O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/63
Sana02.04.2023
Hajmi3.18 Mb.
#48223
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
Bog'liq
qurilish texn
rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak
s
}, 
bu ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: davomiylik, mashina vaqti va 
ishchilarning mehnat sarfi, qiymat ko‘rsatkichlari, sifat parametrlari va boshqalar. 
Agar texnikaning bir-biriga yaqin sohalaridan tashkil topgan ishlab chiqarish 
texnologiyalari formalizatsiyasi prinsiplariga murojaat qilsak (qurilish va kimyo 
industriyasi, mashinasozlik, metallurgiya), u holda ularning strukturasida qurilish 
texnologiyalariga o‘xshash jihatlarni ko‘rish mumkin. Texnologiya elementlari 
deyarli o‘xshash, lekin ular orasidagi o‘zaro bog‘lanish kuchi va yaqinliligi bir xil 
emas. Bu aloqa eng ko‘p darajada metallga ishlov berishda, mashinasozlikda 
namoyon bo‘ladi, u yerda tayyorlanayotgan mahsulot (moddiy buyum) ishlov berish 
jarayonida stanok (texnik vosita) bilan qattiq bog‘langan yoki yig‘uv jarayoni 
konveyer liniyasida olib boriladi. 
Qurilish ishlab chiqarishining asosiy xususiyati shundan iboratki, ko‘rsatib 
o‘tilgan elementlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar ko‘pchilik holatlarda zaifroq, noaniq 
bo‘ladi, ba’zida esa umuman yo‘q. Bu dastlabki ma’lumotlarning ko‘p omilliligini, 
yechimlarning turli variantli bo‘lishini keltirib chiqaradi. 
Qurilish texnologiyalari parametrlar guruhi va omillar bilan tavsiflangan aniq 
qurilish maydonchasida bajariladi. Ulardan eng asosiysi – ishlarni amalga oshirish 
sharoitlaridir (iqlimiy, texnik, texnologik, muhandislik – geologik, hududiy va 
boshqalar). Bu sharoitlarning yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz
{R} = {R
1
,R
2
,...,R
p

Jarayonlarning kechishi, shu jumladan qurilish – texnologik jarayonning (QTJ) 
kechishi xarakat va vaqtdan ajralmasdir. Vaqt omili qurilish tizimi dinamikasini, turli 
jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning bir-biri bilan va atrof muhit bilan o‘zaro 
tasirini hisobga olish imkonini beradi. QTJ ning kechish vaqtini ifodalovchi 
parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz: 
{T}= {T
0
,T
1
T
2
,...,T
t

Qurilish ob’ektida ishlarni amalga oshirishning aniq sharoitlarida QTJ ning 
texnologik strukturasini (tuzilishini) vaqt shkalasiga bog‘lab qarab chiqish qurilish 
texnologik jarayonining tashkiliy-texnologik strukturasi (TTS) tushunchasini 
kiritishga imkon beradi. TTS ning modeli 
m
OT
S
OT
—>S
T
• R• T 
ifoda hisoblanadi yoki ifodani hisobga olgan holda qurilish texnologiyasi tuzilmasi 
(strukturasi)ni 
m
OT
S
0T
-> R •M•Q•L•K •R•T 
ko‘rinishda ifodalash mumkin. 
Taqdim etilgan model qurilish texnologiyalari elementlari orasidagi texnologik 
va tashkiliy o‘zaro bog‘lanishlar yig‘indisi, ularning bir-biridan farqlanishi va 
umumiyligini tushunish uchun katta ahamiyatga egadir. Tashkiliy-texnologik 
struktura (tuzilishi)ni tuzish ob’ektni loyihalash va qurilish ishlab chiqarishini 
tayyorlash bosqichlarida qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) hamda ishlarni 
bajarish loyihasi (IBL) doirasidagi yechimlar asosida bo‘lishi kerak, ularning 
mazmuni esa QMQlarda va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan. 


22 
Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ), Shaharsozlik normalari va qoidalari 
(ShNK), loyiha – smeta hujjatlarini tuzish, sanoat va fuqarolik hamda qurilishning 
boshqa turlarini amalga oshirish, binolar va inshootlar hamda ayrim konstruksiyalarni 
ekspluatatsiya qilish va ularni ta’mirlash bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlar tizimidan 
iborat. Bu me’yorlarga rioya qilish barcha loyihalash va qurilish tashkilotlari uchun 
majburiydir. 
1-qism. Tashkil etish, boshqarish, iqtisod. Umumiy masalalar, atamalar, binolar 
klassifikatsiyasi. 
2-qism. Loyihalash me’yorlari. Loyihalashning umumiy talablari, shu jumladan 
poydevorlar, qurilish konstruksiyalari, muhandislik konstruksiyalarini hisoblashda. 
3-qism. Ishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish va qabul qilish. Qurilish-montaj 
ishlarini amalga oshirish texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar, shu jumladan manfiy 
temperaturalarda, cho‘kuvchan gruntlarda va seysmik ta’sir zonalarida. 
4-qism. Smeta me’yorlari. Konstruksiyalar va ishlarning barcha asosiy turlariga 
smeta me’yorlari keltirilgan, materiallar va buyumlar hamda konstruksiyalarning 
smeta narxlarini tuzish va mexanizmlarning mashina-smena bo‘yicha ishlashi 
yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan. 
5-qism. Moddiy va mehnat resurslarini sarflash me’yorlari. Ishlarni amalga 
oshirishning rayonlar (tumanlar) bo‘yicha smetaviy narxlari. 
Qurilish ishlab chiqarish texnologiyalari va qurilishni tashkil etish qoidalari 
Qurilish me’yorlari va qoidalarining uchinchi qismida keltirilgan bo‘lib, bu qism 
qurilish-montaj ishlarini bajarishga, ularni xavfsiz yuritishga hamda qabul qilishga, 
qurilish mahsuloti sifatini nazorat qilishga doir barcha zaruriy ko‘rsatmalar va 
talablarni o‘z ichiga olgan. 
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqish, sifatni 
nazorat qilish metodlari va vositalari ham Davlat standartlari (DSt) talablari asosida 
tartibga solinadi. Davlat standartlari me’yoriy hujjatlarni chiqarish uchun javobgar 
bo‘lgan olimlar, ishlab chiqaruvchilar va davlat muassasalari xodimlari jamoasi 
tomonidan ishlab chiqiladi. DStlarni Qurilish vazirligi va Davstandart tasdiqlaydi. 
Bundan tashqari me’yoriy hujjatlar toifasiga turli materiallarni tayyorlash va 
ishlarni bajarish texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik shartlar (TSh) ham 
kiradi va ular turli zavod tayyorlovchilar hamda qurilish-montaj tashkilotlari 
tomonidan ishlab chiqiladi va yuqori tashkilotlar bilan kelishiladi. 
Qurilishning texnik darajasi va ilg‘or tajribani o‘zlashtirish ortib borgani sari Qurilish 
me’yorlari va qoidalari davriy ravishda qayta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi. 
Bino va inshootlarni muvaffaqiyatli qurish uchun qurilishni tashkil etish va 
ishlarni bajarish bo‘yicha qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL), ishlarni bajarish 
loyihasi (IBL) va texnologik xaritalar (TK) ko‘rinishida loyiha materiallari ishlab 
chiqilib, ularda qurilish ishlarini bajarishni tashkil etish va texnologiyasining asosiy 
masalalari bo‘yicha qarorlar (yechimlar) keltiriladi.
Asosiy loyiha tashkiloti loyihani ishlashning boshlang‘ich bosqichida QTEL ni ishlab 
chiqadi. QTEL qurilishning qiymatini, uning davomiyligini asoslash bo‘yicha birlamchi 
hujjat hisoblanib, qurilish texnologiyasi va qurilishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi. 
Ishlarni bajarish loyihasi (IBL) QTEL da taklif etilgan asosiy yechimlar 


23 
(qarorlar)ni yanada mufassal ishlab chiquvchi hujjat hisoblanadi. Ishlarni bajarish 
loyihasi qurilish-montaj ishlarini qiymati va mehnat sarfini pasaytirishga, qurilish 
davomiyligini qisqartirishga, qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilashga imkon 
beruvchi qurilish-montaj ishlarini bajarishning eng samarali metodlarini belgilab 
beradi. Qurilish ishlarini ishlarni bajarish loyihasisiz amalga oshirish ta’qiqlanadi. 
IBL qurilishni amalga oshiruvchi qurilish-montaj tashkiloti yoki ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. 
IBL ishlarni bajarishning ilg‘or metodlarini nazarda tutadi va qurilish ishlarini 
bajarishni tezkor rejalashtirish, nazorat qilish va hisobga olish uchun dastlabki 
material bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 3.18 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich

Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish