68
sistemasi orqali eni 80 m va balandligi 10 m qilib tanlab eritish
maydoniga shakllantiriladi.
Uyumning loyihaviy balandligi 80 m. ( har biri 10 m. 8 ta qatlam)
Konveyer orqali yanchilgan rudaga sement, oxak va suv qo‘shiladi.
Sement mayda bo‘lakchalarni bog’lab, yiriklashtirib erituvchini filtrlanish
tezligini
oshiradi,
chang
hosil
bo‘lishini
kamaytiradi.Uyumni
mustahkamligini oshiradi. Oxak eritmaning pH
ni rostlashga ishlatiladi
chunki, natriy sianid kislotali muhitda parchalanadi.
Erituvchi, quvrlar sistemasi orqali ruda materiali qatlamining yuqori
maydonidan tomchilatib sepkichda soatiga 7 lm
2
miqdorida sarflanadi.
Tomchilatib sug’orish, suvning bug’lanib yo’qotilishini, uyumning butun
yuzasi bo‘ylab teng tarqalishini oldini oladi. Erituvchi uyumdan sizib
o’tib, rudadagi oltinni eritadi, uyum tagidagi ikkita kanal orqali yig‘uvchi
hovuzga to‘planadi va unda oltinning konsentratsiyasi
uni samarali
ajratish darajasiga yetmagunicha eritma qayta-qayta tanlab eritish uchun
uyum tepasiga qaytariladi. To‘yingan eritma undagi cho‘kindilarni ajratish
uchun filtrlavchi elementlardan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng kislorodni
yo’qotish uchun ikkita vakuumli deaeratsiyalanadi. Shundan so‘ng
eritmaga rux kukuni va qo‘rg‘oshin nitrat qo‘shiladi,
natijada oltin va
boshqa metallar rux bilan birikib cho‘kadi. Hosil bo‘lgan cho‘kma to‘rtta
filtr-pressda yig’iladi, eritma esa uyumda tanlab eritish jarayoniga
qaytariladi va sikl qaytarila veradi. CHo‘kma asosiy metallarni oksidlash
uchun ikkita pechda 650 °C kuydiriladi. Qizdirilgan cho‘kma
flyus bilan
aralashtiriladi (bura aralashmasi, selitra va kremnezem) undan keyin yoyli
suyuqlantiruvchi pechda suyuqlantiriladi.
Suyuqlanish vaqtida oksidlangan metallar shlakka o’tadi, oltin
zarrachalari bir-biri bilan birikib, og‘irlik kuchi ta'sirida cho‘kadi,
suyuqlantiruvchi tigl tubiga yig‘iladi.
Suyuqlantirish tugagunidan so‘ng tigldan (kovush)
dastlab shlak ,
so‘ngra oltin quyib olinadi. Suyuqlantirib olingan oltin qo‘ymasida 10 %
gacha kumush, 5 % gacha mis, 3-4 % qo‘rg‘oshin, 2-3 % boshqa
aralashmalar bo‘ladi. Qotishmani affinaj
qilish va tayyor mahsulotda
oltinni 99,99 % ga yetkazish 2-GMZ da amalga oshiriladi. Affinaj
69
jarayonida yig‘ilgan kumush qo’shimcha mahsulot sifatida ajratilib
sotiladi.
“UTES”ning faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
uning ish
unumdorligi loyihaviy quvvatiga bir muncha yaqinlashgan (11-jadval).
Umuman olganda uyumda tanlab eritish ekologik maqbul, texnologik
jihatidan, chiqitsiz, silliq yopiq jarayondir.