O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

 


122 
Kalit so’zlar: 
kislotali tiomochevina eritmalari, oltin va kumushni 
cho’ktirish, alyuminiy kukuni. 
 
Oltinni desorbsiyalash natijasida regenerat xom-ashyosi olinib uning 
tarkibida oltin miqdori litirida 0,5-2g/l ni tashkil qiladi. Qoshimcha 
metallar sifatida regenerat xom-ashyosida mis, temir va boshqa metallar 
uchraydi.
Tiomachevinali eritmalardan oltin va kumushni cho’ktirishning bir 
necha usullari mavjud: sementatsiyalash, ishqorda cho’ktirish, anod 
ishtirokida elektrolizlash. Birinchi usul nodir metallarni ulardan faolroq 
bo’lgan metallar bilan (rux, qo’rg’oshin va alyuminiy bilan) TM 
eritmalaridan ajratish.
Tiomochevinali eritmalardan oltin va kumush bir qancha usullar 
yordamida cho’ktiriladi. Bularga quyidagi usullar kiradi:
1) Qo’rgoshin yordamida cho’ktirish. Jarayonning moxiyati shundan 
iboratki qo’rg’oshinning oksidalanish energiyasi oltinnikidan kam bo’lgani 
uchun 
oltinni 
siqib 
chiqaradi. 
Eritmaga 
qo’rg’oshin 
kukuni 
aralashtirilganda quyidagi reaksiya sodir bo’ladi:
2Au[SC(NH
2
)
2
]Cl + Pb = 2Au + Pb [SC(NH
2
)
2
]
4
C1
2
(15.1)
Kumushning cho’kishi ham xuddi shu reaksiya bo’yicha boradi. 
Qo’rg’oshin kukunlarining sarfi 1g oltinga 20-30g qo’rgoshin qo’shiladi. 
Bu jarayonning kamchiligi eritmaning qo’rg’oshin bilan ifloslanishidir. 
Bu esa TM eritmasini qayta ishlashga yo’l qo’ymaydi va shu bilan bir 
qatorda TMni sulfat kislotali eritmalari uchun qo’rgoshin samarasizdir. 
2) Rux yordamida cho’ktirish. Dastlab eritma soda yordamida muhiti 
pH = 6-7 bo’lgunga qadar neytrallanadi, keyin esa 1 g oltinga 3-4 g 
miqdorda rux kukuni qo’shiladi. Eritma 2-3 soat davomida aralashtiriladi. 
Oltin quyidagi reaksiya bo'yicha cho’kadi:
{Au[SC(NH
2
)
2

2
}
2

4
+ Zn = 2Au + Zn [SC(NH
2
)
2
]
4

4
(15.2) 


123 
Oltin va kumushni cho’ktirgandan keyin eritmaga soda qo’shiladi va 
muhit pH 9-10 gacha yetkaziladi. Soda qo’shishdan maqsad ruxni bir 
qismini giroksid ko’rinishida cho’ktirish. Filtrlangan cho’kma tarkibida 6-
10 %gacha oltin bo’ladi va u sulfat va xlorid kilota bilan qayta ishlanadi. 
Eritma desorbsiya jarayoniga qaytariladi. Jarayonning kamchiligi 
cho’kmaning past sifatli tarkibi, reagentlarning ko’p sarf bo’lishi (soda, 
rux kukuni, kislota) va qaytadigan eritmaning rux, soda, natriy xlorid 
tuzlari bilan ifloslanishi.
3) Alyuminiy bilan cho’ktirish. Jarayonda alyuminiy kukuni 95 % 
gacha 0,074 mm kattalikda yanchilgan bo’ladi. Cho’ktirish quyidagi 
reakyiya buyicha boradi:
3[Au(TM)
2
]
2
SO
4
+ 2Al = 6Au + 12TM + A1
2
(SO
4
)
3
. (15.3) 
Reaksiyada alyuminiyning sarfi 1g oltinga 3g alyuminiy sarf bo’ladi. 
Reaksiyaninng davomiyligi 20
o
C da 4 soatni tashkil qiladi. Cho’kma 
tarkibida oltinning konsentratsiyasi 25%gacha bo’ladi. Eritmada qolgan 
oltinning miqdori 2-5 ml/g ga teng. Cho’kma tarkibidagi alyuminiyni 
ajratish uchun natriy ishqorining 5%li eritmasi bilan 3 soat davomida qayta 
ishlanadi natijada cho’kmadagi oltin miqdori 85%gacha yetadi. 
Jarayonning kamchiligi cho’kmaning past sifatli tarkibi, reagentlarning 
ko’p sarf bo’lishi (alyuminiy kukuni, kislota) va qaytadigan eritmaning 
alyuminiy sulfat tuzlari bilan ifloslanishidir.
4. Oltinni ishqorli cho’ktirish. Bu usulda boshlang’ich 4-6 soat 
davomida siqilgan havo bilan ishlov berilib eritmadagi HCN yo’qotiladi, 
aks holda ishqor ishtirokida u NaCN hosil qilib oltinni to’liq cho’kishiga 
qarshilik ko’rsatadi. Eritmani 40-50
0
C gacha qizdirib 40% li NaOH muhit 
рН 10-12 bo’lguncha beriladi. Bu bilan oltin gidrooksid hosil bo’lishi 
quyidagi reaksiya bo’ylab amalga oshiriladi:
Au[SC(NH
2
)
2
]
2
Cl + NaOH = Au(OH) + 2SC(NH
2
)
2
+ NaCl. (15.4)
Kumushning cho’kishi ham xuddi shu kabidir. Cho’ktirish jarayoni 
davomiyligi 2-4soat. Cho’kma gidrooksidlar tarkibida 10-15% oltin 


