O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

 
 
4.4-rasm.
Gidrosiklon. 
 


35 
Nazorat savollari 
1.
Rudalarni boyitishga tayyorlarga nimalar kiradi? 
2.
Maydalash tegirmonlarini qanday turlari bor? 
3.
Yanchish tegirmonlarining qanday turlari bor? 
 
5 - ma’ruza 
RUDALARDAN OLTINNI AJRATISHNING GRAVITATSION 
USULI 
Reja:
1. Oltinni cho’ktirish mashinalarida ajratib olish.
2. Oltinni shlyuzlarda boyitish.
3. Oltinni konsentratsion stollarda boyitish.
 
Kalit so’zlar: 
cho‘ktirish mashinalari, shlyuzlar, konsentratsion 
boyitish, izotermik, yiriklik darajasi, izobarik. 
 
Nodir metallar boshqa metallardan yuqori zichiligi bilan ajralib turadi 
va u bilan birga kelgan minerallar ham zichligi yuqori bo’ladi. Shu 
sababdan tug’ma holdagi nodir metallarni ajratishda gravitatsiya usulida 
boyitish samara beradi. Ko’pchilik oltin tarkibli rudalar tarkibida ma’lum 
miqdorda sof oltin (+1)mm, uchrab nafaqat flatatsiyada yomon ajraladi 
balki gidrometallurgiyada ham yomon ajraladi. Shu sababdan rudalarni 
boshlang’ich gravitatsiya usulida boyitib yirikllari ajratib olinadi, ularning 
chiqindiga chiqishini oldini oladi va tezroq sotish maqsadida tayyor 
mahsulot olinadi.
Zamonaviy amaliyotda ildizsimon konlar rudalaridan oltin ajratib 
olish uchun gravitatsiya usulida boyitishda quyidagi asosiy dastgohlar 
qo’llaniladi:cho’ktirish mashinalari, shlyuzlar, konsentratsion stol, 
barabanli konsentratorlar, qisqa konusli gidrosiklonlar.
5.1.
 
Cho’ktirish mashinalarida oltin ajratib olish.
Cho’ktirish 
mashinasida boyitish mineral zarralarning zichligi hisobiga tebranuvchi 
oqimda ajralishiga(cho’kishiga) asoslangan.
Gravitatsiya usulida boyitish ruda bo‘lakchalarining zichligi va yirikligi 
hamda formasiga asoslangan. 


36 
Minerallar zichligiga ko‘ra qo‘yidagi turga bo‘linadi: 
1. 
Og‘ir - zichligi 4000 kg/m3 dan ortiq tug‘ma oltin; 
2. 
O‘rta - zichligi 2700-4000 kg/m3; 
3. 
Engil - zichligi 2700 kg/m3 gacha. 
Gravitatsion ajratib olish natijasida olingan mineral zarrachalar guruhi 
fraksiya deyiladi. Yuzaga chiqqan zarrachalar engil fraksiya, cho‘kkanlari 
og‘ir fraksiya, muallaq holdagisi esa qiyin fraksiya deyiladi. 
Gravitatsion boyitish - konchilikda foydali qazilmalarni boyitish 
usullaridan biri minerallar zichligi orasidagi farq hisobiga amalga 
oshiriladi. Gravitatsion boyitishning cho‘ktirib ajratish boyitish stollarida 
ajratish suv quyunlarida (gidrotsiklon) boyitish va boshqa turlari mavjud. 
Gravitatsion boyitish har xil muhitlarda borishi mumkin. Suvli boyitishda 
suv, og‘ir suspenziyalarda, pnevmatik boyitishda havo bilan bu jarayon 
davom etadi. 
Fraksiya - toifa, bo‘lak, guruh, sinf-aralashmaning o‘rtacha 
xossalaridan farq qiluvchi xossaga ega bo‘lgan va undan ajratib olingan 
qismiga aytiladi. 
Fraksion analiz - zichliklari har xil bo‘lgan fraksiyalar cho‘ktirib 
saralash ma'dantosh tarkibidagi javharlarning zichligi va solishtirma 
og‘irlikliklarining farqi hisobiga ularni bir- biridan ajratish jarayoni 
pulsatsiyalanuvchi muhit suv va havoda olib boriladi. CHo‘ktirib saralash 
gravitatsion boyitishning eng ko‘p tarqalgan turidir. 

Download 39,03 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish