Nazorat savollari
1.
Oltin tarkibli rudalarni sianlash jarayonining nazariyasiga nimalar
kiradi?
2.
Sianlashning asisiy fizik-kimyoviy xossalariga nimalar kiradi?
3.
Sianlash jarayoniga ta’sir etuvchi omillarga nimalar kiradi?
54
7 - ma’ruza
SIANLASH JARAYONINING AMALIYOTI VA DASTGOHLARI
Reja:
1. Sizdirib o’tkazish orqali sianlash.
2. Sizdirib o’tkazish orqali sianlashda kerak bo’ladigan dastgohlar.
3. Sizdirib o’tkazish orqali sianlash jarayoni kamchiliklari.
Kalit so’zlar:
sizdirib o‘tkazish, Darsi formulasi, sizdirib o‘tkazish tezligi,
sinil eritmasi, uyumning balandligi.
Rudani sizdirib tanlab eritish nisbatan yirik yanchilib, o’zidan suyuq
eritmani tez o’tkazib yuboradigan, oltin zarralariga sinil eritmasi borishiga
imkon bera oladigan hollarda amalga oshiriladi. Bunday usul bir necha
qatlam ruda tarkibidan eritmani sizdirib o’tkazish bilan amalga oshirishga
imkon beradi. Sizdirib o’tkazib eritishda rudani tayyorlash katta
ahamiyatga ega. Sizdirish tezligi sm va soatlar bilan o’lchanadi. Soatiga
5sm sizib o’tish yaxshi ko’rsatgich hisoblanadi. Sizdirib eritish tezligi
umumiy holda quyidagi formula bilan o’lchanadi (Darsi formulasi).
=K*S*P/
*h
Bunda :
- sizib o’tish tezligi.
S - yuklash balandligi kesma yuzasi.
K - ruda to’sham singish konstantasi
P - to’shamdagi o’tish bosim o’zgarishi
- eritma qovushqoqligi
h - yuklangan ruda balandligi
bu yerda K-materiallarning singdirish konstantasi o’zgaruvchan
kattalik bo’lgani uchun bu formuladan foydalanishda qiyinchilik
tug’diradi.
Eritma singib o’tishi uchun ayrim holda har bir bo’lakning singdirish
kattaligi ham axamiyatlidir (yoriqlar, kapilyar kanalchalar va h.k.). shu
bilan birga har bir bo’laklarning o’zaro joylashuvi ham etiborli bo’lishi
55
kerak. Chunki har bir zarraning o’zaro joylashuvi ham eritmaning sizib
o’tishida ahamiyat kasb etadi. Ruda zarralari soqqa shaklda, kub, rombik
shakllarda deb faraz qilinsa, ularning eritma o’tkaza oladigan g’ovak
hajmlari turlicha bo’ladi. Agar kub shakldagi materiallarda 47,64 % hajm
g’ovak bo’lsa, romb shakllarida bu hajm 25,96 % ni tashkil etadi. Soqqa
shakldagi zarralarni a) va b) ko’rinishda joylashtirish ham mumkin.
Soqqa shakldagi zarralarni taxlash usullari.
A) ustma-ust taxlash.
B) zichlab taxlash.
Material zichligi va g’ovakligi ma'lum bo’lsa, sinil eritmasi miqdori
bu g’ovaklarga necha hajm ketishini hisoblash mumkin. Rombik shakl
rudalar uchun g’ovaklik 26%, material zichligi 2,7, bunda g’ovaklar
bo’shligiga ketadigan eritma miqdori:
С
= 26*100/74*2.7=13,1%
qattik xom-ashyoga nisbatan 13,1% hajmda eritma lozim bo’ladi.
Agar xom-ashyo kub shaklida bo’lsa, g’ovaklik 47,5 % olinsa
С
= 47,5*100/52,5*2,7=38,5%
erituvchining ruda g’ovaklari va kanal tirqishlariga, yoriqlariga
singish, diffuziyasi shu jarayonning samaradorligini belgilaydi. Rudaning
gidrofil yoki gidrofob sirt yuzasi ham rol uynaydi. Shu boisdan ayrim
holda mineral sirtini yuvadigan gidrofilga aylantiradigan sirt faol
reagentlar qo’llash ham zarur bo’ladi. Gidrofil kobiliyatli reagentlar sizib
eritish jarayoniga ijobiy yordam beradi. Bu usuldagi tanlab eritish
rudaning fizik - kimyoviy xossasi bilan birga undagi oraliq gazlarning
eritmalarda erishiga ham bog’liqdir. Kanal, kopilyar, yoriqlardagi
gazlarning erishi, eritma sizishini ma'lum darajada tezlashtiruvchi
omillardandir.
Sizdirib o’tkazish orqali sianlash jarayoni quyidagi turlarga bo’linadi:
1) chanlarda tanlab eritish;
2) uyumda tanlab eritish;
3) yer ostida tanlab eritish;
Nodir metallar metallurgiyasida birinchi ikki usul qo’llaniladi, yer
ostida tanlab eritish esa qo’llanilmaydi.
56
Sizdirib eritish (perkolyatsiya) sinil eritmalarining ruda tarkibidagi va
erkin oltin bilan aloqada bo’lib, uning eritmaga o’tishi va ruda balandligi
bo’ylab pastga sizib o’tishiga asoslangan. Bu usulda maydalab yanchilgan
ruda tosh suzish uchun suzgi yotqizilgan changa jolashtirilib, unga sinil
eritmasi beriladi. Eritma suzib, suzgichdan o’tib, drenajli chuqurga oqib
tushadi. Keyin chandagi ruda oldingi eritmadan suyuqroq konsentratsiyali
eritma yuborib, so’ng esa suv bilan yuviladi. Oltinli eritma undagi metallni
cho’ktirib olish uchun maxsus sexga yuboriladi. Oltindan xoli bo’lgan ruda
yoki qum channing tagligidagi maxsus tuynukdan bo’shatilib, transportga
yuklab tashlama joyga yuboriladi. Sizdirib eritish sodda va arzon usuldir.
Unda oddiy dastgoh va uskunalar qo’llaniladi, unda bo’tanani aralashririb
berish uchun aralashtirgich mexanizmlardan qo’llaniladi.
Chanlar yog’och yoki yupqa po’lat tunukalardan yasaladi. Yog’och
chanlar arzon va qulay, ammo ular uzoq ishlamaydi va tirqishlaridan
eritma oqib ketish xavfi bor. Temir chanlar qalinligi 5-10 mm. po’lat yassi
tunukalardan yasaladi. O’rta korxonalarda chanlar hajmi 75-100 t. va yirik
korxonalarda 800 t. qum sig’imli bo’ladi. Chuqurligi rudaning eritmani
o’tkazish qobiliyatiga asosan tanlab olinadi. Chuqurligi 2,5-4 metrgacha
olinadi. Ruda xossasiga asosan diametr shu xom-ashyoning eritmani
o’tkazish, singdira olish qobiliyatiga asosan tanlanadi. Odatda chan tagligi
filtrlovchi taglikdan iborat yotqizma bo’ladi. Bu taglik parallel yotqizilgan
yog’och g’o’la va to’sinlardan iborat bo’ladi. Bu taglikka perpendikulyar
g’o’lalar o’rnatib, ustki to’sin yog’ochlar bilan teriladi. Bu to’sinlarning
diametri kichikroq oraliqlari bir-biriga yaqin teriladi. To’sinlarning ustki
qavatiga tiqilgan aylana shakldaki g’o’la to’shama yotqiziladi. Uning
chekkalari, chan devorlariga zichlab qapishtiriladi. Ba'zida holat tagidagi
to’sinlar o’rniga ko’plab teshiklar teshilgan yog’ochlar o’rnatiladi. Ishlatib
bo’lingan qum yoki rudani to’kish uchun, chan tagida bo’shatish
tuynuklari o’rnatiladi. Ularning qopqog’i cho’yandan bo’lib, ish paytida
zich berkitib turadi. Eritmani chiqarish uchun filtr tagidan devorga
tutashgan joyidan po’lat kranlar o’rnatiladi. Ularning diametri 25-75 mm
bo’ladi. Chanlar tayanch to’sinlar ustiga qo’yiladi. To’sinlar og’ir yuk
ko’tarishga mo’ljallangani uchun oralig’i 50 sm dan o’rnatiladi. Bu
to’sinlar o’z navbatida beton poydevor yoki temir asoslarga
57
maxkamlangan bo’ladi. Asos yoki poydevorlar balandligi chandagi xom-
ashyoni ishlatib bo’lingach bo’shatilib, ko’priklarga yuklatishga mo’ljallab
olinadi. Sizdirish tezligi zarralarning o’lchami, shakli, ularning bir xilliligi,
yotqizish uslubi, hamda yuklash balandligi bo’yicha, bosim va harorat
orqali belgilanadi. Xom-ashyoning mineralogik tarkibi ham sizish tezligiga
ta'sir ko’rsatadi. Zarralar g’ovakligi ham sizish tezligiga ta'sir ko’rsatadi.
Shu sababdan yirik donali xom-ashyo mayda donali xom-ashyodan ko’ra
tez sizib o’tkazadi. Agar zarralar bir to’r bo’lsa, sizish tezligi ildamliroq
bo’ladi. Eritma xom-ashyodan tezroq bo’shaydi. Eritmaning chan tubiga
o’rnatilgan
suzish
qatlamidan
suzib
o’tishi
ham
jarayonning
samaradorligiga yaxshi ta'sir ko’rsatadi. Xom-ashyoda loyqa bo’lishi har
qanday omilkor urinishlarda ham, oltinning erish tezligini susaytiradi.
Loyqa ko’payib ketgan hollarda bu usul bilan eritish masalasi
texnologiyadan olib qo’yilishgacha borib yetadi. Shu boisdan rudalardan
turli usullarda masalan bo’tana va boshqa idishlarda eritib olish
qo’llaniladi. Loyqasi olingan ruda g’ovak bo’lib, u changga tushirilganda
uning oralig’idan sinil eritmasi yaxshi sizadi. Qum yoki ruda xom-ashyosi
bilan to’ldirilganda butun hajm bo’ylab bir xil tekis taqsimlangan xom-
ashyo samarali eriydi. Xom-ashyoni yuklashda uni turli usulda yotqizish
taxlab chiqish mumkin. Tuqiluvchi xom-ashyolarni yuklashda lentali
trasporterlardan foydalaniladi. Xom-ashyoni chandan bo’shatib olishda
maxsus bushatgich aravachalardan foydalaniladi. Ular trasportyor
lentalarining ichki tomonidagi relslarga o’rnatilgan bo’ladi. Qumlarni suv
bilan yanchishda va tasniflashda gidravlik tranportlardan foydalaniladi.
Tasniflash spiral klassifikatorlardan olingan xom-ashyo suv bilan
aralashgani uchun uni o’zi oqar usulda maxsus tarnovlar yordamida
chanlarga yuklash mumkin.
Qumlar changi o’tirib cho’ksa, ortiqcha suvlar yon atrofidagi
tarnovlardan oqib tushadi.
Xom-ashyo bilan to’lgan chan ichidagi namlik chan tagidagi suzgich
yotqizmalardan o’tib, suvsizlantiriladi. Tanlab eritishga yuborilgan sinil
eritmasi yuqoridan pastga qarab yoki pasdan yuqoriga, ayrim hollarda esa
aralashtirishga yuborilishi mumkin. Yuklangan xom-ashyo tomonidan
58
yutiladigan eritma miqdori quyidagi tenglama orqali topilishi mumkin.
Ya'ni bir (1) tonna xom-ashyo uchun sarf bo’ladigan eritma miqdori:
Q =
/(100-
)*D
bunda:
D –zichlik.
-g’ovaklik, % .
Odatda sizdirib eritish uchun eritma kuchli konsentratsiyadan
kuchsizga tomon porsiyalar bilan birin-ketin yuboriladi. Dastlabki kuchli
konsentratsiyali eritmada 0,1-0,2% NaCN, keyingi o’rtachasida 0,05-0,08
% NaCN, va so’ngi kuchsiz eritmasida 0,03-0,05 % NaCN bo’ladi. Butun
xom-ashyo bo’ylab eritma singib o’tish vaqti o’rtacha 1,5 soatni tashkil
etadi. Eritma konsentratsiyasi va vaqti bu yerdagi xom-ashyo turi, oltin
miqdori, xom-ashyodagi qo’shimchalarga bog’liq holda tayyorlanadi.
Chanlarga eritmalar portsiya bilan, aslida esa uzluksiz quyilishi kerak.
Xom-ashyoni tanlab eritish davriy (porsiyali) holdi olib borilsa, eritma
quyidagicha quyiladi. Birinchi gal, quruq xom-ashyoga nisbatan 25-50 %
eritma quyiladi. Qum yoki boshqa xom-ashyo ustida eritma balandligi 50-
70 mm ga yetsa, eritmada xom-ashyo 6-24 soat davomida eritiladi. Bu
vaqt davomida ko’pgina yoki barcha oltin miqdori eritmaga o’tadi. Agar
eritish davomiyligi uzoq cho’zilib ketsa, erigan kislorod kamayib ketishi
mumkin. Omilkor eritish vaqti tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Eritma vaqti
yetganda chan ichidan filtrga va undan drenaj hovuzchaga to’planib,
oltinni cho’ktirib ajratib olishga yuboriladi. Asosiy eritma oqib bo’lgach,
yuklangan xom-ashyo 6-12 soat shamollantiriladi. Kuchli konsentratsiyali
eritmadan so’ng, o’rta va undan keyin sust konsentratsiyali eritma quyiladi
va oxiri suv bilan yuviladi. Yuvish uchun quyiladigan suv barcha mexanik
yuqolgan va tashlama to’plash (otvalga) ketgan suvdan oshib ketmasligi
kerak. Aks hola jarayonda eritma miqdori oshib ketadi. Ayrim holdi
vakuum suzgich (filtr) ishlatiladi. Vakuum suzgich ishlatilsa oltin ajratib
olish jadallashadi. O’ta mayda zarralarni tanlab eritish jarayonlarida
vakuum suzgichlar ishlatiladi. Ammo bu holda suzgich loyqa bilan
to’yinib qoladi.
Sinil eritmasi bilan oltini eritilgan ashyo turli usullar bilan chan
ichidan bo’shatib olinadi.
59
Qumni quritib tushirib olish.
Quritib mexanik usulda bo’shatib olish.
Gidravlik usulda bo’shatish.
Sizdirib o’tkazish orqali tanlab eritish –qiyin bo’lmagan va arzon
sianlash usulidir. Aralashtirish yo’li bilan sianlashga qaraganda sizdirib
sianlash usuli dastgohlarning soddaligi va kam elektr energiya sarf qilishi
bilan ajralib turadi. Bu jarayonning kamchiliklari shundaki oltin ajratib
olish darajasining pastligi 70-80%, dastgohlarning qo’polligi, qayta ishlash
jarayonining ko’p vaqt talab qilishidir. Hozirgi vaqtda bu usul kambag’al
rudalarni qayta ishlashda va mayin yanchilga rudalarda o’zini
qoplamaydigan vaqtlarda qo’llaniladi.
|