124 
saqlagan bo’lib, ular filtr-preslarda filtrlanib so’ng qaynoq suv bilan 
yuviladi, siqilgan havo bilan ishlov beriladi va oltingugurtni yo’qotish 
maqsadida 300
0
Cda kuyduriladi. Olingan kuyundi qo’shimchalardan 
tozalash uchun sulfat kislotada eritiladi, olingan 30-45% oltin boyitmasi 
affinajga jo’natiladi. Jarayonning kamchiliklari: cho’kmalarning yomon 
filtrlanishi, qo’shimcha sulfat kislota sarfi va past sifatli cho’kmalar 
olinishi.
5. Faollangan ko’mir yordamida oltinni cho’ktirish. Oltinni ko’mir 
bilan sorbsiyalashda ko’mirning tanlovchanligi oltinga nisbatan yuqori 
bo’lib, qo’shimchalari ko’p eritmalardan oltinni sorbsiyalash uchun 
afzalroqdir. Qarama qarshi kechuvchi 4-5 bosqichli jarayonda oltin to’liq 
ajralib ko’mirli cho’kmada oltin miqdori 15-20% ni tashkil qiladi.Ular 
yoqiladi va zola olinib qora metall olish uchun eritiladi. Jarayonning 
kamchiligi: ko’mirni yoqish jarayonining qiyinligi, va tiomachevina 
eritmasining yo’qotilishi.
6. Bu usulda oltin tarkibli eritma, o’zida erimaydigan va oltinni elektr 
ion zaryadiga mos ravishda ion almashib “yutadigan” organik modda, e k 
s t r a g e n t bilan aralashtiriladi. Ekstraksiya natijasida 2 xil mahsulot
olinadi. Bulardan biri, oltinli, organik faza (ekstrakt) va oltinsiz, ammo 
boshqa elementlar bo’lishi mumkin bo’lgan eritma (rafinat) olinadi. 
Rafinat (eritma) tarkibida oltin qolmagan va boshqa kerakli elementlar 
bo’lmasa, chiqindi sifatida chiqindi saqlanadigan joyga yuborilishi 
mumkin. Oltini bor bo’lgan organik faza-ekstrakt, undan oltinni olish 
uchun reekstraksiya qilinadi.
Oltinni ekstraktdan eritib oluvchi eritma reekstrakt deyiladi. Oltini 
olingan ekstragent kayta ishlatiladi. 
Nodir metallar sinil eritmalarida kompleks anionlar shaklida buladi. 
Shuning uchun ularni ekstraksiya etishga anion almashuvchi organik 
moddalar ishlatiladi. bunday ekstragentlik xossasiga turtlamchi ammoniy 
tuzlaridan -trialkilbenzinammoniy xlorid, kiskacha TABAX ishlatiladi.
Ekstraksiya quyidagi reaksiya bo’yicha boradi:
(R
3
C
7
H
7
N)Cl + Au(CN)
2
= (R
3
C
7
H
7
N)Au(CN)
2
+ Cl (15.5) 


125 
Kumush hamda mis va rux anion komplekslari ekstraksiyasi ham 
yuqoridagi reaksiyaga o’xshash bo’ladi. Ekstraksiya yaxshi borishi uchun 
oltinli eritma hamda ekstragent qarshi oqim usulida yuboriladi.
Ekstragent tarkibidagi oltin tiomochevina moddasining nordon 
kislotali eritmasida olib borilishi mumkin. Reekstragent tarkibi 8% 
CS(NH
2
)
2
tiomochevina, 5-10% H
2
SO
4
, yoki 20-35 % rodanit natriy 
eritmasi bo’lishi mumkin. Birinchi galda oltin mustaxkam kationli 
kompleks tuz hosil qiladi:
(R
3
C
7
H
7
N)Au(CN)
2
+2CS(NH
2
)
2
+2HCl=(R
3
C
7
H
7
N)Cl+Au[CS(NH
2
)
2
]
2
Cl+
2CN (15.6) 
ikkinchi galda anionlar almashinuvi kuzatilishi mumkin: 
(R
3
C
7
H
7
N)Au(CN)
2
+CNS = (R
3
C
7
H
7
N)CNS +Au(CN)
2
(15.7) 
Reekstragent konsentratsiyasini o’zgartirish bilan oltinni boshqa va 
kumushni yana bir boshqa reekstraktga to’plash mumkin.
Reekstraksiya jarayonida organik fazani regeneratsiyalab, uni yana 
ekstraksiyada ishlatish mumkin. 
Oltin bilan ko’proq to’yingan reekstrakt erimaydigan anod bilan 
elektroliz qilinishi mumkin. Elektroliz davomida katodda ajralgan nodir 
metallar miqdori 90-95% bo’lib, unga oltinning 98-99% qismi, eritmadan 
ajratib olinishi mumkin.
7. Oltin va kumushni elektroliz usulida cho’ktirish.Oltinning 
cho’ktrishning ikkinchi usuli elektroliz usuli bilan oltinli erimasi anod 
bilan cho’ktirishdir. Anodlar grafitdan tayyorlanadi, katodlar esa titan yoki 
zanglamas po’latdan tayyorlanadi, tovar regenerat elektrolit vazifasini 
bajaradi. Elektroliz jarayonini 25-30 A/m
2
tok zichligida olib boriladi. 
Vannadagi kuchlanish 1Vga yaqin.
Oltinni elektrolizlanishi natijasida quyidagi reaksiyalar sodir bo’lishi 
mumkin:
Katod uglerodgrafitdan tayyorlangan | [Au(TM)
2
]
2
SO
4
, TM, H
2
SO
4

H
2
O qo’shimchalari | Ti (anod). 
Katodda quyidagi asosiy qaytarilish reaksiyalar boradi: 
Au[SC(NH
2
)
2
]
2
+ е= Au + 2SC(NH 
2

2
(15.8) 
Au[SC(NH
2
)
2
]
3
+
+ е= Ag + 3SC(NH
2
)
2
(15.9)


126 

+
+2е= Н
2
. (15.10)
Boshqa qo’shimchalar mis, qo’rg’oshin va qo’shimchalar ham 
shunday qaytarilishi mumkin.
Anodda esa quyidagi reaksiyalar sodir bo’ladi va Н

ioni hosil bo’ladi:

2
O – 4е= О
2
+ 4 Н
+
. (15.11) 
Bundan tashqari anoda TM oksidlanadi: 
SC(NH
2
)
2
-2е = CNNH
2
+ S + 2Н
+
. (15.12) 
Vaqt o’tishi bilan sianid suv bilan bog’lanadi va tiomachevinaga 
o’tadi: 
CNNH
2
+ H
2
O = CO(NH
2
)
2
. (15.13) 
Anodda tiomachevina quyidagi reaksiya bo’yicha oksidlanadi:
SC(NH
2
)
2
+ Н
2
O – 2е= CO(NH
2
)
2
+ S + 2Н
+
. (15.14)
Elektroliz davomida sezilarli darajada tiomochevinaning anodda 
oksidlanishi kuchayadi. Natijada bu qimmatli reagentning sarf qiymati 
oshib ketadi. Bundan tashqari hosil bo’lgan elementar oltingugurt katod 
cho’kmasida mexanik aralashib qolib, oltin cho’kmaning katod oltinning 
sifatini buzadi. Bu holni bartaraf etish uchun katod atrofini, anoddan 
g’ovak to’siq bilan, yoki yaxshisi ionit membrana bilan to’sgan yaxshi 
bo’ladi. (membrana ionalmashuvchi katronlardan yasalgan yupqa 
pardadir). Kation pardalar faqat kationlarnigina o’tkazadi, anionlilarni esa 
anionlar o’tkazadi. Elektroliz muddati 24 soat bo’lganda oltinning 98% 
qismi eritmaga 60% ortig’i cho’kadi.
Elektrolizyordagi ionitni muallaq holatda tutib turish va ajralib 
chiqishi mumkin bo’lgan sinil kislotasini uzluksiz haydash uchun, 
elektrolizyor orqali surilgan havo yuboriladi. Katodga o’tirgan oltin 
zarralari ionitlar zarbasidan shikastlanmasligi uchun, katod suzgi mato 
bilan g’alvirlab qo’yiladi. O’zgarmas tok ta'siridan, qatrondan yuvilgan 
oltin va kumush 60-90% li nodir metallar cho’kmasining asosiy 
qo’shimcha aralashmasi, tiomochevinadan katod atrofida oksidlangan 
elementar oltingugurtdir. Anod va katod tevarak-atrofini ionitli 
(membrana) parda bilan to’sib quyish natijasida bir muncha toza cho’kindi 
olsa bo’ladi.
Elektroelyuirlash jarayonida tok zichligi 8-10 A/m
2
, vannadagi tok 
kuchlanishi 2-3 B.ga teng, elektrolit harorati 50-60
0
C, oksidlanish 


127 
energiyasi 0,3-0,4 B ga teng. Oltinning asosiy qismi elektrolizning 2-3 
soatida cho’kadi. Oltin cho’kmadagi konsentratsiyasi 100-120 mg/l ga 
yetgandan so’ng, 10-20mg/l qolgani uchun jarayon davomiyligi 6-
12soatgacha cho’zilishi mumkin. Oltinning katod cho’kmasidagi miqdori 
70-85%ni tashkil qiladi, kumush 10-25%, mis 0,5—5%, rux 0,1-0,2%, 
temir esa 0,1—0,4%. Nodir bo’lmagan qo’shimcha metallar elektrolitda 
qolib desorbsiya jarayoniga qaytadi. Oltin va kumushni olish uchun 
toknining chiqishi 30% ni tashkil qiladi. Tok zichligini 15-20A/m
2
gacha 
ko’tarish maqsadga muvofiq bo’lib bu qo’shimcha misning cho’kish 
darajasini ko’taradi, ammo tok sarfi kamayadi.
Ishlatib bo’lingan elektrolit ya'ni kislota konsentratsiyalash bilan 
boyitilib, keyingi ionit to’yinmalaridan oltinni ajratib olish uchun takror 
ishlatiladi. Regeneratsiyalangan (kayta tiklangan, tozalangan) qatron
sorbsiyaga takror ishlatish uchun jo’natiladi.
Ajralib chiqayotgan sinil kislota, ishqor bilan to’ldirilgan kislotali 
yutgichlarga, damlangan havo bilan haydab turiladi. Hosil bo’lgan sinil 
eritmasi xom-ashyoni tanlab eritish uchun ishlatilishi mumkin.
Nodir metallarni tiomachevinali eritmalardan elektrolitik cho’ktirish 
usulida ajratishda elektrolizyorlar qo’llaniladi. Elektrolizyor EU-1, katod
uglerodligrafitdan anod esa platinadan tayyorlangan (rasm- 29), qutidan 
iborat bo’lib 11anod va 10ta katoddan tashkil topgan. Anolit va katolit 
vannaga alohida (kallektor) yig’uvchi yordamida beriladi. 

Download 39,03 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish