O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

5.2.
 
Oltinni shlyuzlarda boyitish. 
Sochma kon (oltin, volfram, qalay va kamyob metallar) rudalarini 
boyitishda shlyo’z deb ataluvchi dastgohdan foydalaniladi. 
Shlyuz - to’g’ri burchak shakldagi qiya tarnovchadan iborat bo'lib, 
uning tubiga trafaret yoki juni o'siq, mato (kigiz, tuki o'siq, movut, g'adir-
budir rezina va h.k.) to'shaladi. 
Shuningdek, metal trafaretlar ham ishlatiladi. Ular suvning uyurma 
(girdob) oqimini hosil qiladi, g'adir-budir materialdan tayyorlangan 
qoplamalar esa shlyo’zning tubi bo'ylab harakatlanayotgan zarrachalarga 
qarshilikni oshiradi va quyi qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi. 
Trafaret va qoplamalar shlyo’zlar ishining sifat ko'rsatkichlarini 
belgilovchi muhim omil hisoblanadi. 
Trafaretlarning balandligi suv oqimi chuqurligidan katta bo'lmasligi 
kerak, o'z navbatida u boyitilayotgan mahsulot yirikligiga harab tanlanadi. 
Odatda oqim chuqurligi boyitilayotgan maxsulotning eng katta zarrachasi 
o'lchamidan 2-3 marta katta bo'lishi kerak. 
Bo'tana shlyo’z bo'ylab harakatlanganda minerallar aralashmasidagi 
zarrachalar zichligi va yirikligiga harab ajraladi.


39 
5.2-rasm.
Bo'tananing yuzasi. 
1-bo'shliq,; 2-uyurma oqimlar; 3-shlyo’z tubi; 4-mat; 5-trafaret; 6-
yirik yengil zarracha va uning yo'li; 7-mayda og’ir zarracha va uning yo'li. 
I - muallaq holdagi zarrachalar qatlami; 
II - birlamchi kontsentratsiyalash qatlami; 
III - oxirgi kontsentratsiyalash qatlami; 
Avval shlyo’z tubiga og’ir minerallar cho'kadi; ular trafaretlar
orasida to'planadi va g’adir-budir yuzada ushlab qolinadi. Yirik mayda 
toshlar hamda yengil zarrachalar suv oqimi bilan shlyo’zdan chiqib ketadi. 
Vaqt o'tishi bilan trafaretlar orasi va junli qoplama uyalari (ko'zlari) da 
og'ir mineral zarrachalari yig'iladi. Yig'ilib-yig'ilib oxiri uyalar to'ladi va 
shlyo’zga mahsulot berish to'xtatiladi. Cho'kkan maxsulot shlix deyiladi. 
Shlix ajratib olinadi. 
Cho’kmani ajratib olish operatsiyasi chayish deyiladi. Avval yuqori 
qatlamda qolgan yengil zarrachalarni ajratib olish uchun shlyo’zga suv 
beriladi. Keyin suv berish to'xtatiladi va trafaretni ajratib olishga 
kirishiladi, bunda to'plangan mahsulot suv bilan yaxshilab yuvib 
tushiriladi. Bu mahsulot yog'och yoki metall kurakchalar yordamida 
shlyuz tubi bo'ylab yuqoriga ko'tarib beriladi (bo'sh tog' jinslarini ajratish 
uchun). Yirik bo'laklar qo'l bilan olib chiqindilar to'planadigan maydonga 
jo'natiladi. Shlyuz tubida qolgan homaki kontsentrat alohida idishga yuvib 
tushiriladi va shlyuz yaqinida joylashgan tozalash dastgohlariga uchun 
yuboriladi. 
Junli matoni yuvish maxsus idishda amalga oshiriladi. Shlyo’zlarda 
cho'kmani ajratib olish ancha qiyin, ko'p mehnat sarflanadigan operatsiya 
hisoblanib, hozirgi ishlab chiharilayotgan zamonaviy shlyuzlarda bu 
jarayon avtomatlashtirilgan.
Shlyuzlarning asosiy texnologik ko'rsatkichlari: qattiq zarrachalarning 


40 
bo'tanadagi miqdori (bo'tananing zichligi), oqimning chuqurligi, 
shlyo’zning qiyalik burchagi, shlyuz tubining turi, shlyuzning kengligi. 
Ular boyitilayotgan mahsulotning xossalariga harab tanlanadi. 
Bu ko'rsatkichlar ishlab chiharish unumdorligi, ajralish va 
boyitmaning sifati kabi boyitish ko'rsatkichlarini belgilaydi. 

Download 39,03 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish