• Kalit so’zlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/87
    Sana23.06.2024
    Hajmi39,03 Mb.
    #265243
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
    Bog'liq
    NodirMM maruza

    Nazorat savollari 
    1. Oltineritilganeritmalarnichiqitlardantozalashdan maqsad nima? 
    2. Davriy va uzluksiz dekantatsiya deganda nima tushiniladi? 
    3. Suzish usullari qanday jarayonlar kiradi?
     
    11- ma’ruza 
    SIANLI ERITMALARDAN OLTINNI RUX KUKUNI BILAN 
    CHO‘KTIRISH 
    Reja:
    1. Oltinni rux bilan cho’ktirishni fizik kimyoviy asoslari.
    2. Qo‘shimchalarning cho‘ktirish jarayoniga tasiri. 
    3. Jarayonning amaliyotda qo’llanilishi.
    Kalit so’zlar: 
    rux kukuni bilan cho‘ktirish, sementatsiya, tiklanish 
    jarayoni, uch komonentli faza, monovariantli. 
    Sian eritmalaridan oltin va kumushni quyidagi usullar bilan ajratib 
    olish mumkin: 
    1) Rux bilan chuktirish; 
    2) Alyuminiy bilan chuktirish; 
    3) Ionalmashtirish smolasi yordamida sorbsiyalash; 
    4) Faollangan ko’mir yordamida sorbsiyalash; 
    5) Ekstraksiya. 
    Sianlash jarayonining rivojlanib boshlanayotgan paytda sian 
    eritmalaridan nodir metllarni cho’ktirishni asosiy usuli bu sementatsiya 
    usulida cho’ktirish edi. Hozirgi kunda esa oltinni sian eritmalaridan ajratib 


    91 
    olish ionalmashunuvchi qatronlar va faollangan ko’mirga asoslangan 
    sorbsiya usuli keng qo’llanilmoqda. Alyuminiy bilan cho’ktirish 
    kumushni cho’ktirishga asoslangan edi. Ekstraksiya usuli hozirgi kunda 
    o’rganilmoqda.
    Oltinni rux bilan cho’ktirishni fizik kimyoviy asoslari.
    Sian eritmalarida metallar kuchlanishlar qatorida ruxning potensiali (-
    1,26 V) oltin (-0,54 V) va kumushning (-0,31 V)potensialiga ko’ra 
    manfiydir.Shuning uchun rux metali sian eritmalaridan nodir metallarni 
    osongina siqib chiqaradi:
    2Au(CN)
    -
    2
    + Zn = 2Au + Zn(CN)
    2-
    4
    (11.1) 
    2Ag(CN)
    -
    2
    + Zn = 2Ag + Zn(CN)
    2-

    (11.2) 
    Asosiy reaksiyalar bir qatorda sementatsiya jarayonida qo’shimcha 
    reaksiyalar ham boradi. Rux kuchli qaytaruvchi bo’lganligi sababli suv 
    molekulalarini qaytarib gaz holidagi vodorod hosil qiladi. 
    2H
    2
    O = H
    2
    + 2OH
    -
    - 2e, φ

    = -0,83 (11.3) 
    Nodir metallarni cho’ktirishda kelayotgan sian eritmalarida hamma 
    vaqt erigan kislorod ishtirok etadi. Yuqori oksidlanish potensialini hhosil 
    qilgan kislorod rux ishtirokida qaytariladi va gidroksil ionlarini hosil 
    qiladi.
    O
    2
    + 2H
    2
    O = 4OH
    -
    - 4e φ
    o
    =+ 0,40 В (11.4) 
    Shuning uchun ham ruxning ma'lum bir qismi sementatsiya jarayonida 
    bexuda sarf buladi:
    Zn + 4CN +2H
    2
    O = Zn(CN)
    4
    2-
    + H
    2
    + 2OH
    -
    (11.5) 
    Zn + 8CN +О
    2
    +2H
    2
    O = 2Zn(CN)
    4
    2-
    + 4OH
    -
    (11.6) 
     
    Nazariy jihatdan reaksiya (a) ga ko’ra 1g, Au uchun 0,19 g Zn sarf 
    bo’ladi. Amalda esa 10 barobar ortiqdir. 
    Hozirgi zamon nazariyasiga ko’ra bu usul elektrokimyoviy jarayondir. 
    Uning ishi galvanik element ishiga qiyoslanadi.


    92 
    Sementatsiya 
    jarayonini 
    tezlashtirish 
    uchun 
    duffuziyani 
    tezlashtiradigan hamma usullar ya'ni, katod yuzasini oshirish, samarali 
    aralashtirishni oshirish, haroratni oshirish kerak. 
    Amaliyotda oltinni cho’kishini tezlashtirish maqsadida rux yuzasi 
    qo’rg’oshin metali bilan qayta ishlanadi, ya'ni rux metali qo’rg’oshinni 
    biror bir tuzi bilan qayta ishlanadi(nitrat yoki sirka kislotali).
    Aralashtirish sementatsiya jarayoniga ikki xil natija beradi, 
    birinchidan 
    oltinni 
    qaytarilishini 
    tezlashtiradi 
    ya'ni 
    cho’kishini 
    tezlashtiradi, ikkinchidan kislorodni qaytarilishini tezlashtiradi, bundan 
    kelib chiqadiki ruxni behudaga sarf bo’lishi oshadi. Shuning uchun 
    amaliyotda sian eritmalaridan nodir metallarni cho’ktirishdan oldin 
    deaeratsiya jarayoni olib boriladi. Bu esa oltin sian anionlarini rux 
    yuzasida diffuziya tezligini oshiradi, shu bilan birga oltinni qaytadan 
    erishini va ruxni sarfini kamaytiradi.
    Nodir metallarni cho’ktirishda jarayon uchun quyidagi sharoitlar 
    qulaydir: 
    1) Eritmalarni dastlabki kislorodsizlantirish (deaeratsiya); 
    2) Yuqori sifatli yuzaga ega bo’lgan rux metalini ishlatish; 
    3) Ruxni qo’rg’oshinlash;
    4) Sian va ishqorni kerakli lekin juda ham yuqori bo’lmagan 
    konsentratsiyasini ishlatish;
    5) Jarayonni tindirib olib boorish.
    Sementatsiya jarayonida ko’p hollarda eritma tarkibidagi qo’shimcha 
    metallar zararli ta'sir ko’rsatadi. Ularning ta'siri shundan iboratki rux 
    yuzasida zich parda hosil qilib cho’kish jarayonini sekinlashtiradi, ayrim 
    hollarda umuman to’xtatib qo’yadi. 
    Eritmada sulfidlarni ishtirok etishi natijasida rux va qo’rg’oshin 
    sulfidlari hosil bo’ladi, bu esa jarayonni sekinlashtiradi. Eritmada mishyak 
    ishtirokida ruxni izolyatsiya qiladigan kalsiy arsenat hosil qiladi. 
    Eritmadagi mis metali rux ishtirokida osongina siqib chiqariladi va uning 
    yuzasini qoplaydi.
    Sementatsiya jarayoniga shuniningdek kalloid kremniy kislotasi 
    H
    2
    SiO

    ham salbiy ta’sir ko’rsatadi, u ohaktosh bilan birikib CaSiO

    ni 
    hosil qiladi u esa jarayonni sekinlashtiradi.


    93 
    Qo’rg’oshin eritmada galenit ioni shaklida uchrasa, kalsiy plyumbit 
    CaPbO

    hosil qilib rux aktivligini susaytirishga olib keladi.
    Mis sianid eritmalarida anion holida uchrab ruxni oson siqib chiqara 
    oladi: 
    2Cu(CN)
    3
    2–
    + Zn = 2Cu + Zn(CN)
    4
    2–
    + 2CN
    – 
    Va uni yuzasini qoplaydi.
    Mis konsentratsiyasi yuqori bo’lgan hollarda cho’kish jarayonini 
    mutloq to’xtatib qo’yadi. Bu hollarda misdan tozalash maqsadida eritmaga 
    birinchi qo’rg’oshinsizlashtirilgan rux ishlatiladi, ya'ni mis rux metali 
    yuzasiga cho’kadi, undan keyin qo’rg’oshin bilan qayta ishlangan rux 
    ishlatiladi. Chunki qo’rg’oshin bilan qayta ishlangan rux metalida misni 
    cho’kishi qiyin boradi.
    Rux bilan cho’ktirish amaliyoti.
    Sinil eritmalarini tindirish. 
    Cho’ktirish oldidan eritma tip-tiniq bo’lishi kerak aks holda rux, oltin 
    va kumush zarrachalari ustiga to’g’ridan-to’g’ri aloqada bo’la olmaydi. 
    Shu sababdan eritma ichida muallaq holda suzib yuruvchi zarralar 
    bo’lmasligi kerak. quyultirgich va suzgichlardan o’tgan oltin tarkibli 
    eritma maxsus idishlarda tindiriladi. Eritmalarni tindirish uchun qumli, 
    ramli, vakuumli, ramali press suzgichli, qopli va boshqa suzish qurilmalari 
    qo’llaniladi.
    Vakuum - filtirlar: ularning davriy va uzluksiz ishlaydigan turlari 
    mavjud. Davriy ravishda ishlaydigan vakuum suzgichlaridan biri nutch-
    suzgichdir. Uning tagi yassi bo’lib, vakuum orqali havo so’riladi. Taglik 
    ostida to’sik orqali so’rish vakuum o’rnatilgan. Bu dastgohning suzish yuzi 
    tagligi 1m
    2
    dan 6 m
    2
    gacha yetadi. Cho’kmaning qalinligi 50-100 mm 
    bo’ladi. Ishchi vakuum 500-700mm simob utuniga teng. Ko’pincha 
    bunday chanlar ag’darilma usulda ishlaydi va bu bilan uni bo’shatish 
    osonlashadi. Bu suzgichlar ishlatishda oson bo’lganligi uchun ko’pgina 
    korxonalarda qo’llaniladi. Uning kamchiligi o’z maxsuldorligi va qo’l 
    bilan bo’shatilishga ham o’rin bo’ladi. Ramli vakuum suzgichlar hozir 
    ham oltin saralash fabrikalarida ishlatilmoqda. Bu suzgichlar bir nechta 
    suzish matoga o’ralgan. Ramlarning yonma-yon quyilishida changga 
    o’rnatilgan bo’ladi. Bu suzgi temir naylari yumshoq rezina nay orqali 


    94 
    vakuumga ulangan. Ustki temir naylar orqali suzilgan filtrat surib olinadi. 
    Ramlar tortilgan suzish matolariga o’ralgan. Ramalar soni 24 dona bo’lib, 
    piramida taglik ustida o’rnatilganlar. Ramli vakuum suzgichlar 2-5 
    soatcha bo’ladi. Cho’kma keklarda qolgan namlik 25-35%, maxsuldorligi 
    3,0 x 1,5 m. Rama yuzasi 1,5 - 3,5 t quruq maxsulotga teng. 1m
    2
    yuzasidan 
    0,7 -0,4 t maxsulot olinadi (kek).
    Uzluksiz ishlaydigan vakuum suzgilar: bu filtrlarning turlariga 
    barabanli suzgi filtrlar kiradi.
    Barabanli suzgichlar:
    A) ustki yuzada suzish; 
    B) suzish yuzasida ichki qismida bo’ladi; 
    G) diskli.
    Bunda barcha jarayonni avtomatlashtirish mumkin. Bu suzgich 
    barabani minutiga 3-12 marta aylanadi.
    Yuzada cho’kkan cho’kmadan iborat. Aylanayotgan baraban orqali 
    suzgich eritma surilidi. Eritmasi surilgach, baraban aylanish borasida 
    cho’kma yuvishga va quritilish zonasiga o’tadi. Qurilgan cho’kma surib, 
    qirib tushiriladi. Vakuum-suzgichlarda 1-2 ta resiver o’rnatiladi. Bu 
    resirverlar 
    orqali 
    vakuum-nasos 
    moslangan 
    quvur-naylar 
    orqali 
    taxsimlovchi qurilmaga bog’langan. 
    Filtrat eritma va yuvish suvlari resiverda to’planib, markazga intilma 
    nasoslar orqali chiqarilib yuboriladi. Bunday barabanli vakuum-suzgalarni 
    mahsuldorligicha, suzilishga berilgan mineral zarralarning fizik-kimyoviy 
    xususiyati va katta kichik o’lchamlariga bog’likdir. Butana S : Q = 1,5 : 1 
    bo’lib. Sutkasiga 1 t/m
    2
    dan oshmaydi.
    Diskli (lappakli) vakuum-suzgilar odatda keng ko’llamda ishlatiladi.
    Bunday dastgohlar ixcham, shlatilishda qulay, ular tagligidagi jom 
    idish bir-ikki bo’limga bo’linib, har bir bo’limidagi suzish uskunalari har 
    xil ashyo butanalarini suzish mumkin. Vertikal o’rnatilgan - yuvish oson 
    emas.
    Shu 
    boisdan 
    kek 
    chanlarda 
    repulatsiyalanadi(ya'ni 
    butana 
    yumshatiladi). Buning uchun kek maxsus chanlarda suv yoki maxsus 
    eritma bilan yuviladi aralashtiriladi. 


    95 
    Sianli eritmalardan oltinni cho’ktirish jarayoni rux kukuni yordamida 
    amalga oshiriladi. Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi, tindirilgan 
    oltintarkibli sianidli eritma kislorodsizlantirishga yuboriladi, rux kukuni va 
    nordon qo’rg’oshin tuzi bilan aralashtiriladi va oltinruxli cho’kmani 
    ajratish uchun filtirlanadi. Qo’rg’oshinlangan rux kukuni yuzasi katta 
    bo’lganligi sababli sementatsiya jarayoni tez va to’liq amalga oshadi, 
    shuning bilan oltinning asosiy qismi aralashish vaqtida cho’kadi va 
    filtirlash vaqtida filitir yuzasida qoladi.
    Jarayonning dastgohlar ketma-ketligi 10-rasmda keltirilgan.
    Tindirilgan oltintarkibli eritma 6 quvur orqali changa tushadi. 
    Eritmaning berilishi qalquvchi mexanizm orqali nazorat qilib turiladi va u 
    qopqoq bilan bog’langan 
    7
    . Eritmani kislorodsizlantiruvchi dearatorga 3-
    quvur orqali uzatiladi, u yerda eritma 700…725mm simob ustunida 
    siyraklashtirish olib boriladi. 
    Dearatorning pastki qismida paplovok o’rnatilgan bo’lib u dastak 
    bilan, qopqoq 4 bilan, va 3- ta’minlovchi quvur bilan bog’langan. Bu 
    qismlar yordamida eritmaning (600mm) doimiyligi ushlab turiladi. 
    Vakkum 
    reserverdan(dearator-kislorodsizlantiruvchi 
    qurulma) 
    eritmadagi kislorod konsentratsiyasi 0,5-1mg/l holida chiqib ketadi. 
    Kislorodsizlantirish jarayoni rux sarfini kamaytirishga, oltinni cho’kish 
    jarayonini tezlashtirishga va to’liq borishiga, oltin cho’kmalar sifatini 
    oshirishga olib keladi. 


    96 

    Download 39,03 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish