O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

11.1-rasm.
Sementatsiya jarayonning dastgohlar ketma-ketligi va 
texnologiyasi: 
1 – vakuum-nasos; 2 – vakuum riserver(dearator); 3, 6, 16 – quvurlar; 
4, 7, 10 – qopqoqlar; 5 – dastak; 8, 17 – markazlashgan nasos; 9 – chan; 
11 – ta’minlagich; 12 – aralashtirgich(quyultirgich); 13 – vakuum-rom; 
14 – deflektor; 15 – cho’ktirish chani.
Resiverdan 
kislorodsizlangan 
eritma 
8-nasoslar 
yordamida 
quyultirgichga kelib tushadi. Eritmani quyultirgichga berishda 10 qopqoq 
bilan bog’langan poplovok orqali amalga oshiriladi. Nasosni qo’llamaslik 
maqsadida odatda dearatorlar quyultirgichdan 9m balandlikka o’rnatiladi. 
Bu esa eritmani yuqoridan pastga o’z bosimi ta’sirida erkin tushishini 
ta’minlaydi.
Aralashtirgichda eritma bilan ta’minlagichdan yuklangan rux 
kukunlari aralashtiriladi. Rux kukunlarini uzatish uchun turli xildagi 
ta’minlagichlar qo’llaniladi: quvurli, lentali va titrama. Quyltirgichdan 
oltinli eritma vakuum ramali suzgich bilan bog’langan cho’ktirish chaniga 
yuboriladi.
Chan markazida keng quvur o’rnatilgan, o’qda val qotirilgan uning 
pastki qismida propeller, o’rta qismida esa cho’yandan yasalgan parrak 
o’rnatilgan. Val minutiga 130 marta aylanadi. Aralashtirish natijada rux 
kukuni chan hajmi bo’ylab teng taxsimlanadi. Dastgohlar radius bo’ylab 
0,01…0,003
g/m
3
Au
 


97 
vakuum rom, vakuum filtir va tindirgichlar bir xil qilib joylashtirilgan. 
Egiluvchan shlanglar parraklarga 16 quvur orqali ulangan va ular o’z 
navbatida 17 nasos bilan ham bog’langan. So’rish kuchi ta’sirida eritma 
romga so’riladi qattiq mahsulot esa matodan o’tmay filtr mato ustida kek 
shaklida qoladi.
Xozir bu usul jaxonda kupgina zavodlarda kullanilmokda. Shu 
jumladan oltinni rux kukuni bilan cho’ktirish Uzbekistonning Namangan 
viloyati, Chodak oltin fabrikasida kullaniladi. Buning uchun uta tindirilgan 
eritma deaeratsiyalanadi. Rux kukuni ma'lum mikdorda doza bilan 
uzluksiz to’kilib aralashtiriladi. Sungra cho’kma suzib, oltinsiz eritmadan 
ajraladi. Suzish uchun vakuum ramali, filtr-pres, kubsimon yoki simli 
filtrlarda ishlatish mumkin. 
Bu usulda ishlatilgan rux kukuni, toza nav 95-97% Zn bo’lgan 
kukundan foydalanish zarurdir. Unda yirik uvoqlar bo’lmasligi lozim. 
O’lchami -0,105 mm bo’lgan kukun miqdori 95% dan kam bo’lmasligi 
kerak. Rux kukuni tez oksidlanishi tufayli uni germetik berk idishlarda 
tashiladi va saqlanadi. O’zining ulkan sirt yuzasiga ega bo’lgan bunday 
rux kukuni oltinni tez va to’liq qaytarib, cho’ktira oladi. Rux kukuni har 1 
t. eritma uchun, oltin konsentratsiyasiga qarab 15÷50 g. gacha sarf buladi. 
Rux kukuni rux, ko’pigiga qaraganda bir necha afzalliklarga ega:
1.
kukun, ko’pikdan ko’ra arzon; 
2.
kukun, ko’pikdan kam sarf bo’ladi; 
3.
oltin to’laroq cho’kmaga tushadi; 
4.
sinil kamroq sarflanadi; 
5.
aylanma oltin va rux kamayadi; 
6.
cho’kma sifati yaxshiroq; 
7.
dastgoxlar ixchamroq; 
8.
avtomatlashtirish imkoni mavjud. 

Download 39,03 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish