O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

5.4.
 
Og’ir muhitda boyitish jarayoni nazariyasi.
Og’ir muhitda boyitish jarayoni zarrachalar aralashmasini zichligi 
bo’yicha gravitatsiya yoki markazdan qochma maydonda ajratishga 
asoslangan bo’lib, muhitning zichligi ajratilayotgan zarrachalar zichliklari 
oralig’ida bo’lishi kerak. Zichligi muhit zchiligidan kichik bo’lgan 


43 
minerallar muhit yuzasiga suzib chiqadi, og’irlari esa cho’kadi. Og’ir 
muhit sifatida og’ir organik suyuqliklar, og’ir tuzlarning suvli eritmalari va 
og’ir aralashmalar – ya'ni og’ir minerallarning o’ta mayda zarrachalarining 
suv bilan aralashmasi qo’llanilishi mumkin. 
Tuzlar aralashmasi va og’ir organik suyuqliklar narxining qimmatligi 
va ish faoliyatini qayta tiklashning qiyinligi tufayli sanoatda 
qo’llanilmaydi. Og’ir aralashmalarda boyitish keng qo’llaniladi. 
Aralashmaning barqarorligi uning asosiy xususiyatlaridan bo’lib, 
boyitish jarayonida mineral zarralarning ajralish tozaligiga ta'sir qiladi. 
Aralashmaning barqarorligi deganda vaqt birligida qatlam bo’yicha 
berilgan zichligini saqlab turish qobiliyati tushuniladi. 
Aralashmaning barqarorligi qattiq zarrachalarning cho’kish tezligi 
bilan aniqlanadi va og’ir suyuqlikning zarrachalari o’lchamiga, haroratiga 
va uning zichligiga bog’liq. 
Aralashmaning barqarorligiga og’ir suyuqlikning tarkibini to’g’ri 
tanlash, aralashmani mexanik aralashtirish va unga normallashtiruvchi 
moddalar qo’shish orqali erishiladi.
Aralashmaning barqarorligini oshirish uchun unga tuproq, juda mayda 
zarrachali og’irlatgichlar, yoki suyuq shisha, oltingugurt alyuminatlar 
(0,001-0,5%) qo'shiladi. 
Aralashmaning qovushqoqligiga ta'sir etuvchi omillar – og’ir muhit 
zarrachalarining o’lchami (qumoqlilik tarkibi) va ularning aralashmadagi 
hajmiy kontsentratsiyasi. Og’ir muhit zarrachalarining o’lchami qancha 
katta bo’lsa, uning qovushqoqligi shuncha kamayadi. 
Og’ir muhit aralashmasini tayyorlash quyidagicha olib boriladi: 
aralashma zarrachalarini maydalash, yanchish, tasniflash va maxsus 
aralashtirgichda suv bilan aralashtirish hamda og’ir muhitda saralash 
uskunasiga yuborish. 
Og’ir muhit aralashmasini uzoq muddat ishlatish uning tarkibini 
boyitilayotgan mahsulot zarrachalari bilan ifloslanishiga olib keladi. 
Aralashmaning dastlabki xususiyatini tiklash uchun regeneratsiya qilinadi 
va jarayonga qaytariladi. Regeneratsiya jarayonida aralashmani boyitish 
mahsulotlaridan ajratiladi va zarrachalar yuzasidan aralashmani yuvib 
tushuriladi. Agar og’ir muhit aralashmasi magnit xususiyatiga ega bo’lsa, 


44 
boyitish stolida yoki flotatsiya mashinasida tozalanadi. 
Foydali qazilmalarni moddiy tarkibining har xilligi va aralashmaning 
fizika-mexanik xossalari, yuqori sifatli ajralishga ega bo’lish zaruriyati va 
boshqa omillar ko’p turdagi og’ir muhit saralagichlarini yaratishga sabab 
bo’ldi. Ular quyidagi asosiy belgilari bilan farqlanadi: 
1) qo’llaniladigan og’ir muhit aralashmasi bilan: suv aralashmali va 
havo aralashmali; 
2) minerallarning ajralish sharoiti bilan: statik va markazdan qochma; 
3) og’ir fraktsiyani bo’shatish usuli bilan: gidravlik va mexanik; 
4) ajraladigan boyitish mahsulotlari soni bilan: ikki mahsulotli va uch 
mahsulotli. 
Yirik donador (o’lchami 6 mm dan katta) mahsulotlarni boyitishda 
statik sharoitda ajratish asosida ishlaydigan saralagichlar qo’llaniladi. 
Mayda donador (o’lchami 6-1 mm) mahsulotlarni boyitishda dinamik 
sharoitda ajratish asosida ishlaydigan saralagichlar – siklon va 
sentrifugalar qo’llaniladi. 
Mahsulotlarni spiral orqali bo’shatadigan barabanli saralagich rangli 
va qora metall rudalarini va nometall foydali qazilmalarni boyitishda 
qo’llaniladi.
Saralagichning barabani tashqi joylashgan roliklarda turadi va 
yurituvchi yordamida bir daqiqada 3; 4 va 6 marta tezlikda aylanadi. 
Barabanga yon tomonda joylashgan qopqoqlarning biri orqali 
aralashma yuklanadi. Bosh mahsulot yuklanadigan va yengil zarralar 
bo’shatiladigan tomon tuynugi diametri og’ir fraktsiya bo’shatiladigan 
tomon tuynugi diametridan kata bo’ladi. 

Download 39,03 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish