27
4.1. Maydalash va yanchish.
Bu jarayonlarning asosiy vazifalari erkin(sof) oltin yuzalarini qisman
yoki to’liq ochish va keyingi boyitish hamda gidrometallurgik jarayonlarga
tayyorlab berishdir. Maydalash va yanchish jarayonlari
elektr energiyani
ko’p talab qiluvchi jarayonlardan bo’lib umumiy sarf xarajatlarning katta
ulushini egallaydi (40-60%).
Modomiki ko’pchilik rudalardan oltin va kumushni ajratib olishning
asosiy jarayoni gidrometallurgik usul bo’lsa, unda yanchish darajasi oltin
va kumush minerallarini eritmalar bilan yaxshi ta’sirlashini ta’minlashi
kerak. Rudalarni yanchish bosqichlarini aniqlab
olish uchun ular avval
tajriba sharoitida tadqiq qilib ko’riladi. Agar oltin ruda tarkibida mayin
holatda joylashgan bo’lsa, shuncha mayin yanchish kerak. Ruda tarkibida
oltin yirik holatda bo’lsa, yanchish jarayoni ham yirikroq holda (0,4mm
90%) amalga oshiriladi. Ko’pchilik rudalar tarkibida yirik oltin bilan birga
mayda oltin uchraydi va bunday rudalar juda mayin holda
yanchiladi(0,074 mm). Ba’zi hollarda rudalarni undanda mayda holda
yanchishga to’g’ri keladi(0,044mm). Boyitish
darajasini tanlashda
iqtisodiy unumdorlikka erishishda quyidagi omillarni inobatga olish
maqsadga muvofiqdir:
1. rudadan oltinni ajralish darajasi;
2. tezkor yanchishda reagentlar sarfining oshishi;
3.belgilangan o’lchamdagi rudani olish uchun qo’shimcha yanchishga
ketadigan xarajatlar;
4. mayin zarrali rudalarning quyultirish va filtirlash jarayonidagi
qiyinlashuvi va qo’shimcha xarajatlarni talab qilishi.
Maydalash va yanchish jarayonlari ruda tarkibi fizik xossalariga
asoslanib tanlanadi va o’zgartiriladi. Ruda avvaliga jag’li
va konusli
maydalagichlarda yirik va o’rta maydalashga jo’natiladi, so’ngra elanadi,
ba’zida mayin maydalash uchun uchinchi bosqich maydalashga yuboriladi.
Ikki bosqichli maydalashdan so’ng yirikligi 20 mm bo’lgan mahsulot
olinadi, uch bosqichli maydalashdan so’ng esa 6mm li mahsulot olinadi.
Maydalash jarayoni deb, kelayotgan ruda o‘lchamini kichraytirish
jarayoniga aytiladi. Boyitish va metallurgiya
korxonalariga kelayotgan
tog‘ jinslari turli o‘lchamda bo‘lib, ularda qimmatli minerallar va keraksiz
28
jins bir-biri bilan yopishib monolit massa hosil qilgan. Rudaning 15-120
mm kattalikdagi parchalanish jarayonini maydalanish deyish mumkin.
Maydalashdan so‘ng rudaning ko‘p qismi 5 mm dan katta bo‘ladi.
Minerallar yuzasini ochish va jinslarni bir-biridan mexanik ajratish uchun
ularni maydalash kerak. Monolit jins bo‘lakchalarining o‘zaro bir-birini
tortish kuchini o‘zish, ezish,zarba, ishqalanish yoki shu usullarning
jamlanmasi bilan amalga oshiriladi. Maydalash usuli va maydalagich turini
tanlash rudaning fizik-mexanik xususiyatlariga va talab etilgan o‘lchamga
bog‘liq bo‘ladi. Korxonalarda rudalarni va boshqa yirik bo‘lakli
mahsulotni maydalash uchun jag‘li, konusli,valli, bolg‘ali maydalagichlar
ishlatiladi. Rudani quruq holda maydalash kerak. Har zamonda maydalash
jarayonida suv ham ishlatilib turadi (changib
ketganda va loyqani
yuvishda).
Maydalash jarayonida asosiy texnologik ko‘rsatkich bu maydalash
darajasidir .
i = D
max
/d
max
D
max
- maydalashdan oldingi rudaning o‘lchami.
d
max
- maydalashdan so‘ng rudaning o‘lchami.