari) muhim (ko‘pincha asosiy) ahamiyat kasb etadi. Qabul qilingan materialning mustahkamlik chegarasi σv asosida eng chekka holat bo‘yicha mustahkamlikni hisoblashni qonunlashtiradi. Mustahkamlikni hisoblashning asosiy formulalari yupqa devorli qobiqlarning momentsiz nazariyasiga tayanadi, ya’ni qobiq kesimlarida eguvchi momentning ta’siri hisobga olinmaydi. Po‘latdan tayyorlangan magistral gaz quvurlari tarmoqlari va ularni tashkil qiluvchi barcha elementlar eng chekka holatlar bo‘yicha yuklamalarga va ta’sir ko‘rsatishlarga hisoblab chiqilishi lozim. Magistral quvurlar tarmoqlari prokladkalarining va konstruktiv sxemalari uchun material ishlatishning ikkita eng chekka holati qabul qilinadi: Quvurlar metallining ajralib ketishga mustahkamlik sharti sifatida qabul qilinadigan eng chekka holat ( vaqtdagi barcha turlari qarshilikka yetib borish); Plastik deformatsiyalar paydo bo‘lish sharti sifatida qabul qilinadigan eng chekka holat ( oquvchanlik chegarasiga yetib boorish).

HISOB QISMI





Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quvur tarmoqlarini ishlatish jarayonida yuklama berish shartlari va quvurlar tarmog’ining eng chekka holatlar

Download 1,12 Mb.