O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

Nazorat savollari 
1.
Sizdirib sianlash jarayoniga qanday usullar kiradi? 
2.
Sizdirib sianlash qanday dastgohlarda olib boriladi? 
3.
Sizdirib sianlash jarayonining kamchiligi nimada? 
 
8 - ma’ruza 
OLTIN SAQLOVCHI RUDALARNI UYUMDA TANLAB 
ERITISH 
 
Reja:
1. Uyumda tanlab eritish jarayonining mohiyati.
2. Tanlab eritish jarayoniga rudalarni tayyorlash. 
3. Uyumda tanlab eritish jarayonining ijobiy va salbiy tomonlari.
4. Uyumda tanlab eritish amaliyoti. 
 
Kalit so’zlar: 
uyumda tanlab eritish, sizib o’tish tezligiga ta’sir 
etuvchi omillar, uyumni taxlash, uyum asosi (maydon).
 
 
Uyumda tanlab eritishning moxiyati sizdirib eritish jarayoniga 
yaqinroq. Jarayon shundan iboratki ruda uyum holida suv o’tkazmaydigan
asos ustiga yig’iladi va ustidan sian eritmasi yuboriladi. Eritmani ruda 


60 
qavati orqali sekin sizib o’tishi bilan oltin va kumush boyitiladi. Pastdan 
oqib keladigan oltin saqlagan eritma oltinni cho’ktirishga yuboriladi. 
 
8.1-rasm.
Uyumda tanlab eritish sxemasi. 
1 - Uyum asosi(maydon); 2 - Uyum; 3 - Sian eritmalarni purkovchi 
qurilma(forsunka); 4,6- Eritmalarni yig’ish uchun hovuzlar; 5- Eritmadan 
metallni ajratuvchi qurulma. 
Xuddi sizdirib eritishdagi kabi uyumda tanlab eritish jarayonida ham 
granula holidagi sianni yaxshi o’tkazadigan rudalar qulaydir. Odatda 
uyumda tanlab eritishda maydalash jarayonidan keyin olingan ruda ya'ni 
diametri 5-20 mm bo’lgan rudalar ishlatiladi. Ko’p hollarda 
maydalanmagan diametri 100mmgacha bo’lgan rudalar ishlatiladi. Ruda 
tarkibida gil tuproqni ko’p bo’lishi sian eritmasini o’tishini, boyitishni 
sekinlashishini va oltinni ajralishini kamaytiradi.
Uyumda boyitish ochiq havoda, maxsus tayyorlangan maydonlarda 
olib boriladi. Suvni o’tkazmasligi uchun maydonni beton qavati bilan 
qoplanadi yoki sun'iy plenkalar bilan qoplanadi. Erigan oltin saqlagan 
eritmani oqishini tezlashtirish maqsadida maydon 2-4
o
qiya holida bo’ladi. 
Tayyor maydonga ruda uyum holida yig’ila boshlanadi. Ko’pincha uyum 
to’rt burchakli piramida ko’rinishida yig’iladi. Uyumning balandligi 3-15 
m gacha bo’ladi va unda 100-200 ming tonna ruda yig’iladi. Uyum ustidan 
sian eritmasi maxsus sepadigan qurilmalar yordamida sepiladi. Eritmani 
yuborish tezligi ruda tarkibiga bog’liq bo’lib 1 kunda uyumni 1 m
2
yuzasiga 0,15- 3 m
3
eritma berilishi mumkin. Eritmaning konsentratsiyasi 








61 
0,05- 0,1% bo’lib, muhiti ishqoriy pH 10-11. Ishqor sifatida ko’pincha 
o’yuvchi natriy qo’shiladi, chunki oxak eritma sepadigan qurilmaga 
tiqilishi mumkin. Uyum ostidan oqib keladigan oltin saqlagan eritma uyum 
oldidagi eritma yig’iladigan joyga keladi. U yerdan oltin cho’ktirishga 
yuboriladi. Oltin cho’ktirish jarayonida oltin ko’mirga sorbsiyalanadi. 
Oltinsizlashtirilgan eritma sianlash va ishqor xususiyati tiklanadi va 
boyitishga yuboriladi.
Boyitish jarayoni tugaganidan keyin erigan oltinni yuvish maqsadida 
yuqoridan suv sepiladi va yuvilgan ruda chiqindiga yuboriladi.
Jarayonning davomiyligi hamma bosqichlarini hisoblaganda, ya'ni 
uyumni yig’ish, sian eritmasini yuborish, suv bilan yuvish va rudani 
bo’shatish o’rtacha 30 kundan 90 kungachani tashkil qiladi. Oltin va 
kumushning ajralishi 50-70 %ni tashkil qiladi.
Uyumda tanlab eritish chiqindilarni qayta ishlaganligi, glinali va 
balansdan tashqari rudalarni, shuningdek flotatsiya jarayoni chiqindilarini 
qayta ishlaganligi sababli rivojlanmoqda.
Shuning uchun ham uyumda tanlab eritish uchun ruda tayyorlashning 
birlashtirish(okomkovaniye) 
va 
g’ovaklashtirish(aglomeratsiya) 
jaroyonlari muhim bosqich sanaladi. G’ovaklashtirib biriktirish jarayoniga 
barcha yanchilgan ruda mahsulotlari yoxud faqat tasniflangan mayin 
shlamli fraksiya jo’natiladi.
Birlashririlgan mahsulot olish uchun qo’shiladigan mahsulotlar 
quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
-
Biriktiruvchi mahsulot miqdori(Portland sement), rudaga qo’shiladi; 
-
Suv va sian eritmasi miqdori;
-
Ushlab turish vaqti.
Uyum 
ustidan 
quyib 
turish 
mustahkamligi 
xom-ashyoning 
minerologik tarkibiga bog’liq, asosan natriy ionlarining kalsiy ionlari bilan 
ion-almashinuviga bog’liq. Mayda zarralarni kattalari bilan birlashtirish 
ustidan eritma berishni mustahkamlaydi. Glinali rudalar oxaktosh va 
portlandsement yordamida birlashtiriladi. Kam glina saqlagan mayin 
yanchilgan chiqindi mahsulotlar uchun birlashtiruvchi sifatida faqat
portlandsement qo’llaniladi. Birlashtirish vaqtida namlik darajasi 12%, 
ruxsat etilgan ko’rsatgich 8…16%gachadir. Namlikning yuqori bo’lishi 


62 
biriktiruvchi qo’shimchalarning xususiyatlarini yo’qqa chiqaradi va 
ustidan sepishni izdan chiqaradi. Oltin-kumush tarkibli rudalarni 
g’ovaklashtirishning 3ta usuli mavjud: lentali, barabanli(quvurli) va
kosasimon. 
Uyum maydonini tashkil qilishda o’sha tub erning tuzilishi, yuzasi, 
yer osti yer usti, ichimlik suvi holati, ob havo sharoiti, elktr energiya va 
transport kommunikatsiya tizimi, qayta ishlanadigan ruda hajmi asosiy 
ta’sir etuvchi omillardan sanaladi. Bu barcha ko’rsatgichlar uyumda 
tanlab eritish jarayonining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini belgilaydi.
Maydonlar qo’llanilishiga ko’ra 3ga bo’linadi: qayta qo’llaniladigan, 
doimiy o’suvchi (ko’tariluvchi, balandlashuvchi), damba ostida tanlab 
erituluvchi maydon. Maydonlarning o’lchami tanlab eritish davomiligi 
bilan belgilanadi. Birinchi tur maydonlari uchun muvifiq jarayon 
davomiyligi 1kungacha. Ikkinchi tur uyum maydoninig o’sib borish 
balandligi 60m gacha bo’lishi mumkin. Dambali tanlab eritish maydonli 
uyumlar yer joyi tabiiy qiya bo’lgan joylarda amalga oshiriladi. Bu 
jarayonning afzalligi shundaki eritish tezligi 1 necha yillarga qisqarishi 
mumkin. 
Rudalarni taxlash quyidagi talablarga javob berishi lozim: ruda 
massasini va transportlarni ko’tarishga mustahkamlik va chidamlilik; 
erituvchi eritmalarga kimyoviy bardoshliylik; eritmaning sizib o’tishi. 3 xil 
turdagi asoslar qo’llaniladi: 1 qatlamli, ikkiqatlamli, 2pasto’tkazuvchanli 
ekran, uch qatlamli, 3 ta pasto’tkazuvchanlikka ega ekran.
Maydon qoplamasi sifatida turli xildagi mahsulotlar ishlatilishi 
mumkin. O’suvchi maydonlar uchun yuqori mustahkamlikka ega 
polietilen, gipalon, polivinilxlorid, gil, doimiy qo’llaniluvchi maydonlar 
qoplamasi sifatida asphalt, sintetik yoki gil himoyalovchio ishaltiladi. 
Asoslarning yuza qoplamasini tanlashda geomembranaga yetadigani 
yo’qdir, u maxsus qayta ishlangan yerdir (grunt). Shuni aytish lozimki 
geomembranalrning takibi juda mustahkam (qalinligi, mustahkamligi, 
uzoq xizmat qilishi)ligi uning qator xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Bu 
xususiyatlar quyidagilar; suv o’tkazuvchanlik, cho’ziluvchanlik, kimyoviy 
bardoshliylik, shuningdek ekpulatatsiya xarakterlari: ekran qalinligi, 
yerlarni tayyorlash(aralashish, jipslashish, namlik, shimish).


63 
Uyumda tanlab eritishning asosiy jarayonlaridan biri bu uyumni 
taxlash jarayonidir. Uyum 1 yoki bir necha qavatlardan tashkil topgan 
bo’lishi mumkin. Uyumning balandligi asosning mustahkamliligiga 
bog’liq. 
Uyumning 
asosiy 
vazifasi 
mahsulotlarning 
bir 
xilda 
taxsimlanishidadir.
Uyumda tanlab eritish shtabel inshoati 3 turga bo’linadi: 
Birinchi usul - uyum saralanmagan rudadan tayyorlanadi, ko’p 
kremniyli rudalar uchun qo’llaniladi. Uyumlar 1…2m balandlikka 
samasval-buldozerlar bilan chiqariladi, 10 metrgacha bo’lgan balandlikka 
o’ziyukortar gredorlar yordamida yuklanadi; 
Ikkinchi usul mexanik kuch ta’sirida yanchilgan mayin mahsulotda 
yoki aglomeratsiyadan o’tgan mahsulotlar uchun qo’llaniladi. Uyum 
balandligi 2…4 m; 
Uchinchi usul konveyerli usl bo’lib- yuqori ish unumdorligiga ega, 
rudaga bog’liq bo’lmagan, uyum balandligi 6m gacha. Uyumning 
balandligi maydon o’lchamiga, qayta ishalandigan ruda hajmiga va 
jarayonning samaradorliligiga bog’liq. Ayrim hollarda uyum balandligi 
40…60m gacha bo’lishi mumkin. Uyumni qavatma qavat ertish jarayoni 
kenga tarqalgan bo’lib bunda har bir qavat alohida eritiladi.
Maydonning yuqori qismi va yon tomonlari eritmani parlanish 
hisobiga uchib ketmasligi uchun izolyatsiya qilish lozim. Qiyaliklar yer 
qatlami va salafan qoplamalar bilan himoyalanadi. Salafan old qismidan 
ruberoid qatlami, shishamaterial va charmmateriallar qoplanadi.
Sug’orish tizimi quyidagi elementlardan tashkil topgan: sug’orish 
qurilmasi, sug’orish sxemasi, sug’orosh tartibi va turi. Balandligi 4m 
bo’lan ochiq usuldagi uyumlarni sianid eritmasi bilan sug’orishda ypiq 
tartibli 
sug’orishdan 
foydalaniladi. 
Kollektorlar 
yohud 
forsunkalar(eritmani 
tomchilatib 
sepib 
beruvchi 
qurulmalar), 
ta’sirlashmaydiga materiallar(qum, yer, ruda) bilan, suvo’tkazmaydigan
salafanlar bilan himoyalangan. Sug’orish quyidagicha bo’lishi mumkun: 
doimiy, bosqichli, ma’lum nuqtaga qaratilgan, forsunka orqali sepiluvchi, 
ariqsimon, zovursimon va hovuzsimon.


64 
Drenaj tizimi uyum orqali o’tgan eritmalar yig’indisidan va mahsulot 
saqlanuvchi havza va uni yetkazib beruvchi qurilmalardan iborat.
Shuningdek drenaj sitemasida kollektor qismi, filtirlovchi mahsulot va 
yig’uv quvurlari, uyum ichida maydon qiyaligi, rudaning o’tkazuvchanligi 
va eritma hajmi. Ruda o’zining o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lsa uning o’zi 
drenaj vazifasini bajarishi mumkin. Drenaj tizimi tashqi tomondan 
erituvchi eritmani va oqimni o’tkazadi. Drenajning quyidagi ko’rinishlari 
qo’llaniladi: 
-
qum gravi qatlam orqali o’tuvchi eritma mahsulotlar drenaji, 
himoyalangan ekranda ushlab qolinuvchi; eritmalar arigi orqali qabul 
qiluvchi zumfga tushadi yoki uyum chegarasi bo’ylab yig’iladi;
-
Drenaj quvurlari orqali o’tgan tarmoq, uyum bo’ylab qumdan 
o’tgan; barcha quvurlar yig’uvchi kollektorda bog’langan, qaysiki eritma 
qabul qiluvchi hovuzga yig’iladi; 
-
haydash qudug’i eritmasi filtir orqali drenaj ga o’tgan, ular 
himoyalangan ekran ustiga o’rnatilgan, u yerdan eritma yig’ish hovuziga 
jo’natiladi; 
-
Eritmalar drenaj quduqlarida yig’iladi, uymning qum gravi 
qatlamlari uyum asosiga qurilgan; so’ngra eritmalar yiguvchi hovuzlarga 
har tomondan oqib keladi.
Uyumda tanlab eritish natijasida olingan mahsulotlar undan oltinni 
ajratib olish maqsadida quyidagi usullarga jo’natiladi: 
Sementatsiya(cho’ktirish) o’zidan faol bo’lgan metall yordamida (rux, 
alyuminiy, qo’rg’oshin, temir); 
Sorbsiyalash usuli, faollangan ko’mir va ionalmashinuvchi qatronlar 
yordamida sorbsiyalash; 
Elektrolitik ajratib olish; 
Erimaydigan sulfid shaklida cho’ktirish.
Chet el amaliyoti shuni ko’rsatdiki eng ko’p tarqalgan usul bu 
sementatsiya va faollangan(aktivlangan) ko’mirda sorbsiyalashdir.
Uyumda tanlab eritish tugagandan so’ng chiqindi uyumda qoldiq 
sianid va og’ir metallar uchraydi. Bu massa va eritmalar 
zararsizlantirilishi lozim. Sianli eritmalarni zararsizlantirish uchun maxsus 
usullar qo’llaniladi: kimyoviy oksidlash va biologik tozalash.


65 
Kimyoviy 
oksidlash 
gipoxlorit, 
vadorod 
qo’shoksid, 
kaliy 
permanganate, ozon, SO
2
gazlari va havo yordamida olib boriladi.
Uyumda tanlab eritish texnologiyani oddiyligi va iqtisodiy kamxarjligi 
bilan boshqa jarayonlardan farq qiladi. Shuning uchun ham oltin va 
kumushning ajratib olish foizi kam. Shu omillarni hisobga olganda 
uyumda tanlab eritish jarayoni 1-2 g/t oltin saqlagan kambag’al rudalarni 
va oltin ajratib oladigan fabrikalarining chiqindilarini qayta ishlashga 
mo’ljallangan. Uyumda tanlab eritishning qo’llanilishi nisbatan boy ruda 
uchun ham samaralidir, lekin juda ham boy ruda uchun emas.
Ko’p 
afzalliklarga 
qaramasdan 
uyumda 
tanlab 
eritishning 
kamchiliklari ham mavjud: kimyoviy reagentlarning ko’p sarf bo’lishi, 
ko’p yer maydonining sarf bo’lishi, xarajatlarning ko’pligi. 
Murakkab tarkibli(sulfidli) rudalar va chiqindilar uchun uyumda 
tanlab eritish kam samarali. Sianidli eritmada uyumda eritish olib borish 
iqlimi mo’tadil maskanlar uchun foydalidir chunki eritish 6-8 oy va 
ba’zida yil talab qilishi mumkin. Shimoliy rayonlarda issiq havoi faqatgina 
3oy davom etadi bu esa sianidli eritmada uyumda tanlab eritish uchun 
samarasizdir.
Rossiyalik bir guruh olimlar uyumda tanlab eritishning alternativ 
usulini ishlab chiqishdi, bu sulfat-xlorid kislotali marganes ikki oksid 
ishtirokidagi tanlab eritish. Jarayon juda tez amalga oshirilib bir necha kun 
davom etadi. Jarayonning mohiyati shundaki sulfat-xlorid kislotali 
muhitda marganets ikki oksidining gidratlnishi hisobiga 3 va 4 valentli 
marganets xlorid komplekslarini hosil bo’ladi va ular nodir metallarni 
eritmaga o’tishini ta’minlaydi. Sianidli uyumda tanlab eritishdan ko’ra 
sulfat-xlorid kislotali uyumda tanlab eritish quyidagi afzalliklarga ega: 
-
Atrof muhitga xavflilikning kamayishi; 
-
Atrof muhitni himoya qilish bilan bog’liq xarajatlarning tejalishi; 
-
Jarayonning yuqori tezligi; 
-
Nodir metallartni ajralishining yuqorililigi; 
-
Murakkab tarkibliu sulfid-margumushli rudalardan oltinni to’g’ridan 
to’g’ri ajratib olinishi.
O’zbekistonda bu usul bilan Kumusti konlari qayta ishlanadi. Sulfat 
kislota sarfining yuqoriliga qaramasdan (1g oltin uchun 50kg H
2
SO
4



66 
rudani qayta ishlash samaralidir. Ba’zi alohida olingan rudalarda sulfat 
kislorta sarfi 1gr oltin uchun 20…208kg, marganets ikki oksidi 4…128kg. 
Ruda tarkibidagi oltin miqdori 2,8…7,5g/t bo’lganda oltinning ajralishi 
80…94%, eritmadagi oltin miqdori 1,0…4,8mg/l. Tanlab eritish jarayoni 
davomiyligi 13…48soat.
Oltinni uyumda tanlab eritish sexi (UTES) ilgarigi «Zarafshan - 
Nyumont» korxonasi NKMK 25 yillik faoliyati natijasida Muruntovning
balansdan tashqari yig‘ilib qolgan rudasini qayta ishlash uchun 1992 
bunyod ishga krishilgan. 1,4g/t oltin biriktirgan 220 mln.t ruda qayta 
ishlashga mo’ljallangan (Oltinni ajralishi50%). Loyiha uchun 225 million 
AQSH dollari sarflangan. 1995yil dastlab oltin eritib olina boshlagan. 
Bunda 2 200 000 m
3
hajmdagi tuproq ishlari; 15 300 m
3
beton; 88 000 m 
quvur ; 121 000 m elektr kabel liniyalari o‘tkazildi. Sexning loyihaviy ruda 
bo’yicha ish unumdorligi 13,8 mln. t/y i/ch yillarga muvofiq oltin 7-12 t. 
yetadi. Oltinni uyumda tanlab eritish sexining soddalashtirilgan sxemasi
11 rasmda keltirilgan. Sanoan operatsiyalari quyidagicha amalga 
oshiriladi: Ruda D10L markali uchta buldozerda D992 markali frontal 
yuklaydigan mashinalarda yuklanib «Nordberg 1560» markali jag‘li 
maydalagichning qabul qilish bunkeriga uzatiladi va -150 mm 
kattalikgacha maydalanadi . Jag’li maydalagich tebranuvchi kolosnik 
elaklari bilan uyg’un ravishda ishlab konveyer orqali keyingi jaroyonga 
uzatiladi. 


67 

Download 39,03 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish