O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/63
Sana02.04.2023
Hajmi3.18 Mb.
#48223
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
Bog'liq
qurilish texn
rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak
6 razryad – nihoyatda murakkab jarayonlar. 
Yangi razryad berish – ishlab chiqarish sinovlari natijasi, malaka 
komissiyasining bayonnomasi bilan (u bajarayotgan ishga quyilgan malaka 
talablariga amal qilgan holda), qurilish tashkiloti bo‘yicha buyruq bilan va mehnat 
daftarchasiga yozib qo‘ygan holda yangi guvohnoma berish bilan rasmiylashtiriladi. 
Taqdim etilayotgan razryadga muvofiq zarur bilimlardan tashqari ishchi 
bajarilayotgan jarayonning o‘ziga xos xususiyatini, uni ishlab chiqarish 
texnologiyasini, mehnat muhofazasi qoidalarini, ichki mehnat tartibi qoidalari, 
qo‘shni qurilish mutaxassisliklari bo‘yicha ishlar sifatiga talablarni bilishi kerak. 
Qurilish ishchi kadrlari kasb – hunar kollejlarida, o‘quv punktlarida va 
kombinatlarda, qurilish maydonlarida o‘qitish va malakasini oshirish yo‘li bilan 
tayyorlanadi. 
Qurilishda haq to‘lashning bir necha tizimi qo‘llaniladi. Mehnatga vaqtbay haq 
to‘lash belgilangan stavka yoki tarif koeffitsientiga muvofiq haqiqiy ishlagan vaqt 
uchun haq to‘lashda foydalaniladi. Haq to‘lashning bu shakli aniq me’yorlash yoki 
hisobga olish mumkin bo‘lmaydigan ishlar uchun (transport ishchilari, qorovullar, 
navbatchi elektriklar) qulaydir. Mexanizmlarda (buldozerlarda) yoki mexanizmlarga 
xizmat ko‘rsatishda (kompressor) band bo‘lgan ishchilar uchun vaqtbay-mukofotli 
haq to‘lash bo‘lishi mumkin. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbay haq to‘lash berilgan razryadlar va mehnatdagi 
ishtirokiga muvofiq haqiqiy bajarilgan ish hajmi uchun haq to‘lashni nazarda tutadi. 
Mehnatga haq to‘lashning bu shakli ancha ilg‘or, u mehnat unumdorligini oshirishga 
va ishchilarning yanada yuqori malaka egallashga intilishiga yordam beradi. Uning 
qo‘llanilishi ishchilarning ish hajmini muntazam hisobga olishni va naryadlar 
rasmiylashtirilishini talab etadi. 
Naryad – bu ish boshlanguncha ayrim ishchi, zveno yoki ishchilar brigadasiga 
ishlarni bajarish uchun berilishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish topshirig‘idir. Naryad 
bajarilgan ishlar hajmini hisobga olish va ishchilar bilan hisob-kitob qilishdagi asosiy 
hujjat hisoblanadi. 
Akkord to‘lov- (ishbay haq to‘lashning boshqa turi) ma’lum ishlar majmuiga 
(xonadon, qavat, sektsiya) yoki ishlar hajmi birligiga (m
3
g‘isht terish, m
2
suvoq 
qilinadigan yuza uchun) oldindan tayyorlab qo‘yilgan kalkulyatsiya asosida amalga 
oshiriladi. Barcha mayda va yo‘l-yo‘lakay qilinadigan jarayonlar va operatsiyalarni 
hisobga oluvchi, to‘g‘ri ravishda tuzilgan kalkulyatsiyalarda, aniq belgilangan 
hajmlarda va berilgan qurilish – montaj ishlarining aniq belgilangan muddatlarida 
akkord to‘lovning qo‘llanilishi mehnat unumdorligini oshirishga va ishlarning 
bajarilishini tezlashtirishga imkon beradi. 


17 
Fuqarolik qurilishida foydalanishga topshirilgan ob’ekt uchun kompleks 
brigada bilan hisob-kitob qilish qo‘llanilmoqda. Qurilish – montaj ishlarining butun 
hajmiga naryad buyurtma tayyorlanadi, oraliq hisob-kitoblar – avanslar bajarilgan ish 
hajmidan kelib chiqqan holda, har oyda rasmiylashtiriladi. Yakuniy hisob-kitobda 
qo‘shimcha ravishda quyidagilar hisobga olinadi: ob’ektni foydalanishga muddatidan 
oldin topshirish; bajarilgan ishlar sifati; ishlar tannarxini pasaytirgani uchun va 
qurilish materiallarini tejagani uchun mukofotlash. 
Naryadsiz to‘lov tizimi – brigada va zvenolarga ish haqi mehnatga soatbay haq 
to‘lashdan kelib chiqib va xodimning malakasiga muvofiq bajarilgan ishlar qiymati 
hisobidan to‘lanadi. 
Qurilish jarayonlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun ishchilar o‘rtasida 
ularning malakasiga hamda ularning birgalikda ishlashini tashkil etishga muvofiq 
mehnat taqsimlanishi talab etiladi. Aksariyat qurilish jarayonlari hozirgi zamon 
texnika darajasida ishchilar guruhi bilan bajariladi. 
Zveno – birgalikda aynan bir xil turdagi ishlarni bajaruvchi, bir kasbdagi 
ishchilar guruhi. Zveno a’zolarining malakasi har xil bo‘lganda razryadi ancha yuqori 
bo‘lgan ishchilar ancha murakkab ishlarni bajarishadi. Zvenodagi ishchilar soni 
mehnatni oqilona tashkil etishga bog‘liq; tarkibi odatda 2...5 kishi atrofida bo‘ladi. 
Brigada – aynan bir xil ko‘rinishdagi ishni birgalikda amalga oshirish uchun 
birlashgan ishchilarning bir necha zvenosi. Zvenolar va brigadalarning miqdoriy va 
malakaviy tarkibi ishlarning hajmiga, bajarilayotgan jarayonlarning murakkabligiga, 
ishlarning rejalashtiriladigan muddatlariga, ishlarni amalga oshirishning qabul 
qilingan uslub (metod)lariga bog‘liq holda belgilanadi.
Qurilishda eng ko‘p tarqalgan brigada ixtisoslashtirilgan va kompleks 
brigadalardir. 
Ixtisoslashtirilgan brigada (odatda 25...30 kishigacha), bir xil turdagi ishlarni 
(suvoqchilik, pardozlash, plita yotqizish) bajaruvchi, bir kasbdagi ishchi zvenolardan 
tashkil topadi. 
Kompleks brigada (40...50 kishigacha) – pirovard mahsulotning birligi bilan 
bog‘liq (pardozchilar brigadasi – pardozchilar, suvoqchilar va plita yotqizuvchilar, 
betonchilar brigadasi – qolip (opalubka)chilar, duradgorlar, armaturachilar, 
betonchilar) bo‘lgan, bir vaqtda kechuvchi qurilish jarayonlarini bajarish bilan band 
turli kasb ishchilaridan tashkil etiladi. Mehnatni bunday tashkil etish brigada a’zolari 
orasida ishni to‘g‘ri taqsimlashga imkon berib turli kasb egalarini birgalikda 
ishlashini amalga oshirib va unga bog‘liq holda ishlarda bo‘ladigan turli xil bekor 
turishlarni oldi olinadi. Kompleks brigada boshlig‘i eng malakali va yetakchi 
ixtisoslikdagi obro‘li ishchilar yoki muhandis-texnik xodim (MTX)lar orasidan 
tayinlanadi. 
“Pirovard (yakunlovchi, yakuniy) mahsulot” kompleks brigadasi (60....70 
kishigacha) ayrim tugallangan kompleks ishlar (yig‘ma elementlardan bino karkasini 
montaj qilish, monolit temir betondan binoning konstruktiv elementlarini barpo etish) 
yoki bino va inshootni to‘liq qurilishini bajarish uchun yaratiladi (tuziladi). Bunday 
brigada turli xil kasbdagi ishchilardan iborat zvenolardan tashkil topadi va binoning 
yer usti qismini barpo etish bo‘yicha umumqurilish ishlarining butun bir majmuini 


18 
bajaradi, bunga barcha pardozlash ishlari ham kiradi. Qurilishni tashkil etish va ish 
frontining mavjudligiga bog‘liq holda brigadani mustaqil ob’ektlarda yagona ritmda 
ishlovchi uchta kompleks brigadaga ajratish mumkin – biri nol sikldagi ishlarni 
bajaradi, ikkinchisi qo‘shni korpusni barpo etadi, uchinchisida pardozlash ishlarini 
olib boradi. 
Ijrochilarning ancha yuqori malaka darajasi tufayli, mexanizatsiya 
vositalaridan oqilona foydalanish va ishchilarning mas’uliyati yuqori ekani tufayli 
bunday brigadalarda ishlab chiqarish hajmi odatdagi ishlab chiqarish brigadalariga 
qaraganda 20...25% yuqori bo‘ladi. Natijada ob’ektlarning qurilish muddatlari 
qisqaradi, moddiy harajatlar kamayadi va ishlar sifati oshadi. 
Brigada va zvenolarni shakllantirish ulardagi ishchilar sonini hisobga olish va 
brigadaning kasbiy va malakaviy tarkibini tanlash asosida ishlab chiqarish 
topshiriqlarini muddatida bajarish uchun, mehnat unumdorligini oshirish
mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash va ishchilar mehnatiga to‘g‘ri haq 
to‘lash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. To‘g‘ri shakllantirishni amalga 
oshirishda har bir ishchining kasbi va malakasidan samarali foydalanish, barcha 
ishchilarning bir xil hajmdagi ish bilan ta’minlanishi, kasblarning oqilona bir-biriga 
ko‘rinishi va qurilish mashinalaridan vaqt bo‘yicha maksimal foydalanish 
ta’minlanadi. 
Ish o‘rinlarini tashkil etish va xizmat ko‘rsatish ishlovchilarning xavfsizligiga 
kafolat beruvchi zarur shartnomalarni va tadbirlarni nazarda tutadi. Ish o‘rinlari 
shunday tashkil etilishi kerakki, bunda asosiy ishlarda band bo‘lgan ishchilar ularning 
kasbi va malakasiga mos kelmaydigan yordamchi ishlar va jarayonlarga jalb 
qilinmasligi kerak. Ishlab chiqarishdagi ishlar qabul qilingan ishlar texnologiyasi va 
ijrochilar 
tarkibiga 
muvofiq 
butlangan 
dastaki 
va 
mexanizatsiyalashgan 
(elektrlashtirilgan) asboblar, jihozlar montaj qilish va moslamalarining oqilona 
to‘plami bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
Mehnat sharoitlari ishchilarning sozlig‘ini saqlagan holda bir vaqtning o‘zida 
ularning yuqori ish qobiliyatlariga yordam berishi kerak. Bu talablar mehnat va dam 
olishning oqilona rejimlariga amal qilish bilan, ishlovchilarning organizmga zararli 
ta’sirlarning (shovqin, titrashlar, chang, gazlanganlik) salbiy oqibatlarini kamaytirish 
bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, ishchilarni zarur maxsus kiyim va poyabzal, individual 
himoya vositalari, qurilish maydonida zarur sanitariya-maishiy xizmatini tashkil etish 
bilan ta’minlanadi. 

Download 3.18 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich

Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish