O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/63
Sana02.04.2023
Hajmi3.18 Mb.
#48223
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
qurilish texn
rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak
 
Qurilish jarayoni 
bosqichlari 
Jarayonning mazmuni 
Misol 
Ishchi ta’sir (Ish harakat) 
Elementar ishchi usuli; 
mexnat qurollari va 
buyumlarini tayyorlash 
Kran ilmog‘ini yig‘ma 
elementni ildirishga
uzatish 
Operatsiya 
Texnologik jihatdan 
bo‘linmas element; mexnat 
buyumlarining miqdoriy 
va sifat tavsiflaridan biri 
yoki bir nechtasining 
o‘zgarishi 
Yig‘ma elementni 
ko‘tarish 
Oddiy jarayon 
Tashkiliy va texnologik 
bo‘linmas element; 
”Konstruktsiya”ni bir 
qismini yaratish 
Yig‘ma elementni loyiha 
holatiga urnatish 
Kompleks texnologik 
jarayon 
“Konstruktsiyani”yaratish 
Binoning yer osti qismini 
yig‘ma elementlardan 
qurish 
Murakkab qurilish jarayoni Ob’ektni yaratish 
Bir qavatli sanoat binosini 
barpo etish 
Ob’ektlararo qurilish 
jarayoni 
Ob’ektlar majmui 
(kompleks) ni yaratish 
Bir necha ob’ektni bir 
vaqtda qurish 
yordamchi jarayonlar (tayyorgarlik) asosiy jarayonlarni me’yorida bajarish 
uchun zarur bo‘lgan - g‘isht terish uchun havozalar qurish, transheyalarning 
devorlarini to‘sish, montaj qilishdan oldin konstruktiyalarni yiriklashtirib yig‘ish, 
montaj qilinayotgan konstruktiyalarni yordamchi osma moslamalar bilan jihozlash; 
tayyorlov jarayonlariga qum, shag‘alni qazib olish, qorishmani, betonni 
tayyorlash, qolip (opalubka), armatura elementlarini va h.k. larni tayyorlash. Ular 
qurilayotgan ob’ektni yarimfabrikat mahsulotlar, detallar va buyumlar bilan 
ta’minlaydi. Bu jarayonlar odatda kar’erlarda, ixtisoslashtirilgan korxonalar: tovar 
beton zavodlarida, armatura va yog‘ochga ishlov berish sexlarida va h.k. da 
bajariladi;
transport jarayonlari, qurilish maydoniga talab etiladigan moddiy resurslar va 
yuklarni eltib berish uchun zarur. Gorizontal transport tashqi (yuklarni qurilish 
maydoniga yetkazish uchun) va ichki (yuklarni maydon doirasida ko‘chirish uchun) 
ga bo‘linadi. Vertikal transport materiallarini ishlar amalga oshiriladigan zona 
(hudud)ga uzatishni ta’minlaydi. Transport jarayonlariga odatda ortish-tushirish va 
omborga joylash ishlari kiradi. Qurilish maydonidan gruntni ko‘chirish va unga 
keltirish bo‘yicha kichik guruhni ajratish mumkin (samosvallar, skreperlar, 
buldozerlar); 


14 
jarayonlarni bajarish xususiyatiga ko‘ra: uzluksiz jarayonlar, keyingi 
jarayonlarini amalga oshirishga darhol kirishishga imkon beruvchi jarayonlar - g‘isht 
terish, ayrim konstruktsion elementlarni montaj qilishni; 
uzlukli jarayonlar, keyingi jarayonlarni bajarish oldidan majburiy texnologik 
tanaffuslarni talab etuvchi jarayonlar betonning kerakli mustaxkamligini olgunga 
qadar kutish, suvoqning qurishini kutib turish; 
ahamiyatga ko‘ra (bajarishning ustivorligiga ko‘ra):
yetakchi jarayonlar, bino va inshootni barpo etishning yakuniy muddatlarini 
belgilab beruvchi;
qo‘shma jarayonlar, faqat yetakchi jarayonlar bilan paralel ravishda 
bajariladigan (montaj va tutashuv joylarini berkitish, g‘isht terish va suvash
umumqurilish va maxsus ishlar). Qo‘shib olib beriladigan jarayonlar qurilishning 
muddatiga ta’sir ko‘rsatuvchi yetakchi jarayonga aylanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
Ikkinchi tomondan, jarayonlarni birga qo‘shib bajarish qurilishning davomiyligini 
ancha qisqartirishga imkon beradi. 
Bajarilayotgan jarayonlar tarkibi doimiy hisoblanmaydi va aniq sharoitga 
bog‘liq holda – mashina va uskunalarning mavjudligiga, yil fasliga, iqlim va geologik 
sharoitlarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.
Bino va inshootlarni barpo etishda bajariladigan ishlar majmuini uch guruhga 
birlashtirish mumkin: 
Umumqurilish ishlari bajarish usuli yoki qo‘llanilayotgan va ishlov 
berilayotgan materiallariga ko‘ra yer ishlari, qoziq ishlari, g‘isht-tosh ishlari, montaj, 
beton, tom yopmani yopish, pardozlash va boshqa ishlarga bo‘linadi. Maxsus ishlarga 
suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiq suv, ventilyatsiya, elektromontaj, texnologik 
konstruksiyalarni, liftlarni montaj qilish, rezervuarlarni, sanoat pechlarini va h.k. larni 
barpo qilish kiradi. Bu ishlar o‘ziga xosdir, shu jumladan har bir qurilish ob’ekti 
uchun shunga o‘xshash ishlarning o‘z nomenklaturasi mavjud, shuning uchun maxsus 
ishlarni asosan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bajarishadi, ular qurilishning asosiy 
ijrochisiga subpudratchi bo‘lib hisoblanadi. Yordamchi ishlar qurilishni materiallar, 
yarimfabrikatlar, detallar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan va transport hamda 
ortish-tushirish ishlariga ajratiladi. Qurilish ishlari majmualari ham davrlar yoki 
sikllar bo‘yicha guruhlanishi mumkin. Tayyorgarlik davrida qurilish maydonida 
ishlarni amalga oshirish uchun umumiy tayyorgarlik amalga oshiriladi, bunga eski 
binolarni buzish, rejalash, vaqtinchalik yo‘llarni qurish, quruvchilar uchun maishiy 
xonalar qurish, vaqtincha kommunikatsiyalarni o‘tkazish kiradi. Yer osti qismini yoki 
nol siklini barpo etish ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: yer ishlari (kotlovan qazish, 
tasmali poydevorlar va asosiy magistrallardan binoga kommunikatsiyalar tortish 
uchun transheyalar qazish, ularni to‘ldirib chiqish), yig‘ma yoki monolit temirbeton 
konstruktiyalardan poydevorlar, yerto‘la devorlari, ichki pardevorlar, Ustunlar, 
orayopmalarni barpo etish, beton ishlariga tayyorgarlik va h.k., gidroizolyatsiya 
ishlari (polni va yer osti qismi devorlarini izolyatsiyalash), binoga zarur 
kommunikatsiyalarni kiritish (binoga transheyalar orqali kommunikatsiya quvurlarini 
o‘tkazib, ularni binoning yerto‘la qismida tarqatish). 

Download 3.18 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich

Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish