Qurilish texnologiyalarini loyihalash




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/63
Sana02.04.2023
Hajmi3.18 Mb.
#48223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
Bog'liq
qurilish texn
rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak
 
1.4. Qurilish texnologiyalarini loyihalash 
Ob’ektni qurishga tayyorgarlik ko‘rish va uni barpo etishda amalga 
oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlari tarkibini tahlil qilib, ularning ikki asosiy 
guruhini: moddiy va axborot guruhini o‘rnatish mumkin. 
Moddiy jarayonlarni qurilish jarayonlari deb atash qabul qilingan bo‘lib, ular 
qurilish ishlab chiqarishining moddiy elementlariga yo‘naltirilgan barcha amallarni 
qamrab oladi. Ular qurilish texnologiyalari tarkibiga kiradi. 
Axborot jarayonlari axborot texnologiyalarininghisob-kitob metodlari


19 
axborot-hisoblash texnikasi metodlari, dasturlari va vositalari yordamida amalga 
oshiriladi hamda qurilish texnologiyalarini yanada samarali amalga oshirish bo‘yicha 
qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish maqsadida ideal buyumlar (axborot, son, 
dastlabki ma’lumotlar, hujjatlar)ni qayta ishlashga yo‘naltirilgan. 
Axborot texnologiyalari real qurilish jarayonlariga emas, balki modellarga 
nisbatan qo‘llaniladi. Model deganda real jarayonni, uning parametrlari orasidagi 
aloqalarni tavsiflovchi strukturaviy (tuzilmaviy) sxemalar, matematik ifodalar, so‘z 
bilan berilgan ta’riflar yordamida rasmiy aks ettirish tushuniladi. Umumiy 
ko‘rinishda bu real jarayonni soddalashtirish bo‘lib, olingan natijalarning 
haqqoniyligini keyin baholash bilan maqbul yo‘l qo‘yishlarni qabul qilishdir. 
1.3-rasm. Qurilish texnologiyasi strukturasi modelining grafik tasavvuri 
1.3-rasmda grafik ravishda taqdim etilgan qurilish texnologiyalari struktura 
(tuzilishi) sining modelini ko‘rib chiqamiz. Qurilish texnologiyasining ta’rifidan kelib 
chiqqan holda u o‘z ichiga quyidagi elementlarni qamrab oladi: qurilish jarayoni 
({R} simvoli bilan belgilaymiz), texnik vositalar {M}, mehnat resurslari {Q}, 
moddiy elementlar{L}, konstruksiya{K}. 
Loyihaviy konstruksiyani yaratish uchun uning parametrlari, murakkabligi, 
konfiguratsiyasi, fazodagi vaziyatiga bog‘liq holda tegishli qurilish jarayoni 
shakllantirilishi kerak bo‘lib, u unga kiruvchi oddiy jarayonlar va operatsiyalarning 
ma’lum ketma-ketligiga ega bo‘ladi. Qurilish jarayonini ifodalovchi parametrlar 
yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz 
{R}= {R
1
,R
2
,..,R
m
}. 
Qurilish jarayoni texnik vositalar yordamida bajarilishi mumkin bo‘lib, ular bir 
turli yoki xar xil turli mashinalar, mexanizmlar, asbob-uskunalar yordamida bir yoki 
bir nechta oddiy jarayonlarni yoki operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Texnik 
vositalarni ifodalovchi parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz: 
{ M}= {M
1
, M
2
,..,M
k
}. 
Maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar ketma-ketligi, texnik vositalarni 
boshqarish, konstruksiyani va moslamalarni o‘rnatishni zveno va brigadalarga 
birlashtirilgan ishchilar amalga oshirishadi. Mehnat resurslarini ifodalovchi 
parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz 
{Q}={Q
1
, Q
2
,..,Q
l
}. 
Qurilish texnologiyasining asosiy elementlaridan biri moddiy buyumlar 


20 
bo‘lib, ulardan loyihaviy konstruksiya shakllanadi. Moddiy parametrlarning fizik-
mexanik, texnologik, geometrik va boshqa tavsiflari hamda parametrlarining 
yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz: 
{L}={L
1
,L
2
,…,L
l
}. 
Loyihaviy konstruksiya o‘z ichiga konstruksiyaning qismlarini olib, ular 
strukturaviy (tuzilish) belgisiga ko‘ra ham (oraliqlar, bloklar, seksiyalar va h.k.), 
tashkiliy belgisiga ko‘ra ham (yaruslar, qamrovlar, uchastkalar, zonalar va h.k.) 
qismlarga ajratilishi mumkin. 
Qurilish jarayonining bir maromda amalga oshirilishi barpo etilayotgan 
ob’ektning hajmiy makonini gorizontal tekislikda qamrovlarga va uchastkalarga, 
vertikal bo‘yicha esa yaruslarga ajratish bilan bog‘liq fazoviy parametrlarini 
tegishlicha tanlash bilan ta’minlanadi. 
Ish o‘rni – bu qurilish jarayonida ishtirok etuvchi ishchilar harakatlanadigan va 
kerakli materiallar hamda texnik vositalar joylashgan uchastkadir. Ish o‘rni mehnat 
jarayoni uchun qulay bo‘lishi va mehnat xavfsizligini ta’minlashi kerak. 
Bo‘linma (ajratma) (delyanka) – zvenoga smena mobaynida uzluksiz ishlashi 
uchun ajratilgan uchastka. 
Qamrov (zaxvatka) – rejada binoning umumiy, takrorlanuvchi, mazkur va 
keyingi uchastkalarda ish hajmlari taxminan teng bo‘lgan va brigada butun sondagi 
smenalarda ishlashi uchun berilgan (ajratilgan) qismi. Qamrov sifatida bir qavatli 
sanoat binosining alohida oralig‘i, turar-joy yoki ko‘p qavatli sanoat binosining 
seksiyasi qabul qilinishi mumkin. 
Ishlar fronti - odatda zvenoning bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga o‘tish 
yo‘nalishi va ketma-ketligini ifodalasa, brigada uchun esa qamrovdan qamrovga 
o‘tish yo‘nalishi va ketma-ketligini anglatadi. 
Yarus –bino (inshoot)ning balandligi bo‘yicha shartli chegaralangan qismi va u 
hajmiy-rejaviy, texnik yoki konstruktiv nisbatda yagona yaxlit narsani ifoda etadi. 
Turar-joylar qurilishida yarus binoning qavatiga mos keladi. 
Qamrovlar va bo‘linmalarning o‘lchamlari, ulardagi ishlarning murakkablik 
darajasi hamda brigada va zvenolarning qabul qilingan tarkiblari shunday bo‘lishi 
kerakki, bunda boshqa uchastkalarga o‘tishga ketadigan unumsiz harajatlardan 
qutulish kerak. Qurilish jarayonlarining vaqtinchalik parametrlari uning vaqt 
mobaynida bajarilishini va umumiy davomiyligini belgilab beradi, bunda ayrim 
operatsiyalarni mumkin qadar maksimal ravishda birga qo‘shib bajarishga, bir xil 
ritm va oqimiylikka asoslangan holda amalga oshirishga intilish taqoza etiladi. 
Konstruksiyani belgilab beruvchi parametrlar va tavsiflar yig‘indisini quyidagi 
tarzda belgilaymiz
{K} = {K
1
, K
2
,…,K
n

Ayrim elementlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar qurilish texnologiyasi tuzilishining 
modelini belgilab berib (S
T
), uni quyidagi ko‘rinishda ifodalaymiz: 
m
T
S
T
—> R • M • Q• L• K 
Qurilish texnologiyasi ayrim elementlarining parametrlari qanchalik to‘g‘ri 
aniqlangan bo‘lsa, bir elementning boshqa elementga mos kelishi shunchalik yuqori 
bo‘ladi, shunindek qurilish jarayonining samaradorlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari ham 


21 
shuncha yuqori bo‘ladi: 
{E} = { E
1
, E
2
,... E

Download 3.18 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish